111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари


YILQICHILIK FERMALARIDADA OTLARNI PARVARISH QILISH



Download 1,84 Mb.
bet20/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

2.7.YILQICHILIK FERMALARIDADA OTLARNI PARVARISH QILISH

Y ilqichilik chorvachilikning muxim sohasi hisoblanadi. Yilqichilik fermasi ot urchitish (ko‘paytirish) va yangi zotlar yetishtirish bilan shug‘ullanadigan ferma bo‘lib u asosan, jamoalarda shuningdek ot zavodlarida tashkil etiladi. Paxtachilik xo‘jaliklarida otlar boshqa chorva mollari bilan birga boqiladi. 20 dan ortiq yilqisi bo‘lgan xo‘jaliklarda yilqichilik fermasi tuziladi .


O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Yokutiya va Boshqirdiston aholisi ot go‘shtini ko‘proq iste’mol qilishga moslashgan xalq hisoblanadi. Bu respublikalarda go‘sht uchun boqiladigan otlar yil mobaynida asosan yaylovlarda boqiladi va parvarish qilinadi. Ot go‘shti o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra turli mineral moddalarga boy va to‘yimliligi jihatidan yuqori bo‘ladi
Toy go‘shti mayin, sersuv, hidsiz va kaloriyasi ancha yuqori (2700 kkal) bo‘lishi bilan farq qiladi. Otlarning yoshi oshgan sari go‘shti ham chayirlashib, dag‘allashib boradi, sifati esa pasayadi (9-Rasm). Yaxshi semirgan ot-lardan go‘sht chiqishi- 60 foiz, o‘rtacha semizliqiagi otlarda 48--52 foiz, va oriq, vakillarida 45-48 foiz bo‘ladi. Terisi tana og‘irligining 5-6,5 foizini tashkil qiladi. Yaxshi boqilgan otlar sutkasiga 0,6 dan 1 kg gacha (ba’zan o‘rtacha 1300 g) semiradi.
Biyalar 5-7 oy (laktasiya) davomida 1300-3000 kg sut beradi. Qozoqi va boshqir zot biyalar sersut hisoblanib, tuqanidan so‘ng 2-3 oy mobaynida sutkasiga o‘rtacha 10-15 kg dan, ayrimlari esa 20-25 kg gacha sut beradi. Biyalarning sersutligi laktasiyaning birinchi oyida yuqori bo‘ladi va 4-5 oyligiga; qadar pasayib boradi. Tuqaniga 6 oy bo‘lgan biyalarda u bug‘ozligi sababli sut berishi ancha past bo‘ladi. Odatda biyalar 7-10 yoshligida sersut bo‘ladi va keyinchalik sutdorligi pasayib boradi. Biyalarning yelini kichik bo‘lgani bilan 1,5-3 kg sut bo‘ladi, shunga ko‘ra laktasiyasining dastlabki oylarida ularni har 2-3 soatda, keyin esa 3-3,5 soat oralab va laktasiyasining so‘nggi oylarida har 4-6 soatda cog‘ib turiladi. Biya sutining kimyoviy tarkibi boshqa chorva mollarnikiga qaraganda farq qiladi. Masalan, uning tarkibida 6,3 foiz sut qandi, 1,7-2,2 foiz oqsil, 1,6- 2,2 foiz yog‘, 0,3-0,33 foiz mineral moddalar va ko‘p miqdorda vitaminlar xamda fermentlar bo‘ladi. Kislotalilik darajasi 6-9°. Biya sutida qand moddasi ko‘p bo‘lganligi tufayli undan eng qimmatli ichimlik hisoblangan qimiz tayyorlanadi.
Qimiz o‘zining mazasiga ko‘ra bir oz nordon bo‘lgani holda u maxsus achitqi-tomizg‘i yordamida tayyorlanadi. Tayyorlanadigan qimizning sifati yuqori darajada bo‘lishida tomizg‘ining roli kattadir. Tomizg‘i biya sutining achish jarayonida tayyorlanishi xam mumkin..Ba’zan oldindan tayyorlab qo’yilgan tomizg‘ilardan foydalaniladi. Sog‘ib olingan biya sutiga ma’lum miqdorda tomizg‘i solinib bir sutka atrofida issiq yerda saqlanadi va vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turiladi. Biya suti taxminan 3-4 kun davo­mida achishi mumkin, so‘ngra uni yana aralashtirgan holda salqin yerda saqlanadi. Qimiz odamlarning ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi, nerv sistemasini me’yorlashtiriladi, organizm quvvatini oshiradi, upka, ichak va oshqozon kasalliklarini davolashda muhim va shifobaxsh ichimlik hisoblanadi.
Otlar va ularni boqish biologik xususiyatlariga ko‘ra boshqa turdagi chorva mollaridan farq qiladi. Masalan, ularning osh-qozoni sodda tuzilishiga ega bo‘lishi bilan xajmi jihatidan qoramolnikiga qaraganda 7-8 marta kichiqiir. Otlarning ichaklari xam ancha kalta bo‘ladi. Shunga ko‘ra otlarning asosiy ozig‘i beda, pichan, yem, kunjara, sersuv va shirali oziqlar hisoblanadi. Osh tuzi esa ular istaganicha beriladi.
Otlarga kechqurun ko‘proq dag‘al oziq beriladi. Yem sutkasiga turt barobar miqdorda berilishi ma’qul. Oziqlantirishda oldin dag‘al oziq, so‘ng yem va yana dag‘al oziq beriladi. Sutkasiga 3-4 marta sug‘oriladi. Terlab turgan otlarni bir oz dam olib bulgach, sug‘orish mumkin.
Ayg‘irlar rasioniga biyalarni qochirish davrida 5 kg sut, 3-5 dona tuxum, 0,-03 kg go‘sht-suyak unini kiritish tavsiya qilinadi. Agar ayg‘irning tirik vaz-ni 500 kg atrofida bo‘lsa, u holda unga sutkasiga 6-8 kg beda pichani, 6 kg yem yoki omixta oziq berish ma’qul kuriladi. Ayrim vaktlarda 500-600 g don maysasi berish ham foydalidir. Yoz oylarida beda pichani o‘rniga 15-25 kg atrofida yangi urib keltirilgan kuk beda berish mumkin. Qochirish kampaniyasi tugagach, ularning rasionidan sut, go‘sht-suyak uni va tuxum chiqarib tashlanadi va 3 kg atrofida silos berib turiladi.
Bug‘oz va emizikli biyalarni boqish. uchun dastlab ularning tirik vazni, yoshi, oriq-semizligi va fiziologik holati xisobga olinadi. Bunda ularning 100 kg tirik vazni hisobiga o‘rtacha 2-3 kg beda pichani, 0-0,8 kg omixta yem, 40% suli, 35% arpa, 25% makkajo‘xori, 0,1-0,2 kg kunjara, 1-1,5 kg sabzi yoki xashaki lavlagi, 0,5-1 kg silos berish foydali hisoblanadi.
Bug‘oz biyalarga bug‘ozligining so‘ngi oyida silos va beda pichani berilmaydi, xashak va sersuv oziq miqdori bir oz kamaytiriladi. Uni hisobiga 30-60 g dan sutkasiga bo‘r va boshqa mineral qo‘shimchalar beriladi. Sovuq suv ichirish man etiladi. Ochiq havoda yayratib turiladi.
Yosh ayg‘ir va biyalar 12-18 oyligida jinsiy balog‘atga yetishadi. Lekin bu vaqtda ularni urchitish yoki ana shu maqsadda foydalanish mutlaqo yaramaydi. Aks holda, ular o‘sishdan to‘xtaydi, nimjon va kichik vaznli qulun beradi. Shularni hisobga olgan holda biyalar va ayg‘irlar uch yoshga to‘lguncha urchitishga qo‘yilmaydi. Otlardan 20 yil va undan uzoq vaqt qulun olish mumkin.
Qulunlagan biyalar 8-10 kun deganda va ba’zan kechroq kuyukadi, bu jarayon 5-7 kun (hatto 2-12 kun) davom etadi. Agar biya ana shu davrda qochirilmasa, bu xususiyat 20-23 kundan so‘ng yana takrorlanadi. Bu asosan ularning oriq-semizligi, zoti, yetiluvchanligi, boqish usuli va fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Y ilqichiliqia nasldor otlar yetishtirish va tarqatish korxonalari, ippodromlar hamda qishloq xo‘jaligi yilqichilik fermalari ot zotlarini yaxshilash ustida ish olib boradi Bu joylarda har ikkala zotni chatishtirib, yangi zotlar yetishtirilmoqda.
Yilqichiliqia biyalarni sun’iy, qulda va yaylovda kochirish usullaridan foydalaniladi. Sun’iy usulda mavsum davomida bitta ayg‘ir urutidan 150-300 ta biyani qochirish mumkin. Qulda qochirilganda 4 yoshdan kichik bo‘lmagan bir ayg‘ir bilan 50 ta biyani qochirish mumkin. Yaylovda (poda sharoitida) 25-40 biya uchun bir ayog‘ir yetarlidir.
Biyalarning bug‘ozlik davri 11 oy (310-360 kun) davom etadi. Biyalar tug‘ishiga 10-15 kun qolganda, ular ut pichani tushalgan maxsus xonalarga olinadi. Tug‘ishiga yakin biyaning yelini kattalashadi va surg‘ichlari sutga tulgan holda biroz kattalashadi. Biyalar me’yor holda tug‘sa, insonning yordami talab etilmaydi. Bunda qulunning kindigi uzilmay qolsa, uni qornidan 5-6 sm qoldirib qaychi bilan kesiladi va yod surkab qo’yiladi. Og‘iz, bo‘rni va quloklari toza sochiq bilan yaxshilab artiladi va onasiga yalash uchun qo’yiladi. Qulun oyoqqa turgach onasini emishi uchun ayrimhollarda yordam berish talab etiladi. Oradan 1-1,5 soat vaqt utgach biyalarga ilik, suv va sifatli beda pichani beriladi. 4- 5 soatdan so‘ng yorma dondan tayyorlangan atala berish tavsiya etiladi. Biyalar 6-7 kundan so‘ng umumiy rasionga o‘tkaziladi.
Qulunlar 5-6 oy mobaynida onalari bilan birga boqiladi. Birinchi oyda ona suti yetarli hisoblanadi. Ularni ko‘proq onalari bilan toza havoda yayratish foydali. Bir yarim oylik qulunlarni ut va pichan yedirishga asta-sekin o‘rgatila boshlanadi. Sung kuniga 100-200 g dan yorma don berish mumkin. Sutdan ajratish davri yaqinlashgach, qulunlarga 2-3 kg yem, ko‘proq beda pichani va sabzi kabi oziqlar beriladi. Qulunlar sutdan 9-10 oyligida, ba’zan 11 oyligida ajratiladi va ularni (8-10 ta dan) gurux,-lab alohayeda saqianadi. Bir-ikki yoshli kulunlarga sutkasiga 4-5 kg beda pichani, 3-5 kg somon, 2-4 kg yem, 2-4 kg sersuv va shirali oziq beriladi. Shuningdek, osh tuzi, bo‘r, suyak uni ham berib turiladi. Ular sutkasiga 3-4 marta oziqlantiriladi. Ular turgan joy ma’lum vaqtda tozalanib turiladi. Qulunlar yaxshi parvarish qilinsa, ulardan yetiladigan ayg‘ir yoki biyalar yuqori ko‘rsatgichlarga ega, sermahsul, sog‘lom va yirik bo‘ladi.
Ma’lumki, yilqilar asosan yaylovlarda boqiladi va ko‘paytiriladi. Binobarin, respublikamizning tabiiy yaylovlari oz bo‘lganligi uchun otlar podasi, ko‘prok, tog‘li zonalarda ko‘paytiriladi.
O‘zbekistonda yilqilardan asosan uch xil maqsad uchun, ya’ni sport ishlarida, go‘sht va qimiz yo‘nalishida foydalaniladi. Keyingi yillarda bir qator viloyatlarda, jumladan Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yilqilarni ko‘paytirish tadbirlari ko‘rilmoqda.
Hozirgi vaqtda respublikamizda yilqichilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beriliyapti. Ayniksa ko‘p miqdorda sifatli go‘sht va qimiz yetishtirishda bu tarmoqda katta burilishlar bo‘lmog‘i lozim. Yilqilarning mahsuldorligini oshirish, biyalardan ko‘proq, kulun olish, ularning naslini yaxshilash ishlarini yuqori darajaga kutarishda ancha sayi harakatlar bklmoqda. Respublikamizda har 100 bosh biyadan. har 100 bosh biyadan 85-95 tadan qulun olayotgan xo‘jaliklar soni oz emas. O‘zbekiston yilqichiligi qorabayir va yo‘rtoqi zot otlarini yaxshilash bilan shug‘ullanmoqda, yo‘rtoqi ot duragaylari qorabayirlarga qaraganda yirik va chidamli.
Chorvachilikning salmoqli tarmoqlaridan biri bo‘lgan yilqichilikni rivojlantirish, ulardan ko‘p miqdorda sifatli va arzon mahsulot olish muhim xalq xo‘jalik ahamiyatiga egadir. Shunga ko‘ra bu sohada imkoni bo‘lgan xo‘jaliklar mavjud rezervlardan unumli foydalangan holda yilqichilikni rivojlantirish ishlari asosiy vazifa bo‘lib qoladi.



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish