12.2. Haydovchilarni axborot bilan ta’minlash.
Bir qator tadqiqotlar va loyihalar shuni ko‘rsatdiki, aholining qatnovlari uchun qulay marshrutni tanlash mobilligiga o‘z vaqtida kechiktirmay axborotlarni taqdim etish orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bunda, serverlardan olinadigan, Internet yordamida jamoatchilikka ruhsat etilgan axborotlar, shuningdek, jamoat joylarida joylashgan, masalan, vokzallar, savdo markazlari va sh.k., axborot shahobchalaridan olinadigan axborotlar nazarda tutiladi.
Marshrutni aniqlashda foydalanuvchi boshlang‘ich nuqtani va shahardan tashqarida ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan kerakli manzilni hamda safar sanasi va vaqtini ham ko‘rsatadi. Printer, optimal marshrutni qog‘ozga chop etadi, unda, ShYTJTning barcha imkoniyatlari inobatga olinadi: metro, avtobuslar, tramvaylar, temir yo‘l va boshqalar. Ko‘p hollarda, avtomobil transportidan foydalanilganda eng tezkor va qisqa trassalar ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi xohishiga ko‘ra trassa kartasi qog‘ozga chop etiladi.
Jamoatchilikni bunday usulda axborot bilan ta’minlash uchun ShYTJTning harakat jadvallari haqqoniy bo‘lishi juda zarurdir. Shuningdek, tizim foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi va undan kompyuter texnikasini ishlatishni yaxshi bilmaydigan shaxslar foydalana olishlari muhimdir. Ayni paytda, tizim bilan aloqa qilish uchun jahonning keng foydalaniladigan tillaridan birini: ingliz, nemis yoki fransuz tilini tanlash imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. Axborot shahobchalarining bir necha liniyalarning kesishmasida yoki oxirgi bekatlarda joylashishi ancha qulaydir, chunki, foydalanuvchi qiyinchiliklarsiz eng yaqin bekatga piyoda borishi mumkin.
Yevropaning ROMANSE loyihasi doirasida bunday axborot shahobchalari ingliz shaharlari Sautgempton va Uinchesterda o‘rnatilgan edi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki:
– foydalanuvchilarning 80%i xizmat ko‘rsatishdagi qulaylikni ta’kidlashdi;
– foydalanuvchilarning ko‘pchiligi axborot sifati va aniqligini ijobiy baholadi;
– so‘rovda qatnashganlarning 50%i olingan axborotlar asosida trassani o‘zgartirishdi;
– so‘rovda qatnashganlarning 25%i yanada to‘liqroq kartografik axborot va transport holati haqidagi aktual axborotga ehtiyoj bildirishdi.
Olingan tadqiqot natijalariga asoslanib, axborotlar xajmi turistik imkoniyatlar, haridlar imkoni haqidagi axborotlar hisobiga oshdi hamda geografik hududlar kengaytirildi. Hozirgi kunda axborot shahobchalaridan kun davomida 1000 kishidin ortiq odam foydalanmoqda.
Ko‘pgina shaharlar, shuningdek, turli tashkilotlar transport axborotlarini Internet tarmog‘i orqali tarqatadilar. Bu juda foydali xizmat turi bo‘lib, transport tarmog‘ida transport vositalarining bir maromda taqsimlanishiga ko‘mak beradi, yoki, jiddiy transport muammolari mavjud bo‘lgan hollarda, potensial haydovchilarning bir qismini ShYTJTdan foydalanishga ishontiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |