Erkak asalarilar. Ularning tanasi ishchi asal-rilarnikidan kattarok va silindr shaklida bo‘ladi. Ularning uzunligi 15-17 mm, og‘irligi 2,2 g. Ko‘zlari nisbatan katta va murakkab, boshining tepa qismida bir-biriga juda yaqish joylashgan. Mo‘ylovi 13 burindan tashkil topgan. Ularda nish apparati bo‘lmaydi. Qornida mum oynachalari va oyog‘ida gul changini to‘playdigan moslamalari ham bo‘lmaydi. Erkak asalarilarning birdan bir vazifasi ypg‘ochi asalari bilan juftlashish hisoblanadi. Erkak asalarilar asosan bahorda yangi oilaga ajrab chiqish oldidan vujudga keladi. Bitta oilada ularning soni bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lishi mumkin. Ular tayyor oziq-asal bilan oziqlanadi. Ayrim hollarda ishchi asalarilar o‘z hartumi bilan ularni oziqlantiradi. Asal to‘plash mavsumi tugagach, erkak asalarilarni oiladan haydab chiqarishadi va ular tashqarida ochlikdan va sovuqdan halok bo‘ladilar. Shuning uchun ham ularni «truten», ya’ni «tekinxo‘r» nomi bilan ataydilar.
Ishchi asalarilar. Ular oilaning asosiy qismini tashkil etadi. Yoz oylari asalari oilasida 3000-4000 ishchi ari bo‘ladi. Katta oilalarda esa ayrim xollarda ularning soni 80000-100000 ta bo‘lishi aniqlangan. Ishchi asalarilar jinsiy organi yaxshi rivojlanmagan urg‘ochi arilardir. Shuning uchun ham ular erkak arilar bilan juftlashish qobiliyatiga ega emaslar. Lekin, ayrim hollarda ular tuxum quysa, bu tuxumlardan faqat erkak arilar vujudga kelar ekan. Ishchi asalarilarning tanasi 12-14 mm, og‘irligi o‘rtacha 0,1 g atrofida bo‘ladi. Ular yozda 5-6 hafta, qishda bir necha oy yashaydi. Ishchi asalarilar oilada turli xil vazifalarni bajaradi. Jumladan, nektar, gulchang va suv yig‘adi. Nektardan asal ishlab chiqaradi va yosh avlodni tarbiyalaydi. Shuningdek mumdan qurilma yasaydi, uyani quriqlashadi va x,. k. Shunga ko‘ra ular tanasida ayrim uzgarishlarni vujudga kelishiga olib kelgan degan fikrlar mavjud. Jumladan, ularning xartumi urg‘ochi va erkak arilarnikidan uzunrok,, qorin sternitlarida mum oynachalari va orqa oyoqlarida gul changini yig‘adigan moslamasi bo‘ladi.
Umuman, ishchi asalarilar oilasi faoliyatida hal qiluvchi rol uynaydi. Ular uyaning gaz, harorat rejimi va havo namligini ma’lum darajada saqlay oladilar. Shuningdek oziq zapasi tuplaydilar, uni kayta ishlaydilar. Yosh avlodni, erkak va urg‘ochi arilarni tarbiyalaydilar.
Asalarilar uchun tabiatdagi barcha xil o‘simliklar gulining nektari va changilari ozik, manbalari hisoblanadi. Shuningdek, asalarilar uchun suv va mineral moddalar ham talab etiladi.
Nektar - gul bezlari - nektardonlardan ajraladigan shirin suyuqliqiir. Ayrim o‘simliklarda nektar bezlari guldan tashqarida bo‘ladi. O‘simliklarning nektar ajratishi chetdan changlanishga moslanishidir. Guldagi nektar hidi hasharotlarni o‘ziga jalb etadi. Ular oyokchalari, qanotlari yordamida guldan gulga changni olib utadi va natijada o‘simliklar chetdan changlanadi. Bunday holat tabiatda o‘simliklarning tashqi sharoitga moslanish imkoniyatini kuchaytiradi va o‘simliklar turini saqlanib qolishida muhim rol uynaydi. Nektar tarkibida shakar, suv, mineral tuzlar va boshqa tur moddalar uchraydi. Qandlar oddiy va murakkab holda bo‘ladi. O‘simliklarni turiga ko‘ra ular nektaridan shakar va suv miqdori har xil (29-74% gacha) bo‘lishi aniqlangan.
Qayta ihlangan nektar - asalga aylantiriladi. U qo’yidagicha yuz beradi. Asalarilar gul nektarini ofh3 apparati yordamida asal jig‘ildoniga surib olib uyasiga olib keladi. Ishchi asalari nektarni olib kelgach, xartumi yordamida uchmaydigan yosh asalarilar xartumiga beradi. Nektarni qabul qilib olgan arilar uni asal jig‘ildrniga shimadi, keyin uni qaytadan xartumiga qusadi. Bu jarayon birnecha marta takrorlanadi va nihoyat nektar asalari jig‘ildonida invertaza fermentiga boyiydi. Bu ferment shakarqa-mish shakarini, ya’ni murakkab shakarni oddiy meva va uzum shakarigacha parchalaydi. So‘ngra bu oddiy shakarlar katakchalarga tuldiriladi, ortikcha suvi bug‘lanib ketadi va ularning parchalanish jarayoni davom etishi natijasida u yetilgan asalga aylanadi.
Tayyorlangan, asal solingan katakchalar mum qopqoqchalar bilan berkitiladi. Asal o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra shakar eritmasi konsentrasiyasi va nektardan fark, qiladi. Agar asal tarkibida 18-20 foiz suv bo‘lsa, qolgani shakardan iborat. Nektar tarkibida suv ko‘proq bo‘lib, uning bir kismini shakar tashkil qiladi.
Nektarni asalga aylantirish jarayonining biologik mohiyati shundaki birinchidan, shakarning boyitilgan eritmasi hisoblangan asal uzoq vakt saklan-ganda xam aynimaydi. Binobarin qishlov uchun ko‘p miqdorda asal g‘amlab qo‘yish xam uning shu xususiyatiga asoslangan. Nektarni asalga aylantirish jarayonida murakkab shakar oddiy shakarga parchalanadi. Natijada asalarilar qishlov vaqtida bu oziqni iste’mol qilishda ko‘p oziq va energiya sarf qilmaydilar. Shuningdek, ko‘p axlat chiqarmaydilar va ortiqcha bezovta bo‘lmaydilar. Asalarilar yig‘ib kelgan gul changining ahamiyati juda katta bo‘lib u uz qiymatiga ko‘ra asalga teng turadi.
Asalarilar kasalligi uch xil: infeksion, invazion va yukumsiz bo‘ladi. Infeksion kasalliklarning kuzg‘atuvchisi o‘simlik tanasidagi bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar hisoblanadi. Invazion kasalliklarning kuzrag‘uvchilari bir xujayrali va ko‘p xujayrali parazit hayvonlardir.
Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida vujudga keladi. Agar bu sharoitlar tiklansa kasallik uz-uzidan yuk, bo‘lib ketadi.
Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasalliklarni uz vaqtida aniqlab, unga qarshi ko‘rashda davolash, sanitariya va profilaktika tadbirlarini olib borish talab etiladi.
Asalarilarning yuqumli kasalliklari qo’yidagilar: Yevropa chirish kasalligi, Amerika chirish kasalligi shular jumlasiga kiradi.
Invazion kasalliklari: Nozematoz, Akarapidoz, Braulyoz va Senotainioz kabilar hisoblanadi.
Asalari biti (Braula soyesa)-qo‘sh qanotlilar turkumiga mansub jigar rang hasharot. Bo‘yi 1-1,5 mm tanasi qora tukchalar bilan qoplangan, boshi katta, yalpoq, ko‘kragi qisqa, qorni (tanasi) tuxumsimon cho‘ziq, oyoqlari qisqa, tirnoqlari bor. Xonaki asalarilar hisobiga yashaydi. Asalarilarni qo‘riqlash uchun uya tez-tez ko‘zdan kechirib turiladi va asalari biti tuxumlari va qurtlari yo‘qotib boriladi.
Asalari bo‘risi filant (Philanthus triangulum) - Sphecidae oilasiga mansub hasharot, bo‘yi 1,5 sm keladi. Uyasini yerga (1 m gacha chuqur kovaklarga) qo‘yadi. Erkaklari o‘simliklar bilan, urg‘ochilari asalarilar bilan oziqlanadi, urg‘ochisi asalarini belidan ezib, shirasini chiqaradi va shu bilan ovqatlanadi. O‘ldirgan arilarini uyasiga olib borib, ular bilan bolalarini boqadi. Asalari bo‘risi asalarichilikka katta ziyon yetkazadi. Ularni yo‘qotish uchun uyalariga DDT, geksaxloran va boshqa zaharli moddalar purkaladi, asalari boshqa joyga ko‘chiriladi.
Asalari yiring kasalligi asalarilarning qurti (lichinkasi) va g‘umbagida uchraydigan yuqumli kasallik Bunda qurt va g‘umbak chiriydi, yiringlaydi. U boshlang‘ich davrda sezilmasligi ham mumkin. Bu kasallik bilan og‘rigan asalari oilasida qurtlar bir tekis o‘smaydi. Asalarilarning kasallanganini bilish uchun qurt yoki g‘umbakka gugurt cho‘pi suqib olinsa, yiring cho‘p bilan cho‘zilib chiqadi. Asalari yiring kasalligi qurtda bo‘lsa, Yevropa yiring kasalligi deb, g‘umbaqia bo‘lsa Amerika yiring kasalligi deb ataladi. Ikkala kasallik ham O‘zbekiston asalarilarida uchraydi. Asalari yiring kasalligiga qarshi ko‘rash choralari; kasallik yengilroq bo‘lsa, qurt va g‘umbaklarga beriladigan qo‘shimcha ozuqaga norsulfazol, penisillin va boshqa dorilar qo‘shiladi, og‘ir bo‘lsa, asalari oilasining joyi yangilanib, shifobaxsh sharbat (1 l suvga 1 kg shakar, 1 g norsulfazol qo‘shib tayyorlanadi) bilan (har bir oilaga 100 g dan har 4-5 kunda) oziqlantiriladi.
Asalarichilik qishloq xo‘jaligining bir sohasi, asal, mum olish va hasharotlar bilan changlanadigan ekinlarni changlatish uchun asalari boqish demaqiir.Qadim zamonlarda odamlar asal va asalari mumini daraxtlarning kovaklaridan olishgan. Asalarilarni qutilarda boqish usuli 19-asrda paydo bo‘lgan. Asalarisimonlar mo‘tadil va subtropik iqlimli o‘lkalarda rivojlangan. O‘zbekistonda. Asalari oilalarini ko‘paytirish uchun maxsus joy ajratiladi. Odatda bunday joy asalarilarni qishda asrashga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Buning uchun daraxt va butalar bilan o‘ralgan, shamol tegmaydigan joylar tanlanadi; bu daraxtlar ayni vaqtda asalli o‘simliklar bo‘lishi kerak shu bilan birga, ular asalari qutilarini oftobdan saqlaydi. O‘zbekistonda asalarilar ko‘klamdan to kech kuzgacha serasal o‘simliklar ko‘p bo‘lgan tog‘larda asralib, qish boshlanishi oldidan qishlov joyiga keltiriladi. Shu yo‘l bilan yillik asal yig‘imi oshiriladi, shunday joylar olmazor, bedazorlar va g‘o‘za paykallari yonida barpo etiladi.
Asalari qutisi asalari oilasining boshpanasi. Asalarilar yog‘ochdan yasalgan maxsus asalari qutisida boqiladi. Hozirda asalari qutisining Dadan-Blatt, yotiq, Rut xillari bor. Dadan-Blatt qutisi asosiy uya korpusidan va bir yoki ikkita magazindan (qo‘shimcha ustki korpusdan) iborat. Uya korpusiga eni 435 mm, bo‘yi 300 mm li 12 ramka, magazinlarga bo‘yi 150 mm li 12 ramka joylashadi, yotiq asalari qutisi korpus va qopqoqdan iborat, 16-24 ramka joylashadi. Rut asalari qutisining tag poli sug‘urib olinadigan bo‘lib, korpus va 1-2 magazindan iborat. Har qaysi korpus va magazinga eni 435 mm va bo‘yi 230 mm li 10 ramka joylashadi. O‘zbekistonda, asosan, Dadan-Blatt va Rut kabi tik asalari qutisidan foydalaniladi.
Asalari boqishda va asalarichilik mahsulotlarini qayta ishlashda qo’yidagi asalarichilik asbob-uskunalar qo‘llaniladi.
1) to‘r bosh, betni ari chaqishdan himoyalashda ishlatiladi. Uning yuzga tutiladigan tomoni qora to‘rdan, boshqa tomonlari chit yoki satindan qilinadi, ikki tomoniga 2,5- 13 mm li metall halqa kiygizilib, ust tomoni boshga kiyiladigan qalpoq gardishiga tiqiladi. To‘rning simdan qilingan xillari ham bor;
2) tutatgich - asal olishda va asalari oilasini tekshirishda asalarilarni haydashda qo‘llaniladi, u korpus va zosqondan iborat, bir-biri bilan metall plastinka yordamida biriktirilgan. Korpus qopqog‘i tutunni tegishli tomonga yo‘naltirilgan qilib yasalgan;
3) iskana - asalari oilasini tekshirishda ishlatiladi. Uning yordamida asalari qutisi va ramkalar qirib tozalanadi, mum katakli ramkalar olinadi yoki joyidan qo‘zg‘atiladi. Shuningdeq iskanadan asalari quti korpuslari va magazinlarini bir-biridan ajratishda foydalaniladi. Iskananing bir uchi to‘g‘ri burchak shaklida egilgan, o‘zi po‘latdan yasalgan, uzunligi 18-20sm, eni 3-3,5sm va qalinligi 0,3sm;
4) ona uya - asalari oilasidagi ona arini vaqtincha ajratib qo‘yishda ishlatiladigan katakcha, sim to‘rdan gugurt qutisi kattaligida yasaladi;
5) ko‘ch savat - oilasidan bo‘lingan asalarilarni ushlab kelish va ularni vaqtincha ushlab turishda ishlatiladi. U tuxum shaklda fanerdan yasalib, tubi va ochiladigan qopqog‘i to‘rdan qilinadi;
6) ona uya qalpog‘i – mum kataqiagi yangi qo‘yilgan ona arini vaqtincha ajratib qo‘yishda ishlatiladi, metall gardishga ko‘zi 2,5-3 mm li sim to‘r sirib tayyorlanadi;
7) to‘siq panjara - asalari oilasida bir necha ona ari ketkazishda ishlatiladi, undan ishchi arilar o‘tib, ona arilar o‘ta olmaydi, tunukadan 448X250 mm kattaliqia yasaladi, tirqishlarining eni 4,4mm, uzunligi 28mm;
8) ramkalarni ko‘chirib yurish uchun qopqoqli yog‘och yashiq 5-6 ta ramkani olib yurishga mo‘ljalllangan;
9) teshgich - ramkaning ikkita yondor yog‘ochini teshishda ishlatiladi. Asosiy qismlari cho‘yan korpus, richagdasta, bigizli 4 ta shtok va ikkita prujinadan iborat;
10) asalarilarga qo‘shimcha ozuqa beriladigan oxurcha;
11) g‘altak - sun’iy mum katak chetlarini ramkaga zichlab yopishtirishda ishlatiladi, asosiy qismlari yog‘och dastali dumaloq metall sterjen va o‘qdan iborat;
12) ramkalarning to‘ldirilgan mum kataklar ustini kesadigan pichoqni ishlatishdan oldin qaynoq suvga tiqib olinadi;
13) Yopilgan mum kataklar og‘zini ochish uchun ishlatiladigan stol korpusining ko‘tarma qopqoqlari, jumrakli idish, isitish asboblarini qo‘yish uchun ochiladigan yon stollaridan iborat bo‘ladi;
14) elak – mum kataklardan ajratib olingan asalni suzishda ishlatiladi, zanglamaydigan tunuka va oqartirilgan sim to‘rdan qilinib, asal ajratadigan mashina kraniga osiladi;
15) mum kataqiagi asalni ajratib oladigan medogonka, bu mashina markazdan qochirma kuch bilan ishlaydi, radial (katta) va xoodial (kichikroq) xillari bor;
16) asal tindiriladigan idish - alyumin yoki oqartirilgan po‘latdan 285 yoki 570l li qilib yasaladi, 400 yoki 800kg asal ketadi, asalni tindirishda sirlangan idish yoki yog‘och bochkalardan foydalanilsa ham bo‘ladi;
17) mum katak og‘zidan qirqib olingan mumlar, mum chiqitlari oftobda eritiladigan moslama yog‘och korpus, tub, ko‘tarma qopqoq, oyna bilan o‘ralgan rama, tog‘ora va isitadigan materiallardan iborat yirik asalarichilik xo‘jaliklarida bug‘ bilan ishlaydigan mum eritgichdan foydalansa ham bo‘ladi, bu tipdagi mashinada bir yo‘la 25 ramka mum katagini eritish mumkin;
18) asalari uchun sug‘orgich - yog‘ochdan yoki alyumindan yasaladi, jo‘mragi bor, hamisha oftob tushib turadigan joyga qo‘yiladi, bunda asalarilarga doimo suv kelib turadi. Asalarizorlarga odatda ikkitasi qo‘yiladi, biri chuchuq ikkinchisi sho‘r suv bilan to‘ldiriladi, suvi har kuni yoki kunorya almashtiriladi;
19) ikki g‘ildirakli yengil aravacha - asalari oilasi, asalari qutisi va asalari asbob uskunalarini ko‘chirib yurishda ishlatiladi.
Respublikamizning tabiiy sharoiti ko‘plab o‘simliklarni o‘sishi uchun nihoyat qulay hisoblanadi. Viloyatlarimizda asalari boqish asosan kuchma asalarichilikka asoslangan. Binobarin, tovar mahsulotning asosiy kismi shu usul asosida yetishtiriladi. Kuchma asalarichilik zonalarida asalchil o‘simliklarni xilma-xilligi, ulkamizda uzok, vaqt sovuq bo‘lmasligi, qish mavsumining qisqaligi, asalarilarning yuvvoshligi, ularni parvarish qilish usullarining oddiyligi ko‘plab qimmatli asalari, ona ari, va paketli asalarilar olish uchun katta imkoniyatlar beradi.
Pasekalardan har tomonlama unumli foydalanish maqsadida ularni kuchirish tadbirlari tula-tukis urganilmagan. Lekin, pasekalar vodiy, etagi, tuqaqlarda kuchib yuradi. Ma’lum miqdorda pasekalar Chotqol, Qurama, Boysun, Hisor tizma tog‘lariga olib chiqiladi. Qish oylari (dekabr, yanvar, fevral) asalarilar dalaga nektar chang yig‘ishga chiqmaydi. Ular zapas oziq bilan oziqlanadilar.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, obhavo yaxshi kelgan yillari (1967) aprel may oylarida xilma-xil cho‘l utlaridan bir kunda 22,5 kg chang va nektar olish mumkin ekan. Lekin bahor sovuq kelganda cho‘lda va nektar beruvchi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi birmuncha susayib ketadi. Bunday vaqtlarda pasekani cho‘lga kuchirishning hojati bo‘lmaydi. Aprelning oxiri va mayning boshida pasekalarni adirlarga, tof etagidagi xilma-xil utlar (xashaki nuxat, erkak ut, karmak, k,ashk,ar beda, astragal va lola (kizgaldoqiar) ko‘p usadigan joylarga kuchirish mumkin.
Paxtadan ko‘prok, asal oladigan oylar - iyul va avgust hisoblandi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladigan ingichka tolali g‘uzalarda asal ko‘prok, bo‘lishi tajribalarda qurilgan. Masalan, bitta asalari oilasidan olingan tovar asal miqdori 40-70 kg tosh bosgan. Uzbekistonning boshqa zonalarida bu ko‘rsatgich 25-30 kg ga to‘g‘ri keladi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, har bir gektar paxtazor maydonidan 20-30 kg chang olinar ekan. Makkajo‘xori ham ko‘p chang beruvchi o‘simliklardan hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |