1-savolga javob.
Rasmga izoh: Oltingugurtning davriy aylanishi. Oltingugurt oqsil va aminokislotaning muhim tarkibiy qismidir Tabiatda oltingugurt asosan H2S vodorod sulfid, SO2 – sulfid angidrid kabi gaz holatida, mineral moddalar: sulfidlar (sulfid kislota tuzlari) va sulfatlar (sulfat kislota tuzlari) ko„rinishida hamda erkin holda bo„ladi. Suvda yaxshi erish xususiyatiga ega bo„lgan sulfatlar o„simliklar uchun asosiy oltingugurt manbayi hisoblanadi. O„simliklar sulfatlarni o„zlashtirib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar sintez qiladi. Hayvonlar esa oltingugurtni organik birikmalar orqali o„zlashtiradi. O„simlik va hayvonlar nobud bo„lib, redutsentlar tomonidan parchalangandan keyin oltingugurt tashqi muhitga qaytariladi. Chirituvchi bakteriyalar faoliyati natijasida oqsillar takribidagi oltingugurt vodorod bilan birikib, vodorod sulfid holida tuproqqa to„planadi. Xemosintezlovchi bakteriyalar H2S ni produtsentlar o„zlashtira oladigan sulfatlargacha oksidlaydi. Insonlar tomonidan energiya olish maqsadida tarkibida ko„p miqdorda oltingugurt saqlovchi moddalarning yoqilishi atmosfera tarkibida oltingugurt oksidlari ko„payishiga olib keladi. Atmosferada oltingugurt oksidi suv bug„i bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislotani hosil qiladi. Atmosferaning bu turdagi moddalar bilan zararlanishi natijasida, oltingugurtning davriy aylanishi buziladi va «kislotali yomg„ir»lar kuzatiladi.
BILET-10
Yorug‟lik – muhitning abiotik omili sifatida. Yorug‟likning intensivligiga ko„ra o„simlik va hayvonlarning ekologik guruhlariga tarif bering.
Ekologiyaning rivojlanishi, bo„limlari, metodlari haqida taqdimot qiling.
Muskullarda 9 mol glyukoza parchalandi. Shundan 5 mol glyukoza kislorod ishtirokida, 6 mol glyukoza kislorod ishtirokisiz parchalandi. Qancha CO2, H2O, sut kislota hosil bo„ladi?
3-savolga javob: 5 mol glyukoza to„liq O2 ishtirokida va 6 moli kislorodsiz parchalandi.
5 x=30 y=30
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O bunda 30 mol CO2 va 30 mol H2O chiqadi 1 6 6
6 x=12 y=12 kislorodsiz chala parchalanish bunda;
C6H12O6 + 2H3PO4 + 2ADF = 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O 12 mol sut kislota va 12 mol H2O chiqadi. 1 2 2
12 x=36 y=264
2C3H6O3 + 6O2 + 28ADF +38H3PO4 = 6CO2 + 44H2O + 38ATF chala parchalanishda hosil bo„lgan 12 mol
2 6 44 sut kislota O 2 ta‟sirida parchalanadi va 36 mol CO2 va 264 mol H2O ni hosil qiladi.
jami hosil bo„lgan mahsulotlar yig„indisi: CO2=30+36=66 mol; H2O=30+12+264=306 mol; C3H6O3=12 mol
Do'stlaringiz bilan baham: |