Nazorat savollari:
1. Asalarilarning xalk; xo‘jalik ahamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Asalarilardan qanday mahsulotlar olinadi?
3. Asalarilar oilasining tarkibi va biologiyasi to‘g‘risida so‘zlab bering.
4. Asalarilarni oziq manbalari to‘g‘risida tushuncha bering.
5. Asalarilarning qanday kasalliklarini bilasiz?
6. Asalarilar oilasini kuchirish tadbirlari to‘g‘risida so‘zlab bering.
7.4.BALIQCHILIK XO‘JALIKLARI FAOLIYATI.
Ko‘l baliqchiligi o‘zining vazifasi va yo‘nalishiga ko‘ra asosan ikki xil, ya’ni iliq suvli va sovuq suvli tipga bo‘linadi. Buning uchun boqiladigan baliqlarni biologik xususiyatlari va ularni suv harorati hamda gidrokimyoviy sharoitlariga munosabati (chidamliligi, mosligi) hisobga olinadi.
Ko‘l baliqchiligi o‘zining tashkiliy jarayonlari va maxsulot yetishtirib berish imkoniga ko‘ra to‘la tizimli va noto‘la tizimli bo‘ladi. So‘ngti tizimga asosan baliqchilik pitomniklari va keltirilgan mayda baliqlarni boqish va ustirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar kiradi.
Baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish uchun dastavval uni qanday tipda bo‘lishi, xo‘jalik tizimini aniqlab olish talab etiladi. Shuningdeq xo‘jalik tarkibi va mahsulot ishlab chiqarish kuvvati nazarda tutiladi. Barcha qurilish ishlari tasdiqlangan loyihalar asosida bajariladi. Buning uchun joy tanlash muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar har bir dav-latning yer qonuniyatlari asosida bajariladi. Bu borada umumiy yer maydoni har xil bo‘ladi. Jumladan, tula tizimli xo‘jaliklar uchun 300-1000 ga, baliqchilik pitomniklar uchun 25-50 ga va baliq boqish suv hovuzlari (ko‘llari) uchun 20 ga va undan kuproq bo‘lishi mumkin.
B aliq boqish hovuz va boshqa suv havzalarida baliqlarga ozuqa berib o‘stirish. Baliqlarni hovuz xo‘jaligida ustirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U maxsus sistema asosida olib boriladi. Hovuzlardan xama vaqt suv utib turishi ta’minlanadi. Zog‘ora baliq, xonbaliq, utkir baliq, sudak ilonbaliq va boshqa baliqlarni boqish tartibi ishlab chiqilgan. Issiqsevar baliqlar (zog‘ora baliq tovonbaliq, leshch, amur va b.) boqiladigan hovuzlar utloq va botqoqli uchastkalarda barpo etilib, ularga dare, kanal, kollektorlardan hamda kullardan suv olinadi. Salqinsevar baliqlar (xonbaliq, sulaymonbaliq oqbaliq) boqiladigan hovuzlar organik moddalar kam bo‘lgan uchastkalarda qurilib. ularga buloq va ariqdan suv olinadi. Baliq boqish xovo‘ziga begona baliqlar kirmasligi va hovuz ichidagi baliqlar uchun suv kiradigan va chiqadigan joyiga maxsus panjara qo’yiladi. Baliq boqish hovuzi kelajakda undan boshqa maqsadda foydalanishni hisobga olib, kichik dare qirgoq-lariga quriladi. Baliq boqish hovuzini uzoq muddat yaxshi saqlash maqsadida, uning meliorativ holatini yaxshilovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlar hovuzdan tashqarida va hovuzda o‘tkaziladi. Birinchisiga suv yig‘iladigai maydoncha qiyaligini zinapoyalarga bo‘lish, hovuzga tushadigan suvni tozalash va uni kislorod bilan boyitish, toshkin suvlarni g‘amlash, hovuz ichini loyqa bosishdan saqlash ishlari kiradi. hovuzni vaqt-vaqti bilan quritib, zarur suv-xavo rejimi yaratish, qamish, lux kabi o‘tlar bosishining oldini olish, hovuzda torf qatlamlari hosil bo‘lishiga yul quymasliq hovuz tubini loyqa va boshqa chukindilardan tozalash ishlari ikkinchi guruhdagi tadbirlardir. Baliq boqishda kunjara, arpa, bug‘doy va javdar kepagi, baliq uni, go‘sht uni va hokozolar ishlatiladi. Baliq ovqati maxsus stolchada beriladi (stolcha suvga 0,5-0,75 m botirib qo’yiladi) yoki hovuz tubiga qurilgan maxsus ovqat maydonchasiga solinadi. Baliq boqishda suvning harorati hisobga olinadi. Masug‘orish, zog‘ora baliq suvning harorati 20-26°, xonbaliq-15-18 bo‘lgach yaxshi ovqatlanadi. Baliq boqishda hovuzning meliorativ xolati yaxshilanadi Hovuzlarni har biri maxsus vazifani bajarishga mo‘ljalllangan bo‘ladi. Masalan, baliq tuxum kuyadigan hovuzlarda baliq bolalari yetishtiriladi. Suvni tezroq va osonroq isishi nazarda to‘tilgan holda bu hovuzlar yo‘zaroq qilib qaziladi. Ularning tagida o‘simliklar ustiriladi. Chunki o‘simliklar bo‘lmasa, karp balig‘i tuxum quymaydi. Shundan so‘ng balik, bolalari ustiriladigan hovuzlarga kuchiriladi. Qish kelishi bilan bu mayda karp baliqchalar chuqur hovuzlarga kuchiriladi. Ularni qishlash hovuzi deb ataladi.
Bahor kelishi bilan bir yashar bo‘lgan karplar yayrab suzadigan katta hovuzlarga tushiriladi. Bu hovuzlarda esa tabiiy oziqlar dafniya, sikloplar ko‘paytirilgan bo‘ladi. Bu hovuzda karplarni makkajujori, kunjara, pishirilgan kartoshka, suyak uni bilan ta’minlab turiladi. Kuz kelishi bilan o‘sib kattalashgan karplar ovlanadi.
Respublikamiz viloyatlaridagi sholipoyalarda karp balig‘ini urchitish nihoyat yuqori samaradorlikka erishishda muhim omil hisoblanar ekan. Jumladan, ular hamma vaqt suzib yurib tuproqni yumshatar, chivin lichinkalarini va g‘umbaklarini hamda suvdagi begona o‘tlarni va urug‘larini iste’mol qilib sholidan mul hosil olishda muhim vazifa bajarar ekan. Shunday qilib, sholikorchilikda baliqchilik ishlari uz samarasini ko‘rsatar ekan.
K o‘lda boqiladigan baliqlarining qo’yidagi va boshqa zot turlari mavjudefolyasiya Karp barcha baliqlar orasida keng tarkalgan (43-rasm). U tez usadi. Barcha turdagi oziqlarni iste’mol qilishga moslashgan, U iliq suvlarni xush ko‘ra-di. Tuxum qo’yishi uchun suv harorati 18-20°C va jadal o‘sib rivojlanishi uchun 20-28°C harorat bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Agar suv harorati 13-14°C gacha pasayib ketsa, uning oziqlanishi tuxtaydi va harakat qilmay quyadi. Umuman, ularni o‘sishi va rivojlanishi birinchi galda suv harorati, suvdagi oziq va ularni to‘g‘ri saqlashga bog‘liq bo‘ladi.
Karp balig‘i bir yoshligida 500 g, ikki yoshligida 1000 g, turt yoshligida 3000 g tosh bosadi. Ular 4 - 5 yoshligida jinsiy balog‘atga yetadi. Urg‘ochilari har bir kg vazni uchun o‘rtacha 180 ming tuxum (ikra) beradi.
Sazan iliq haroratni xush kuruvchi baliqlar guruhiga kiradi. Ular o‘zining biologiyasiga ko‘ra karp balig‘i bilan birxil bo‘ladi. Kul sharoitida sazan karpga nisbatan biroz sekinrok, usadi. Lekin ayrim vakillari hayoti davomida 20 kg gacha tosh bosaoladi.
Laqqa baliq (Silurus glanis) - laqqa baliqlar oilasiga mansub baliq. Bo‘yi 5 m gacha, og‘irligi 300 kg cha. Tanasi tangachasiz, suzgich qanoti kichik og‘zi keng pastki jag‘i uzunroq. Mo‘ylovi 3 juft. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi (qorni) esa oq. Laqqa baliq Orol dengizi hamda Yevropadagi ko‘l, daryolarda va boshqa yerlarda yashaydi. Iyunda 136-467 ming uvildiriq tashlaydi. To‘rt yoshda jinsiy yetiladi. Hozir Orol dengizidan yiliga tutiladigan baliqniig 7% ini tashkil etadi. Umurtqasiz va umurtqali jonivorlar bilan ovqatlanadi.
Oq amur, oq va ola tolstolobik (keng peshona balik,) (44-rasm). Ular karpsimonlar oilasiga kiradi. Ular Tinch okeanga qo’yiluvchi daryolarda, Osiyo daryolarida va Amurning janubiy qismida ko‘proq, uchraydi. Ok, amur asosan, yumshoq (mayin) suv o‘simliklari bilan oziqlanadi. Oq tolstolobik fito-planktonlar va suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Ola tolstolobik fito - va zooplanktonlar bilan oziqlanadi. Markaziy Osiyo janubida urg‘ochi oq tolstolobiklar 3 yoshligida va tana uzunligi 40 sm bo‘lganida jinsiy balog‘atga yetadi. Oq amur va ola tolstolobik 3-4 yoshligida, tana uzunligi 60 sm bo‘lganida jinsiy balog‘atga yetadi. Ular faqat oqar suvlarga tuxum quyadi. Oqmaydigan suv bo‘lsa tuxum quymaydi. Tuxum qo’yishi uchun suv harorati 19- 20°C bo‘lishi talab etiladi. Tuxumining miqdori ularning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lgani holda o‘rtacha 100-200 mingdan 1 milliongacha, ba’zan undan ham kuproq bo‘lishi aniqlangan. Oq amuri kupincha 300 g tosh bosadi. Ularning har bir kg vazniga 1000 tuxum (ikra) to‘g‘ri keladi. Ular suv o‘simliklarini iste’mol qiladi, binobarin, paxta dalalari va sholikorlikka suv keladigan kanallarni tozalab kup foyda keltiradi.
Lososlar (Satrtinmdae) seldsimonlar turkumiga mansub baliqlarning bir oilasi. Tanasi tangachalar bilan qalin qoplangan. Shimoliy yarim sharning chuchuk suv havzalarida yashaydi (45-rasm). Ba’zilari utkinchi. Janubiy yarim shardagi suv havzalarida iqlimlashtirilgan 9 urug‘i bo‘lib, shundan 7 uruqqa mansub turlari uchraydi. Jumladan, O‘rta Osiyoda orol lososi yoki kumja va amudaryo gulmoyi degan kenja turlari tarqalgai. Losos muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Tinch okean Lososiniig kizil ikrasi (uvildirig‘i) yuqori baholanadi.
Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) - baliqlarning sinfi, Skeleti tog‘ayli. Terisi (ba’zan, tangachasiz) plakoid tangachalar bilan, tishi emal bilan qoplangan. 5-7 juft tashqi jabra teshiklari bor. Ko‘ndalang og‘izli, ichagida spiralsimon klapanlari bo‘ladi, cyv ichag pufagi yo‘q, bosh miyasi rivojlangan. Shoxsimon kapsulaga o‘ralgan tuxum qo‘yadi yoki bola tug‘adi. Tog‘ayli baliqlarning deyarli hammasi dengizda, kamdan-kam chuchuk suvda yashaydi. Devon davrining oxirlarida paydo bo‘lgan, hozir ko‘p turi o‘lib ketgan. Tog‘ayli baliqlar plastinka jabralilar va yaxlit boshlilar kenja sinfiga bo‘linadi.
Forel. Bu baliq Amudaryoning yuqori qismida, shuningdek, Kavkaz zonasida, Volga, Ural, Dnestr, Dnepr daryolarida va suv havzalarida kuproq uchraydi. Bu baliq suvda kislorodni ko‘p bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Uning jadal o‘sishi va rivojlanishi uchun suv harorati 15-18°C bo‘lishi ma’kul hisoblanadi. Forel 3-4 yoshida jinsiy balog‘atga yetadi. Ular sentyabrni oxiridan noyabrgacha tuxum quyadi. Mart aprel oylarida quygan tuxumlaridan lichinkalar vujudga keladi. Ularning o‘rtacha og‘irligi 200 g dan 1000 g gacha. Ba’zan undan xam kattalari uchrab turadi.
Karas. Karas balig‘ining ikki turi bo‘lib, bittasi tilla rangli bo‘lsa, ikkinchisi kumush rangli hisoblanadi. Bu baliqlar asosan daryolarda, kullarda va suv havzalarida kuproq uchraydi. Urg‘ochilari uz tuxumlarini 10-15 kun oralab (dam olib) quyadi. Buning uchun suv harorati 14-23°C va suv ostida o‘simliklarni 0,5-0,6 m uzunlikda va zich bo‘lishi ma’qul hisoblanadi. Urg‘ochilari bir yilda jami bo‘lib 160- 300 ming tuxum quyadi. Ular 3-4 yoshida jinsiy balog‘atga yetadilar. Karasning vazni 1 yoshida 15-30 g, 2 yoshida 150-250 g, 3 yoshida 300-400 g tosh bosadi.
Cho‘rtan baliq (щuka). Bu tez usuvchi baliqlar turiga kiradi. U 1 yoshligida 300 g, 2 yoshligida 600 g va 3 yoshligida 1 kg tosh bosadi. Jinsiy balog‘atga 3-4 yoshligida yetadi. Kuygan tuxum miqdori o‘rtacha 20- 200 ming, ba’zan yirik urg‘ochilari 1 milliongacha tuxum qo’yishi aniqlangan. Tuxumini aprelni o‘rtalarida quyadi. Bunda suv harorati 4-6°C bo‘lishi yetarli hisoblanadi. Yirik cho‘rtan balig‘i asosan mayda baliq qurbaqa va suv hasharotlari bilan oziqlanadi.
Sudak. Okunlar oilasiga mansub bo‘lgan bu baliq go‘shtini mazali va lazzatliligi bilan boshqa baliqlardan ajralib turadi. Sudak barcha yirik daryolarda, shuningdek qora dengiz, Azov, Kaspiy va Boltiq dengizi atrofidagi suv havza va kullarida kuproq uchraydi. Ular 3-4 yoshligida jinsiy balog‘atga yetadi. Bir qo’yishda 82-1185 ming tuxum quyadi. Tuxum qo’yishi aprel may oylariga to‘g‘ri keladi. Bunda suv harorati 9-18°C bo‘lishi ma’qul hisoblanadi. Sudakni yoshlari suv hasharotlari va suvdagi qisqichbasimonlar bilan oziqlansa, yiriklari yirtqichlik bilan kun ko‘radi. Ular uzidan kichik baliqlarni xush ko‘radi.
Amerika laqqa balig‘i (som). Bu baliq nihoyatda yirtqich bo‘lib, asosiy ozuqasi baliq, qurbaqa va hasharotlar hisoblanadi. Bu balik, asosan suv havzalarida va kullarda ko‘paytiriladi.
Ilonbosh - yirtkich baliq hisoblanadi. Bu baliq faqat suv kislorodi bilan cheklanmasdan, ayrim hollarda vaqti-vaqti bilan suv yuzasiga chiqib atmosfera kislorodidan nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |