Umurtqali hayvonlarda ayiriladigan moddalar buyr
aklardan tashqari, teri va o‘pkalar orqali ham chiqariladi.
Buyraklar asosiy ayirish a’zosi bo‘lib, filogenezda uchta bosqichni o‘taydi.
Birinchi bosqichda boshlang‘ich buyrak –
baliq va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning lichinkasida
bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda
–
birlamchi buyrak yoki tana buyragi voyaga yetgan baliq va baqalarda uchraydi.
Uchinchi
bosqich
–
haqiqiy buyrak sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda uchraydi.
Baliqlarda ayirish bir juft tasmasimon buyraklardan iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomonida
joylashgan. Mazkur buyraklarning old qismi faqat embrional davrda ahamiyatga ega bo‘lib, yetuk baliqda
rudimentga aylangan. Boshlang‘ich
buyrak sodda tuzilgan, kalta kanalchalardan iborat va qon aylanish
sistemasi bilan bog‘lanmagan. Ayirish mahsulotlari tana bo‘shlig‘iga va u yerdan tashqariga chiqariladi.
Yetuk baliqda ayirish vazifasini tana buyraklari bajaradi.
Tana buyraklari boshlang‘ich buyrak hisoblanib,
unda Shumlyanskiy-
Bauman kapsulasi va Malpigiy tuguni paydo bo‘lgan. Shu tariqa ayirish sistemasi va
qon aylanish o‘rtasida aloqa paydo bo‘lgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda voyaga
yetganda
birlamchi
tana buyraklari bo‘lib, ular urg‘ochi baqada faqat siydik ayirish vazifasini, erkaklarida esa yana urug‘
yo‘li vazifasini ham bajaradi.Yuqori darajada tuzilgan umurtqalilarda (qushlarda, sutemizuvchilarda)
boshlang
‘ich buyrak va birlamchi buyraklar faqat embrional davrdagina bo‘lib, keyin rudiment holga
keladi. Voyaga yetganda esa, ikkilamchi buyrakdan haqiqiy buyraklar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi
buyraklarning tana bo‘shlig‘idan aloqasi uzilib, qon aylanish sistemasi bilan bog‘liqligi ortadi.
Buyrakdagi nefronlar soni ham ortib boradi. Sutemizuvchilarda buyrakdan tashqari o‘pka va ter bezlari
ayirish vazifasini bajaradi.
Ayirish sistemasi filogenetik jihatdan jinsi
y sistema bilan bog‘langan bo‘ladi. Ayniqsa, bu umurtqalilar
evolutsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ko‘p hujayrali tuban hayvonlar (bo‘shliqichlilar)da jinsiy a’zolar
sistemasi rivojlanmagan. Lekin ektoderma
hujayralaridan jinsiy hu
jayralar hosil bo‘lib, noqulay sharoitda
(gidrada) jinsiy ko‘payadi. Meduzalarda esa jinsiy va
jinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi.
Yassi chuvalchanglar
–
germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema kuchli taraqqiy
etgan. To‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda
jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklarida
–
bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi.
Urg‘ochilari yirikroq bo‘lib, ularda ikkita tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan
rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki jinsli), lekin
ikkita chuvalchang bir-
birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining
barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichb
aqasimonlar va
hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari) metamorfozsiz rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft
-
juftdan jabraoldi bo‘shlig‘ida joylashgan.
Yetilgan
jinsiy hujayralar jabraoldi bo‘shlig‘idan suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi. Baliqlar ayrim
jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi germafrodit). Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi. Ayrimlarida esa
ichki urug‘lanish va tirik
tug‘ish kuzatiladi. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don bo‘lib, buyrak yaqinida
joylashgan. Urug‘donlardan boshlanadigan chiqarish nayi, siydik nayi orqal
i tashqariga ochiladi.
Urg‘ochilarning bir juft tuxumdonlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan. Yetilgan tuxumlar tuxum yo‘lida
shilimshiq qobiq bilan o‘ralib
kloakaga, u yerdan tashqariga chiqariladi.
Tashqi urug‘
lanish va metamorfoz bilan rivojlanish kuzatiladi. Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari
erkaklarida bir juft urug‘don va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat.
Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra va spermatozoidning qo‘shilishi tuxum
yo‘lida sodir bo‘ladi. Urug‘langan tuxum oqsilli bo‘lib, ohak po‘st bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan esa
tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘a
di.
Sudralib yuruvchilarda ichki urug‘lanish embrionning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziqqa ega va
qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi aromorfozlardan biri sanaladi.
Qushlarning erkagida bir juft urug
‘don va bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, kloakaga ochiladi. Urg‘ochilarida
bitta tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib,
t
uxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanadi. Tuxum yo‘lida ohak
po‘choq bilan o‘ralib, kloaka orqali tashqi muhitga chiqari
ladi. Tuxum hujayrasida sariqlikning
miqdori
ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi va jinsiy ko‘payish bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilarning erkaklarida bir juft urug‘don, urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, tuxum yo‘li va
bachadon bo‘ladi. Tuban sutemizuvchilarda bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust rivojlangan yoki
rivojlanmagan bo‘ladi. Urug‘langan
tuxum hujayra ona qornida
–
bachadonda rivojlanadi.
Homiladorlik muddati homilaning soniga va yashash muhitiga bog‘liq. Barcha sutemizuvchilarda jinsiy
dimorfizm kuchli rivojlangan bo‘lib, urg‘ochilari bolasini sut bilan boqadi.
Shunday qilib, evolutsiyada ayirish va jinsiy sistema qoldiq moddalarni va jinsiy mahsulotlarni ayirish
funksiyasini bajarib, embrional taraqqiyot davrida mezodermadan rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: