Bog'liq 12-maruza. . Amfibiyalar sinfi, dumlilar, dumsizlar, oyoqsizlar turkumlari.
12-Mavzu. Amfibiyalar sinfi, dumlilar, dumsizlar, oyoqsizlar turkumlari. Reptiliyalar yani sudralib yuruvchilar sinfi, ularning tashqi tuzulishi. Kaltakesaklar, tangachalilar, toshbaqalar, timsoqlar va ilonlar hamda ularning tabiatda tutgan o’rni.
Reja 1.Suvda va Quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi.
2.Suvda va Quruqlikda yashovchilarning vakili sifatida baqaning tashqi tuzilishi.
Nerv sistemasi va sezish organlari o`zgarishi, qovoqlar, nog’ora bo’shliq, til, burun klapanlari, xiqildoq, o’pka, yuragi, arteriyalar, kovak venalar, teri venasi, buyragi va jinsiy organlari.
Suvda va Quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinshi Quruqlikka chiqqan Umurtqali hayvonlardir. Aksariyat ko`pchilik turlarining tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Xayot davomida ular o`z boshidan metamorfoz davrini o`tkazadi, ya’ni itbaliqdan Quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo`qolib, uning o`rniga o’pka xosil bo`ladi, oyoqlar rivojlanadi.
Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor. Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo`shilib ketadi. Til, osti yoyining ustki elementi eshituv suyakchasi o`zangi suyakchasiga aylangan bo`ladi va bu suyakcha o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Yuragi uch kamerali bo`lib ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimsha nafas olish organi bo`lib teri xizmat qiladi, katta va kichik qonaylanish doiralari xosil bo`ladi. Gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq. Bosh miyasining oldingi miya yarim sharlari bir-biridan ajralgan, miya qopqog`ida miya moddasi bor. Ajratish organi bo`lib tana buyragi- mezanefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat ko`pchiligida tashqi urug’lanish prosessi yo`z beradi.
Suvda va Quruqda yashovchilarning tuzilishini baqa misolida ko`rib chiqamiz.
Teri qoplagichlari. Baqaninig terisi yalang’och bo`lib, unda shox suyak tangachalari bo`lmaydi. Epidermisida ko`p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko`p bo`ladi. Shilimshiq modda terini ko`rib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas organi hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha gavdasi yopishmagan bo`ladi, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo`ladi.
Skeleti umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan.
Umurtqa pog’onasi, bo’yin, tana, dumg’oza va dum umurtqalariga bo`linadi. Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo`lib, unda ko`ndalang o`simtalari va qo’shiluv o`simtalari bo`lmaydi, oldingi tomonda ikkita qo’shiluv chuqurchasi bo`ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari yettita bo`ladi. Bularning har biridan bir juftdan ustki yoylar, ko`ndalang va qo’shiluv o`simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqа tomoni esa burtib chiqqan, ya’ni prosel tipda bo`ladi. Kobirg’alari yo`q. Dumg’oza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Dum umurtqalari bir-biriga qo`shilib dum suyakchasi –urostilini xosil qiladi.
Bosh skeleti. Miya qutisining ko`p qismi tog`ay xolicha qolib ketadi, ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo`ladi. Eshitish bo’limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko`z kosasining oldingi qismida toq ponasimon- xidlov suyagi bo`ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo`shilib ketgan teppa-peshona suyagi, burun suyagi, bosh skeletining keyingi tomonidan o`rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari ham bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi.
Ustki jag` funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag` oraliq va ustki jag` suyaklari bajaradi. Pastki jag` mekkel tog`aydan iborat bo`lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Til osti yoyining ustki elementi xioblangan giomadibulyare o`zangi suyakchasiga aylanadi va o’rta quloq bo`shlig`ida joylashadi. Jag` yoyining pastki elementi-giod jabra yoylari bilan birga qo`shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi. Erkin oyoqlilar skeleti Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning oyoq skeletiga o’xshash tuzilgan.
Oyok skeleti 3 bo`limdan iborat:
1.Oldingi oyog’ida yelka, keyingi oyog’ida son, bu bo’lim har doim bittadan yelka va son suyaklaridan iborat.
2.Oldingi oyog’ida yelka oldi, keyingi oyog’ida boldir, yelka oldi bo’limi tirsak va bilak suyaklaridan, boldir bo’limi katta va kichik boldir suyaklardan tashkil topgan. Baqalarda bu suyaklar bir- biridan ajralmagan.
3.Oldingi oyoqda kaft, keyingi oyoqda tovon bo’limlari bor. Kaft bo’limi bilago`zuk, kaft va barmoq falangalaridan, tovon esa tovon-oldi tovon va barmoq falangalaridan tuzilgan. Baqalarda bilago`zuk va tovonoldi suyaklarining ko`p qismi o`zaro qo`shilib ketadi.
Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorinli tomonga qaratilgan. Yoyning har qaysi tomoni kurak usti tog`ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokarokoid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o’rtasida tush suyagi, tush oldi suyagi bo`lib, bularning uchlari tog`ay xolicha qoladi. Tush oldi va kurak o’rtasida ingichka umrov suyagi bor.
Chanoq kamari juft yonbosh, kuymish suyaklaridan va tog`ay xolicha qolgan kov elementlaridan iborat. Bu uchala elementi kuymil kosasi atrofida o`zaro qo’shiladi.
Muskul sistemasi Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarni xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo`ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi kuchli muskullarning segmentasiyasi yo`qoladi.
Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakatlanadi. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim sharlarining tagi, yon tomonlari va qopqog`i miya moddasidan tuzilgan. O’rta miya nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh nervlar chiqadi.
Orqа miya yaxshi rivojlangan yelka va shanov chigallarini xosil qiladi. Bular oyoqlarini idora qilib turadi.
Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo`ladi. O’rta quloq tashqi tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan.
Ko`zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko`z gavxari linzasimon shaklga ega. Qovoqlar ko`zni ximoya qiladi. Xid bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chizig’i organi bo`ladi.
Ovqat xazm qilish organlari. Og`iz teshigi serbar og`iz- xalqum bo’shlig’iga ochiladi. Og`iz-xalqum bo’shlig’iga xonalari, xiqildoq yorig’i, evstaxiev nayining bir uchi va sulak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Og`iz –xalqumbo’shlig’ining tagida til joylashadi. Tilning uchi og`iz to’riga qarab qayrilgan. Til shilimshiq modda ajratadi, u xasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi.
Jag` oraliq, ustki jag` va dimog’ suyaklarida uchi biroz orqа tomonga qaratilgan tish joylashadi. Og`iz-xalqum bo’shlig’i torayib qizilo`ngachga ochiladi, u oshqozonga o`tadi. Ichak baliqlarining ichagiga nisbatan ancha uzun. Katta jigarining o`t pufagi va oshqozon osti bezining chiqarish yo’llari ichakning oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to’g’ri ichak kloakaga ochiladi.
Nafas olish organlari. Voyaga yetgan baqa o’pka va teri orqаli nafas oladi. O’pkalarning bir juft ingichka devori chuqurchali xaltachadan iborat. Teri orqаli nafas olish juda kuchli. Baqalarning terisi orqаli 51% kislorod olinadi va 86 % karbonat angidrid gazi chiqariladi. Nafas yo’llari ichki burun teshiklari- xonalari, xiqildoq- traxeya kamerasi va o’pkadir.
Baqalarning ko`krak qafasi yo`qligi sababli nafas olish aktiv o`ziga xos yo’l bilan o`tadi. Baqa avvalo og`iz bo’shlig’iga xavo oladi, buning uchun og`iz tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapanlar bilan yopadi va og`iz tubini yuqoriga ko`taradi, keyin xavo xiqildoq teshigidan o’pkaga o`tadi.
Qonaylanish sistemasi. Baqaning yuragi hamma amfibiyalardagi singari uch kamerali bo`ladi, ikkita yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqаli tutashadi. O`ng yurak bo’lmasi bilan venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial konus joylashadi.
Baqalarning arterial konusidan uch juft arterial yoylari chiqadi. Birinchi jufti baliqlarning jabraga olib keluvshi arteriyalarining birinchi juftiga gomolog bo`lib, uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi.
Uyqu arteriyasi aoterial konusining qorinli tomonidan chiqadi. Ikkinchi juft chap va o`ng aorta yoylari deyiladi. Bular ham arterial konusning qorinli tomonidan chiqadi va baliqlarning jabra arteriyalari ikkinchi juftiga gomologdir. Aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi umrov osti arteriyalari chiqadi. Chap va o`ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o`zaro qo`shilib, toq orqа aortasini xosil qiladi. Orqа aorta hamma ichki organlarni va keyingi oyoqlarni arterial qon bilan ta’minlaydi. Arterial konusning orqа tomonidan baliqlarning jabra arteriyalari to’rtinchi juftiga gomolog bo`lgan o’pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o’pka va teri arteriyalariga ajralib shu organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi.
Venoz qon gavdaning keyingi qismidan orqа va oyoqlaridan buyrakning bir juft kopka venasi bilan bitta qorinli venasiga yig’iladi. Buyrakdan chiqqan qontoq keyingi kovak venani xosil qiladi. Keyingi kovak vena, qorinli venasi va bir juft jigar venasi bilan birlashib vena sinusiga ochiladi. Boshdan venoz qonjuft buyunturuk venaga oldingi oyoqlaridan juft umrov osti venalariga yig’iladi. Bular qo`shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi va vena sinusiga quyiladi. Oldingi kovak venalarga teridan kelgan arterial qon quyiladi. Yurak bo’limlarining qisqarishidan qon umumiy teshik orqаli yurak qorinchasiga o`tadi.
Ayiruv organlari voyaga yetgan baqalarda tana buyrak-mezonefrosdan iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik yana kloakaga chiqariladi.
Erkaklarida juft urug’don bo’lsa-da, urug’ chiqarish yo’llari yo`q. Urug’ kanali buyrakning oldingi qismii orqаli o`tib Vol’f kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Vol’f kanali ham siydik yo’li ham urug’ yo’li vazifasini bajaradi. Vol’f kanali kloakaga olishdan oldin kengayib urug’ pufagini xosil qiladi.
Tuxumdonlari ham juft bo`lib, tana bo`shlig`ida joylashadi. Pishgan tuxum hujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi.
Baqalarning urug’lanishi tashqi, ikralaridan lichinkalar-itbaliq chiqadi. Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qonaylanish sistemasi baliqlarni qonaylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida suzadi.
Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari keskin o`zgaradi. Beshbarmoqli oyoqlar xosil bo`ladi, dumlari yon chiziq organlari yo`qolib ketadi. Jabralari yo`qolib, o’pka rivojlanadi va xokazo.
Nerv sistemasi va sezuv organlarining yuqori tuzilganligi, tepa organi, xazm qilish kanali, sulak bezi, nafas olish yo’lini uzayishi, ko`krak qafasi, yuragi va yurakdan chiqadigan arteriyalar, kovak venalar, chanoq buyragi, ko`payish organlari.
Sudralib yuruvchilar- yuqori tabaqali Umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko`pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo`ladi. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki panser bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor.
Tana umurtqalaridan kobirg’alar chiqib, ularning oldingilari uchlari bilan qorinli tomonda quchiladi va ko`krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog`ida kulrang modda bo`ladi. Nafas olish organi bo`lib umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish aktiv ko`krak qafasining kengayishi hamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali, lekin ko`pchiligining yurak qorinchasi to’liq bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo`ladi. Vena sinus va arterial konuslar yo`q. Ajratish organi bo`lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug’lanishi ichki, taraqqiyoti metamorfozsiz o`tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo`lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o`zgaruvchan bo`lib, tashqi muxit temperaturasiga bog’lik bo`ladi.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishini tez kaltakesak misolida ko`rib o`tamiz.
Teri qoplagichlari amfibiyalarning teri qoplagichlaridan keskin farq qiladi va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilariga ega. Epidermisning tashqi qavati shox tuzilmalar- tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Kaltakesaklarning terisi tanaga butun yopishib turadi. Terida bezlar yo`q. Faqat kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo`ladi. Bu teshikchalardan ko`payish vaqtida ipsimon moddalar yechilib chiqadi.
Skeleti deyarlik to’liq suyakdan tashkil topgan bo`lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti bo`linadi: bo’yin, ko`krak-bel, dumg’oza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonida botik keyingi tomonda burtib chiqqan bo`ladi.
Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo`lib, ulardan birinchi 2 ta umurtqasi hamma amniotalardagi singari o`ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo`lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismga bo’linib turadi. Ustki teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi-epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko`krak-bel tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko`krak-bel bo’limlari 22 umurtqadan tashkil topgan. Ularning hammasi kobirg’alar bilan tutashadi. Oldingi 5 ta umurtqalarning kobirg’alari tush suyagiga tutashadi. Kaltakesakning tushi tog`aydan tuzilgan.
Dumg’oza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq qarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning borgan sari o`simtalarini yo`qotib kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarining tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xavf tug’ilganda dumlarini shu joydan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tiklanadi.
Bosh skeleti qoplovshi suyaklarning ko`pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to’rtta ensa suyak-ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa suyaklari joylashadi. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyaklari joylashadi. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo`shilib turadi. Bu suyak hamma amniotalardagi singari miya qutisining tagini asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment- qoldiq xolda bo`ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag`aro, ustki jag`, manglay oldi, yosh, ko`z usti, ko`z orqа suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi.
Tanglay- kvadrat tog`ayning elementlaridan kvadrat suyagi xosil bo`ladi. Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon, pog’onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga xarakterli bo`lgan ko`ndalang suyaklar bo`ladi. Pastki jag` tishsimon, burchak va qo’shilish suyaklaridan tashkil topgan.
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unchalik prinsipial farq qilmaydi. Faqat tush suyagining ustida tush usti suyagi bo`ladi.
Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo`lib, muskullarni metamer joylashishi yo`qolib ketadi. Hamma amniotalardagi singari kobirg’alararo muskul yo`zaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta rol’ o’ynaydi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqog`ida kulrang modda bor. Oraliq miya ustki tomondan ko’rinmaydi. Kaltakesaklarda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jixatdan ko`zga o’xshagan tepa organi bo`ladi. Bu organ yorug’likni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan.
Xid bilish organi o’rta qismida xidlov yo’lining pastki nafas va ustki xidlov bo’limlari bo`lganligi xarakterlidir.
Eshituv organi ichki va o’rta quloqdan iborat. Ko`zlarida xarakatchan qovoqlari bo`ladi. Ko`zning oldingi burchagida o’rta qovoq ham bor.
Ovqat xazm qilish organlari. Kaltakesaklarning ovqat xazm qilish yo’li og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Og`iz bo’shlig’ining tagida xarakatchan muskulli til joylashadi. Og`iz bo’shlig’i nisbatan uzungina qizilo`ngachga, qizilo`ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingishka va yug’on ichaklarga bo`linadi, bularning chegarasida ko’richak kurtagi bor. Jigarning o`t suyuqligi va oshqozon osti bezlarining chiqarish yo’llari ingichka ichak bo’shlig’iga ochiladi.
Nafas olish organlari. Nafas olish yo’llari ko`proq takomillashgani bilan amfibiyalarning nafas olish yo’llaridan farq qiladi. Xiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeya talaygina tog`ay xalqalaridan iborat bo`lib, oxirida ikkita bronxga bo`linadi. Bronxlar xaltasimon o’pkalarga kiradi. Nafas olish aktiv ko`krak qafasining kengayishi va torayish yo’li bilan sodir bo`ladi, bu qovurg’alarning xarakati tufayli yo`zaga keladi.
Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqаli nafas olish bo`lmaydi
Qonaylanish sistemasi. Yuragi uchkamerali, yurak qorinchasi o’rtasidan parda bilan ikki qismga bo`linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi to`siqqa yetib bormaydi.
Gavdaning keyingi qismidan venoz qondum, chanoq va son venalariga yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak kopka sistemasini xosil qiladi va ulardan keyingi toq kovak venani xosil qiladi. Qolgan venoz qonqorinli venasiga yig’iladi, jigarda jigar kopka venasini xosil qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena o`ng yurak bo’lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh qismidan venoz qonjuft buyuntirik venaga yig’ilsa, oldingi oyoqlardan umrov osti venalariga tuplanadi. Bular qo`shilib juft oldingi kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar ham o`ng yurak bo’lmasiga quyiladi. O’pkalardan qonupka venasi nomi bilan kelib chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish organi bo`lib juft chanoq buyragi- metanefros xizmat qiladi. Chanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari orqа tomondan kloakaga ochiladi. Qorinli tomondan kloakada siydik pufagi ochiladi.
Ko`payish organlari. Jinsiy bezlar tana bo`shlig`ida umurtqa pog’onasining yon tomonida joylashadi.
Erkaklarining ko`payish organi oval tanacha shaklida bo`ladigan juft urug’donlardan iborat. Urug’lardan kanalchalar chiqib, urug’don ortig’ini xosil qiladi, bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarni kloakasining orqа devori burtib, kopulyativ organ xosil qiladi.
Urg’ochi kaltakesakning tuxumdonlari bel umurtqalarining ostida joylashadi. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana bo’shlig’iga, keyingi uchi esa kloakaga ochiladi.
Urug’langan tuxum oq moddasining yo`qligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Tuxumda qattiq pustloq ham bo`lmaydi. Tuxum to’rsimon parda bilan qoplangan. Urug’lanish ichki, kaltakesaklarning embrionlari atrofini o`rab oladigan hamda embrion ustida bir-biriga qo`shilib ketadigan amnion bilan seroz pardasi va allantois pufagi xosil bo`ladi. Bu organlar hamma amniotalar singari kaltakesaklarning quruqlikda ko`payishiga moslashgan belgilari xisoblanadi. Zarodishning bosh bo’limi oldida amnion burmasi xosil bo`ladi. Bu burma keyinga qarab o’sadi va zarodishni o`rab oladi. Natijada, amnioning ichida amnion bo’shlig’i va amnion suyuqligi xosil bo`ladi. Amnion bo’shlig’i zarodish uchun muxit bo`lib xizmat qiladi. Amnion bilan bir vaqtda allantois ham xosil bo`ladi. Allantois zarodish uchun ham nafas olish ham siydik pufagi bo`lib xizmat qiladi. Bu qobiqlar tuxumni mexanik ta’sirotlardan ko`rib qolishdan saqlaydi.