11-SINF BIOLOGIYA IMTIHON SAVOLLARI JAVOBLARI BILET-1
Xordali hayvonlarda yuz bergan evolyutsion o„zgarishlar haqida ma‟lumot bering.
Hayvonlarning ayirish va jinsiy organlari evolyutsiyasini tushuntiring.
Berilgan tirik organizmlar va ularning ekologik guruhlari o„rtasidagi muvofiqlikni aniqlab, jadvalga yozing: sebarga, ilonburgut, baqa, mikroskopik zamburug„, qo„ng„iz.
JAVOBLARI:
3-savol javobi
Produtsent
|
sebarga,
|
I tartib konsument
|
qo„ng„iz
|
II tartib konsument
|
baqa
|
III tartib konsument
|
ilonburgut
|
Redutsent
|
mikroskopik zamburug„
|
1-savol javobi.
Xordalilar orasida lansetnik eng tuban tuzilgan bo„lib, uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo„ylab juft-juft joylashganligi, bosh miyasining rivojlanmaganligi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va yuragining bo„lmasligi bilan halqali chuvalchanglarga o„xshab ketadi. Bu belgilar tuban tuzilgan xordalilarning halqali chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko„rsatadi. Barcha xordalilarda o„q skelet – xorda rivojlangan. Umurtqali hayvonlarda esa xorda embrional organ hisoblanadi, postembrional rivojlanishning dastlabki bosqichida aksariyat organizmlarda umurtqa pog„onasiga aylanadi. Xorda ustida naysimon markaziy nerv sistemasi joylashgan. Nafas olish sistemasi murakkab tuzilishga ega jabra va o„pkadan iborat. Ovqat hazm qilish nayining oldingi qismi jabra teshiklari yordamida tashqi muhit bilan bog„lanadi. Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra umr bo„yi saqlanadi, quruqlikdagi vakillarda esa u o„pka bilan almashinadi.
Dastlabki xordalilardan bir guruhi dengiz tubidagi qumga ko„milib yashashga o„tgan, ulardan hozirgi boshskeletsizlar kenja tipiga mansub lansetniklar kelib chiqqan. Qadimgi xordalilarning boshqa bir guruhi faol yirtqich hayot kechira boshlagan. Shuning uchun yirtqichlar o„rtasida tabiiy tanlanish nerv sistemasi, harakat organlari, o„ljani tutish va yeyish uchun zarur bo„lgan o„tkir tishlarning rivojlanishiga olib kelgan. Shu tariqa hozirgi akulalarga o„xshash tog„ayli baliqlar paydo bo„lgan. Iqlimning asta-sekin quruqlashib borishi qadimgi suyakli baliqlar orasida tabiiy tanlanishni ikki yo„nalishda borishiga olib kelgan.
Birinchidan qadimgi ikki xil nafas oluvchi panjaqanotli baliqlarning juft suzgichlari quruqlikda yashovchi hayvonlarning harakatlanish organi – oyoqlarga aylana borgan; ikkinchidan jabralar o„rniga o„pka va teri orqali nafas olish paydo bo„lgan. Tabiiy tanlanish ta‟sirida panjaqanotlilarning o„pkasi tobora rivojlanib,
ularning juft suzgichlari yurish oyoqlariga aylangan. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga moslashgan dastlabki vakillari qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar (stegosefallar) hisoblanadi. Evolutsiya jarayonida dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar gavda tuzilishi va organlar sistemasida sodir bo„lgan muayyan irsiy o„zgaruvchanlik asosida vujudga kelgan belgilar ularning o„zgargan muhit sharoitiga moslanishiga imkon bergan. Oldingi va orqa oyoqlarning paydo bo„lishi, yuragining uch kamerali bo„lishi, qon ikki doira bo„ylab harakatlanishi, nog„ora parda va eshitish suyakchasining paydo bo„lishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarga quruqlik muhitida yashash imkonini yaratdi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar bo„lib, ularning terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tashqi urug„lanish o„rniga ichki urug„lanish kelib chiqqan, ular yirik, sariqlikka boy tuxum qo„yadi. Boshining harakatchanligi sezgi organlaridan ko„proq foydalanish imkonini beradigan bo„yin umurtqalari taraqqiy etgan.
Skeletida ko„krak qafasining vujudga kelishi o„pkani himoyalab, nafas olishining takomillashishiga olib kelgan, nafas yo„llari – traxeya, bronxlar paydo bo„lgan, o„pkalarda gaz almashinish yuzasi kengaygan, yurak qorinchasida chala to„siq paydo bo„lgan.
Quruq va issiq iqlimli mezozoy erasida sudralib yuruvchilar rivojlangan, ularning xilma-xil vakillari vujudga kelgan va keng tarqalgan. Iqlimning sovub ketishi natijasida gigant sudralib yuruvchilar yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan.