Kollektorning nur yutuvchi yuzasi uchun materiallar. Geliotizimlarning elementlarini tayyorlash uchun konstruktiv materiallarni tanlashda ishchi suyuqliklar bilan ularni muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda karroziyaning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarni nazarda tutish zarur.
Alyuminiy – bu materialni suv quvuridan kelayotgan suv bilan (pH = 5 9) kimyoviy qayta ishlanmagan va karroziya ingibitorlarini qo‘shmagan holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt holatda qo‘llash mumkin emas; u to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt holatida distillangan yoki korroziya ingibatori mavjud suv bilan qo‘llanilishi mumkin, faqat alyuminiy galvanik juftliklar hosil qiladigan kichik musbat elektrodli potensialga ega mis yoki temir bilan kontaktda bo‘lmaslik zarur. Bundan tashqari, alyuminiy tarkibida suv bo‘lmagan organik suyuqliklar bilan ishlashi mumkin. Quvurlarda suv eritmalarining va suvning tezligi 1,25 m/s dan oshmasligi zarur.
Mis va uning qotishmalarini tarkibida xloridlar, sulfatlar va sulfidlar kam bo‘lgan quvur suvi yoki ionlashgan, distillangan suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘lishi mumkin. Misni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:
Tarkibida yuqori konsentratsiyali vodorod sulfidi, xloridlar va sulfatlar bo‘lgan suv eritmalari bilan kontaktda;
Suv yoki eritmalarining harakat tezligi 1,25 m/s dan yuqori va pH 5 gacha bo‘lgan holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘lganida.
Po‘latni distillangan, deponlashgan suv yoki kichik tuz tarkibida korroziya ingibatori (pH = 8 12) dan iborat suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘lishi tavsiya qilinadi. Uni qayta ishlanmagan quvur suvi, pH 12 dan baland yoki pH 8 gacha bo‘lgan konsentratsiyadagi distillangan, deionlashgan suv bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda qo‘llash mumkin emas.
Ruxlangan po‘lat (temir) tarkibida suv bo‘lmagan organik suyuqliklar va katod himoyali issiqlik akkumulyatorlarining ichki obshivkasi uchun qo‘llash kerak. Uni tarkibida pH 8 gacha yoki pH 12 dan baland bo‘lgan mis ionlaridan iborat suv eritmalari, shuningdek suv harorati 550C dan baland bo‘lgan holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri kontaktda qo‘llash mumkin emas.
Zanglamaydigan po‘lat ishchi muhitlarda korrozion emirilish va kristall aro korroziya, pijjing korroziyasiga yuqori qarshilikga ega bo‘lishi zarur. Uni tarkibida suv bo‘lmagan organik suyuqliklar bilan kontaktda qo‘llash mumkin. hamma qolgan holatlarda zanglamaydigan po‘lat markasini tanlash aniq suyuqlik muhiti bilan uning muvofiqligiga asoslangan bo‘lishi zarur.
Plastmassa, rezina, kauchchuk, kompozitsion materiallar suyuqlikli issiqlik tashuvchilar suv va boshqa suyuqliklar bilan yaxshi mos keladi. Ammo ularni geliotexnika sohasida qo‘llashning masshtablari hozircha keng emas.
Materiallar quyidagi xarakteristkalarga ega bo‘lishi zarur:
Atmosfera omillari – yog‘inlar, ifloslanish va h.k va ultrabinafsha nurlanishning ta’siriga yaxshi barqarorlik;
-250C dan 1500C gacha harorat tebranishga dosh berish qobilyatligi;
Etarli mexanik mustahkamlik va yong‘in xavfsizligi;
Plastmassalarning kamchiliklari: ultrabinafsha nurlanish ta’siri ostida degradatsiyalanadi va kollektorda issiqlik tashuvchi yo‘qligida rivojlanishi mumkin bo‘lgan yuqori haroratga dosh berolmaydi. Agar plastmassalar, kauchchik, rezina va kompozitsion materiallar qo‘llanilsa, kollektorning massasi 5-10 kg/m2 gacha kamayadi. Germaniya, Fransiya mamlakatlarida quyosh kollektorlari sintetik kauchchikdan va ultrabinafsha nurlanish ta’siri ostida o‘zgarmaydigan, kichik tannarx, yuqori samaradorlikka ega kichik (-300C gacha) yuqori (110 – 1400C gacha) dosh beradigan, chidamli plastmassa quvurlaridan tayyorlanadi va ishlab chiqiladi. 1 kVt*soat issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan plastmassali quyosh kollektorining tannarxi, metall konstruksiyaga nisbatan 10-12 marta arzon, suyuq yoqilg‘i yongandagi energiyaga nisbatan 4-5 marta kichikdir.
Yaqqol ko‘rinib turibdiki, zamonaviy polimer va kompozitsion materiallardan foydalangan holda quyosh kollektorlarining yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishga asosiy kuchni yo‘naltirish kerak. Yakka holdagi aholi turar joylarida, poselkalarda, qishloq qishloq xo‘jaligiga ob’ektlarida issiq suv olish uchun mo‘ljallangan past haroratli quyosh qurilmalarida shuningdek suzish basseynlarida isitish uchun plastmassali kollektorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |