12- ma’ruza Avtomobil transportida axborot tizimlari integratsiyasi (4 soat) Maqsad



Download 118,52 Kb.
bet1/4
Sana28.04.2023
Hajmi118,52 Kb.
#932961
  1   2   3   4
Bog'liq
7, 8-маъруза-АТда Ахб — 4 соат


12- ma’ruza
Avtomobil transportida axborot tizimlari integratsiyasi (4 soat)


Maqsad: Axborot tizimlaridan foydalanish hamda ularning shaharlar va avtomagistrallardagi tirbandliklarni cheklashga ta’siri, svetoforlarni boshqarish tizimi (Urban Traffic Control-UTC) va shaxsiy transport vositalari uchun axborot tizimlari(Traffic Information System-TIS)ni integrallashtirish, elektron to‘lov tizimi (EFC-Electronic Free Collection) ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.


Reja:
12.1. Transport oqimiga ta’sir etuvchi axborot tizimlari.
12.2. Haydovchilarni axborot bilan ta’minlash.
12.3. Transportda elektron to‘lov tizimi.
12.4. Transport vositasining harakatdagi vazni nazorati.


Kalit so‘zlar: Svetoforlarni boshqarishning integrallashgan tizimlari (Urban Traffic Control-UTC), individual transport vositalari uchun axborot tizimlari (Traffic Information System-TIS), TFIStransport oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi axborot tizimi (Traffic Flow Information System), UTC va TIS boshqaruvi uchun integratsiya darajalari, transportda elektron to‘lov tizimi (EFC-Electronic Free Collection), TMC – transport ma’lumotlarini raqamli uzatish (Traffic Message Channel).



    1. Transport oqimiga ta’sir etuvchi axborot tizimlari.

Shaharlarda va avtomagistrallarda axborot tizimlarini qo‘llash va ularning tirbandliklarni kamaytirishga ta’sirini o‘rganish bir qator Yevropa loyihalarining tadqiqot predmeti bo‘lib, ulardan eng salmoqlisi EURO-SCOUT loyihasi hisoblanadi.
Svetoforlarni boshqarishning integrallashgan tizimlari (Urban Traffic Control - UTC) va individual transport vositalari uchun axborot tizimlari (Traffic Information System – TIS) uchun zarur integratsiya, shahar tizimining uch darajali arxitekturasidan foydalanish orqali ta’minlangan. Har bir qatlam o‘zining intellekti bilan ajralib turadi va qat’iy belgilangan interfeysga ega, bu interfeys birgina arxitektura uchun tegishli bo‘lmay, boshqa tizimlarga ham tegishli standart interfeysdai, ya’ni, TISga ham ta’lluqli. UTC, TIS va transport jarayonlari o‘rtasidagi axborot oqimlari nuqtai-nazaridan qaraladigan bo‘lsa, o‘zaro aloqaning to‘rtta darajasini ajratish mumkin (12.1-rasm). Boshqarish strategiyalari ishlatilayotgan darajadan kelib chiqib belgilanadi.

12.1-rasm. UTC va TIS ni boshqarish uchun integratsiya bosqichlari.


0-darajadan foydalanilgan hollarda ikkala tizim bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. Bu vaziyatda bilvosita o‘zaro aloqa boshqarilayotgan transport oqimi orqali mavjud bo‘ladi.


Bir taraflama axborot oqimi, odatda, 1-darajada ta’minlanadi. Ma’lumotlarni uzatishni va yetakchi (master) bo‘lishni UTC tizimi singari TIS tizimi ham birdek bajaradi. Yetakchi elemeng, ko‘pincha bular svetoforlarni boshqarish qurilmalari bo‘lishi mumkin, keyinchalik mustaqil ishlaydi. Bo‘ysunuvchi tizim (slave) o‘z boshqarish algoritmlarida axborotni tayyorlashda, odatda, yetakchi algoritmlar bilan muvofiqlashtirilgan ma’lumotlardan foydalanadi.
2-daraja UTC va TIS tizimlari o‘rtasida ikki taraflama ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Ikkala tizim alohida faoliyat yuritadi, biroq, ular boshqaruv strategiyalarini hamkorlikda yo‘naltiradi. Bu daraja, texnik vositalar va dasturiy ta’minot nuqtai-nazaridan, eng maqbuli hisoblanadi.
Oxirgi imkoniyatga (3 daraja), ikkala tizim uchun yagona dasturiy ta’minot va boshqaruv samaradorligini oshirish strategiyalarini qo‘llovchi, ikkala tizimni bir butun tizimga birlashtirish kiradi. Kamchiliklari sifatida, tizimni yaratishga ketadigan harajatlarning ortishi va uning o‘zgarishlari va kengaytirishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Ikkala tizim integratsiyasi asosini o‘lchangan qiymatlarni saqlovchi ma’lumotlar omboridan birgalikda foydalanishlari tashkil etadi. UTC tizimlari uzellarni boshqarishda, ko‘p hollarda, chorrahalarda joylashgan induksiya tugunlari ma’lumotlaridan, yoki induktiv tugunlar juftligidan tashkil topgan va transport oqimining tezligini o‘lchaydigan strategik datchiklarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Strategik datchiklarning ma’lumotlari viloyatlarni boshqarishda ishlatiladi.
TIS tizimlariga o‘xshab UTC tizimlari ham bir xil datchiklarning ma’lumotlaridan foydalanadi, bundan tashqari, ular individual transport vositasining harakati haqidagi qo‘shimcha, juda muhim axborotdan ham foydalanishlari mumkin, bunda, TV infraqizil diapazonda yoki 5,8 GGs diapazonida axborot uzatuvchi bort bloki bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Transport intensivligi yuqori bo‘lgan yo‘l tarmoqlarini boshqarish uchun yuqori darajadagi integratsiya rejimida ishlash zarur, ya’ni, 2 va 3-darajalarda. Buni, tizimning mavjud tarkibiy qismi transport tarmog‘ining vaqtinchalik va atroflicha prognoz qilish ekanligi bilan izohlash mumkin. Gap shundaki, ikkala tizim bir-biriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, negaki, tarmoqning ma’lum joyida harakatning intensivligi oshishi va bu transport oqimini boshqa trassaga yo‘naltirish uchun svetofor ob’ektlarining sonini oshirishga olib keladi, natijada, transport tizimi beqaror bo‘lib qoladi. Prognoz vaqti 30 minutdan kam bo‘lmasligi kerak, optimal prognoz vaqti esa 60 minutni tashkil etadi.
Svetofor signallari yordamida transport vositalari to‘xtatiladi, “Maksimal tezlikni cheklash” boshqariladigan yo‘l belgilari yordamida esa ularning tezligi chegaralanadi.
Haydovchiga yana boshqacha, ya’ni, unga o‘zi harakatlanayotgan trassadagi transport muammolari haqida axborot yetkazish va uni xavfdan bartaraf etish orqali ta’sir ko‘rsatish mumkin. TFIS (Traffic Flow Information System) tizimi haydovchiga operativ axborot uzatish qurilmalari orqali uzatiladigan axborotlar yordamida transport oqimlarini boshqarishga asoslangan. Amaliyotda, qoidaga ko‘ra, yo‘l yoqasida joylashtirilgan axborot displeylari yoki yo‘lning barcha kesimlarini qamrab oluvchi portallar nazarda tutiladi.
Axborot displeylariga chiqariladigan matnli axborot har doim avtomatik tarzda boshqaruv markazida generatsiya qilinishi lozim, shuningdek, u shahar harakatni boshqarish tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Matnlarni generatsiyalovchi algoritmlarning asosi bo‘lib, yo‘l tarmog‘ining bir necha nuqtasida o‘lchanadigan transport parametlari hisoblanadi. Ko‘p hollarda, bu algoritmlar maxsus usullarga yoki ekspert tizimlariga asoslangan.
Transport oqimlarining xususiyatlarini qoniqarli darajada tavsiflash uchun ikki parametrni o‘lchash kifoya qiladi, bular, intensivlik va tezlik yoki detektorlarning bandlik darajasi. O‘lchash orqali olingan qiymatlar, masalan, transport intensivligini baholaydigan, 1 – 5 darajalar, avtomatik klassifikatorlarga tushadi. Bu usulning natijasida berilgan sohadagi transport oqimining real makon va vaqtdagi modeli aks etadi. Boshqaruv strategiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, transport tarmog‘ida rivojlanib borayotgan jarayonni yetarlicha aniq prognoz qilish hisoblanadi. Hisoblash parametrlariga yana yo‘lning o‘tkazuvchanlik xususiyatlaridan foydalanish darajasi ham kiradi. Axborot uzatish yo‘li bilan boshqarishda minimal prognoz vaqti 30 minut hisoblanadi. Bunday prognozlarsiz, faqatgina qisqa vaqtdagi prognozlardan kelayotgan axborotlar, tarmoqning chidamliligini kamaytirishi, undan tashqari, haqiqatga mos kelmasligi mumkin. Haydovchilar qabul qilayotgan axborotlarning haqqoniyligi ancha haqiqatga yaqindir, chunki, bu axborotlar haydovchining xoxishiga ko‘ra amalda qo‘llaniladi va ular tomonidan ijobiy qabul qilinishi lozim. Sifatsiz va ishonchsiz axborotlar uzoq vaqtgacha tizimning salbiy baholanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.



Download 118,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish