savolga javob:Rasmga izoh
Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to„g„risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o„tadi. Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o„tkaziladi. DNK qo„sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjirlarning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i- RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma‟noga ega bo„lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to„g„risidagi axborot
DNK dan i-RNK ga ko„chirilishi transkripsiya deyiladi.
BILET-23
Hayvonlarda nerv sistemasining filogenezi haqida ma‟lumot bering.
Rasmdan foydalanib oziq zanjir tuzing. Bu qanday turdagi oziq zanjiri?
Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarda irsiyat va o„zgaruvchanlikni o„rganish. Yashil bronza qo„ng„izlaridagi o„zgaruvchanlikni o„rganish.
1-savolga javob:
Nerv sistemasi filogenezi. Tirik organizmlardagi har bir organlar siste masining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo„linadi. Birinchi bosqich: to„rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema. Bo„shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o„simtalari vositasida turli yo„nalishlarda birlashgan butun tanani to„r shaklida o„rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga ta‟sir qilinganda nerv to„rida qo„zg„alish paydo bo„ladi va organizm butun tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo„ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko„ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi. So„rg„ichli va tasmasimon chuvalchanglarning nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga (so„rg„ichlariga) va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko„ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To„garak chuvalchanglarning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi va keyingi
tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko„ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. Qushlarda xulq- atvorning murakkablashuvi, nasli uchun qayg„urish instinkti bo„lganligi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o„rta miya, oraliq miyaning ko„rish do„mboqlari yaxshi rivojlangan. Miyachasi harakatlarni muvofiqlashtirish markazi bo„lganligi sababli kuchli rivojlangan. Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po„stlog„i kuchli rivojlangan va unda ko„rish, eshitish, tuyg„u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |