Reja: - Patent nima?
- Patent kim tomonidan va qancha muddatga beriladi?
- Ixtiro bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
- Ixtironi patentlash uchun talab etiladigan hujjatlar.
- ePCT tizimi orqali ixtironi patentlash jarayoni.
Patent nima? - Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Patent kim tomonidan va qancha muddatga beriladi?
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi.
Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak.
Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.
Ixtiro bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Ixtiro sifatida ko'rsatilgan ob'ekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan ma'lum bo'lmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo'ladi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e'tirof etiladi: - Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma'lum bo'lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo'llanilishi ixtiro sifatida e'tirof etiladi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e'tirof etilmaydi: - ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
- xo'jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;
- shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
- aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
- elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
- binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;
- estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko'rinishiga oid yechimlar;
- integral sxemalarning topologiyalari;
- o'simlik navlari va hayvon zotlari;
- jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ixtironi patentlash uchun talab etiladigan hujjatlar - ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;
- ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
- ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
- ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
- referat;
- talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.
ePCT tizimi orqali ixtironi patentlash jarayoni.
1. Qayd qilish va raqamli sertifikatni yuklash (еРСТ portalining pct.wipo.int/ePCTsahifasida BIMT foydalanuvchisi sifatida qayd qilish va raqamli sertifikatni tasdiqlash)
2. Yangi xalqaro talabnomani tuzish va ePCT orqali topshirish uchun Yuklab olish (eng))
3. pct.wipo.int da ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani topshirish uchun ko’rsatmalardan foydalanish mumkin.
4. Vebinarga yozilish (inetraktiv seminarlar) uchun ushbu havoladan foydalaning.
5. ePCT foydalanuvchilarini qo’llash
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |