7.2. IPAK QURTI ZARARKUNANDALARI VA KASALLIKLAR
Ipak qurti zararkunandalari-ipak qurtiga shikast yetkazadigan zararkunandalar hisoblanadi. Ko‘pincha, hasharot (chumoli, ari, qora chigirtka va boshqalar), qurbaqa, ilon, sichqon, qush va boshqa qurtlarni yeb ketishi, jarohatlashi va yuqumli kasalliklar tarqatishi bilan pilla yetishtirishga katta ziyon yetkazadi. Ipak qurtlarini chumolidan saqlash uchun so‘kchaklar oyog‘iga qoramoy surkaladi, namakobli latta o‘raladi yoki xantal kukuni sepiladi. Arilarga va qushlarga qarshi deraza va tuyniklarga mayda ko‘zli simto‘r tutiladi.
Qurbaqa kirmasligi uchun qurtxona ostonasi baland qilib ishlanadi. Sichqon ini sement yoki shisha parchalari qo‘shilgan loy bilan suvaladi, qopqon qo‘yiladi va zaharli xo‘rak soladi.
Ipak qurtlarida uchraydigan kasalliklar asosan, qo’yidagi kasalliklar uchraydi (40-Rasm): Sariq (virus) kasalligiga ipak qurti, kapalagi hamda g‘umbaklari yo‘liqadi. Virus, asosan, qurt terisidagi jarohat orqali utadi. Kasallangan qurt sarg‘ayib, har tarafga o‘rmalay boshlaydi. ko‘pincha, so‘kchak tushib ketadi. Qurt tanasining bo‘g‘im rasp shishib, 1-2 kunda nobud bo‘ladi. Pebrina kasalligi (nozematoz)ni parazit - pozema qo‘zg‘atadi. Qurt va sporalarini barg bilan yeb yuborishi natijasida kasallanadi. Kasallangan qurt tanasida mayda qora dog‘lar paydo bo‘lib, u o‘sishdan tuxtaydi va nobud bo‘ladi. Bu kasallik nasldan naslga o‘tadi. Jonsizlanish kasalligiga, ko‘pincha, oxirgi uch yoshdagi qurtlar yo‘liqadi. unda qurt ichagida har xil bakteriyalar ichak yemirib, qonga o‘tadi va zaharlaydi. Qurtlar ichi ketib, ozadi, pilla ichida g‘umbakka aylanmay, chiriydi; bunday pillalar qorapachoq deyiladi.
Qon chirish kasalligida bakteriya qurt terisining jarohatlangan joyidan kirib, qonga o‘tadi. Qurt qo‘sib, barg yemay qo‘yadi, tanasi qorayadi, harakatdan to‘xtaydi.
Liqqoqlik surunkali kasalliq Ipak qurti yoki asalari streptokokklari qurtning o‘rta ichagini zararlab kasallantiradi. Qurt bargni kam yeydi, ichi ketadi, terisi burishib, qo‘ng‘ir tusga kiradi. Bunday qurtlar kech pilla o‘raydi, pillasi juda yupqa va mayda bo‘ladi. Ulgan qurtlar burishib qoladi.
Muskardina kasalligida parazit zamburug‘lar sporasi ipak qurti tanasiga tushib, terisini geshadi va iplari (gifalari) qurtning hamma organiga o‘sib kiradi. Qurt bo‘shashadi, bapi yemaydi, harakatlanmaydi, tanasida qora dog‘lar paydo bo‘lib, nobud bo‘ladi, so‘ng miseliylar tanani teshib, sirtga chiqadi, qurt toshdek qotib qoladi. Shu sababli bu kasallik «tosh» kasalligi deb ham ataladi.
Ipak qurti kasallikklariga qarshi ko‘rash choralari: qurt boqish sanitariya qoidalariga rnoya qilinadi, qurtxona formalin yoki xloramin bilan dezinfeksiyalanadi.
Ipakchilik, pillachilik qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i, ipak qurti boqish, yangi qurt zotlari va duragaylari yetishtirish, pilladan mo‘l hosil olish yo‘llarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi (41-Rasm). Ipakchilik qurtning asosiy oziq manbai bo‘lgan tutchilik bilan bog‘liq. Ipakchilikdagi asosiy ish jarayonlari: ipak qurti urug‘i inkubasiyasi (ipak qurti urug‘ini ochirish), qurt boqish, qurt urug‘i tayyorlash va pillani dastlabki ishlash - dimlash va quritish. Ipakchilikning vatani Xitoy, bu yerda chamasi 5000 yildan beri Ipakchilik bilan shug‘ullaniladi. Ipak Xitoydan Yevropaga O‘rta Osiyo orqali olib o‘tilgan. Qurt urug‘ining boshqa mamlakatlarga qanday tarqalganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Butun dunyoda yiliga 300 ming t, jumladan Xitoyda 112,5 ming t, Yaponiyada 119 ming t pilla yetishtirildi. O‘zbekistonda (1972 y) 24970t pilla tayyorlandi. O‘zbekistonda Ipakchilik ishlari bilan Qishloq xo‘jalik vazirligi Ipakchilik bosh boshqarmasi shug‘ullaiadi. Har qaysi viloyai va tkmanda Ipakchilik idoralari bor, bular qurt urug‘ini ochirish, tarkatish, qurt bokish va pilla hosilini qabul qilib olish, pillani dastlabki ishlash va fabrikalarga topshirish ishlariga rahbarlik qiladilar. O‘rta Osiyo Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti Ipakchilikni ilmiy asosda rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Macalan, institut seleksionerlari zot va duragaylari 4 marta yangilab, pilla hosildorligining ortishiga katta hissa qo‘shdilar.
Ipakchilik asbob-uskunalari ipak qurti boqishda foydalaniladigan asbob-uskunalar: so‘kchaklar, barg kesish, barg maydalash (kichik yoshdagi qurtlar uchun), sun’iy dasta tayyorlash, pilla terish va tozalash mashinalari; termometr, psixrometr va boshqalar. Qurtxonalarga so‘kchak (so‘ri)lar o‘rnatiladi. O‘rta Osiyoda ko‘p qavatli so‘kchak ishlatiladi. O‘zbekistonda temirdan ishlangan bo‘yi 2 m, eni 1 m, balandligi 1,95 m li yig‘ma so‘kchaklardan foydalanilmoqda. Bunday so‘kchaklar besh va uch qavatli bo‘lib, pastki qavatining yerdan balandligi 0.4 m, qavat oralig‘i 0,7-0,8. Bir quti urug‘dan chiqqan beshinchi yoshdagi qurtlar uchun o‘nta uch qavatli so‘kchak yetarli.
Nazorat savollari
1.Ipak qurti zararkunandalari ularga qanday zarar etkazadi?
2.Ipak qurtlarida qanday kasalliklar uchraydi?
3.Ipak qurti zararkunandalari va kasalliklariga qanday ko‘rashiladi?
4.Qishloq xo‘jaligida ipakchilik pillachilik faoliyati qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |