savolga javob:
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi. Hayvonlarning tana qoplami, asosan, tashqi muhit ta‟sirlari va zararli omillardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Evolutsiya jarayonida bir organlar sistemasining takomillashuviga bog„liq holda boshqa organlar sistemalarining paydo bo„lishi va takomillashuvi sodir bo„ladi. Funksiyasining ortishi natijasida dastlab himoya organi bo„lgan teri nafas olish, sezish, termoregulatsiya va ayirish, sutemizuvchilarda ter bezlarining o„zgarishi natijasida paydo bo„lgan sut bezlaridan ajraladigan sut orqali naslini oziqlantirishda ishtirok etadi. Mazkur funksiyalar teri qoplami tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlarning paydo bo„lishi natijasida amalga oshadi.Xordali hayvonlarda teri: epidermis va dermadan iborat. Epidermis ektodermadan, derma mezodermadan rivojlanadi. Boshskeletsizlarda teri qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. Terining epidermis qavati bir qavat hujayralardan, shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining derma qavati (g„ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan. Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda epidermis ko„p qavatli, pastki qavatidagi hujayralar tinimsiz ko„payadi, ustki qavatidagi hujayralar ixtisoslashadi, muayyan muddatdan so„ng nobud bo„ladi va qurib tushib ketadi. Teri derma qavatining mustahkamligini ta‟minlaydigan biriktiruvchi tolalar paydo bo„ladi. Umurtqalilarda teri hosilalari paydo bo„ladi, ularning
xilma-xilligi hayvonlarning hayot tarzi va tuzilish darajasiga bog„liq bo„ladi. Shuningdek, terida turli vazifalarni bajaradigan yog„ va ter bezlari rivojlangan. Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarnikiga o„xshash quruq, bezlari bo„lmaydi. Ko„pchilik qushlarda dumg„aza bezlari bo„lib, qushlar bu bezdan ajraladigan yog„simon modda bilan patlarini yog„laydi. Qushlarning tanasini qoplab turuvchi pat va parlar epidermis hosilasi bo„lib, ularning kelib chiqishi sudralib yuruvchilarning tangachalariga o„xshash, tarkibi shox moddadan tuzilgan Sutemizuvchilarning tana qoplami bajaradigan vazifasiga bog„liq holda nisbatan murakkab tuzilgan. Terisi jun bilan qoplangan va unda har xil vazifani bajaruvchi (yog„, sut, ter, hid) bezlar bor. Sutemizuvchilarning ter bezlari ixtisoslashib, sut bezlariga aylangan. Teridagi yog„ bezlari faqat sutemizuvchilarga xos. Yog„ bezlari ajratadigan yog„ teri yuzasi, jun qoplamini yog„lab, namlanishning oldini oladi va uning elastikligini ta‟minlaydi, qurub qolishdan himoya qiladi. Sutemizuvchilarga xos belgilardan biri epidermis hosilalari: jun, tirnoq, tuyoq, shoxlarning paydo bo„lishi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |