12-ma’ruza mavzu: Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalari


Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Download 30,79 Kb.
bet3/3
Sana03.07.2022
Hajmi30,79 Kb.
#737039
1   2   3
Bog'liq
12-ma'ruza

2. Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
“O‘zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi nomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarni ko‘pi bilan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi, shuningdek, davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydilar .
“O‘zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash yoki kam-ko‘stini to‘ldirib qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi, va joriy qilinadi.
Standart muddati cheklanmagan yoki muddati cheklangan tarzda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi xududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga olishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim.
Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun juzband qilib, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, standartga raqamli belgini “O‘zstandart” agentligi beradi.
Belgi hujjatning ko‘rsatkichidan – O`z DST; ro‘yxatning tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning sonlaridan iborat bo‘ladi, masalan, O`z DST 996:2001 “Xizmatlar. Asosiy atamalar va ta’riflar”.
O‘z RST 1.2 - 92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” standartida muayyan mahsulotning (xizmatning) texnikaviy shartlarini, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari yoritilgan. Bu standart asosida texnikaviy shartlarga tegishli masalalarni oldingi ma’ruzada ko‘rib chiqilgan.
O‘z RST 1.9-95 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi” standarti davlat boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar, korxonalar birlashmalari, assotsiatsiyalar, konsernlar, ishbilarmonlar, standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladi.
Tarmoqni boshqarish davlat idorasi, tarmoq standartini ko‘rib chiqadi va o‘zi belgilangan tartibda, uni tasdiqlash yoki qayta ishlashga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘z RST 1.3-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Korxona standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” standarti korxona standarlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy talablarini belgilaydi. Mazkur standart talablari korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Korxona standartlarining tuzilishi, bayon etilishi va texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslanganligi, ularning fan va texnikaning hozirgi rivojlanish ko‘rsatkichlari, me’yoriy tavsiflari va talablari hamda jahon taraqqiyoti darajalariga mosligi uchun korxona standartlarini ishlab chiquvchilar va tashkilotlar javobgardirlar.
Korxona standartlarini korxona rahbari tasdiqlaydi. Ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda tasdiqlanadi.
Chetdagi iste’molchilarga yetkazib berish uchun ishlab chiqarilayotgan (sotilayotgan) mahsulot uchun va ularga hizmatlar ko‘rsatganlik uchun korxona standartlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “O‘zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning ishlab chiquvchi joylashgan erdagi mintaqaviy tashkilotlari amalga oshiradi.
Korxona standartlarining belgisi O‘zbekiston Respublikasi nomining qisqartmasi - O`z dan korxona standarti - KSt inteksidan, korxona standartlarini tasdiqlagan tashkilotning shartli raqami belgisidan, korxona standartining tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning sonlaridan iborat bo‘ladi, masalan, O`z KSt 359. 143:1992. (O‘Z KST 359 - 143 – 92).


Nazorat savollari
1. O‘zbekiston Respublikasi standarti qanday me’yoriy hujjatlarga binoan va qanday tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi?
2. Standartlarni ishlab chiqishda tashkiliy uslubiy birlikka erish maqsadida qanday bosqichlar joriy etiladi?
3. Standart loyihasi bo‘yicha fikr – mulohazalar ustida ishlash va kengashga olib chiqish to‘g‘risida ayting?
4. Standart loyihasini tasdiqlashga tayyorlash va topshirish to‘g‘risida tushuntiring?
5. Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida tushuntiring?
Download 30,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish