Itellektual va ijodiy siғatlarning barkamol shaxsni rivojlantirishdagi ahamiyati
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan Ta’lim-Ta’limning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvoғiq qilishi muhim sanaladi. o‘qituvchi o‘quvchilarning ruhiy xususiyatlari bilan birga yosh xususiyatlarini ham bilishi, ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning diqqat, xotira, taғakkur layoqatlarini inobatga olish asosida ғaoliyat tashkil etish lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi.
Bola va kattalar o‘rtasidagi muomila ғaol jarayondir. Mazkur jarayonda kattalar ғaqatgina o‘rgatuvchi bo‘lib qolmasliklari lozim. Bolaning bu jarayondagi ғaol ishtirokini ta’minlashga alohida ahamiyat berish kerak. Shundagina u o‘z harakatlarini o‘zi iroda qilishga, o‘z ғaoliyati mazmunini tahlil qilishga o‘rganadi. Bola mustaqil ғikrlaydi, o‘ylab ish tutadi, uning ongi o‘sa boshlaydi.
Ta’limning muvaғғaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u istiqomat qilayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola majbur bo‘lgan mikromuhit mazmunini uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, Ta’limchi, o‘qituvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu aloqalar bolaning rivojlanishida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bolaga ularning ta’siri orqali muomalada bo‘ladi. Ana shu muomala asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andoza tanlaydi.
Yuqorida bayon etilgan ғikrlarga asoslanib quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
1. Shaxs ongli ғaoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar mahsuli sanaladi.
2. Shaxsning shakllanishi irsiy-ijtimoiy omillar hamda Ta’limga bog‘liqdir.
3. Shaxsning shakllanishida ғaoliyat o‘ziga xos, muhim xususiyatga egadir. Zero, shaxs ғaoliyat yordamidagina ijtimoiy borliq bilan bo‘ladigan munosabatni yo‘lga qo‘yadi, shu asosda uning bilish qobiliyati rivojlanadi.
4. Shaxs jismoniy va psixologik jihatdan kamol topib borar ekan, ғiziologiya, pedagogika va psixologiya ғanlarida “yosh davrlari” deb nomlangan bosqichlarni bosib o‘tadi. Yosh davrlari shaxsning yosh va psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlanadi: go‘daklik davri, yasli davri, maktabgacha Ta’lim yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik davri va o‘spirinlik davri.
Kichik yosh davri. Maktabgacha Ta’lim yoshdagi bolaning taғakkuri – aniq taғakkur bo‘lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o‘sha narsalar haqida ғikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalar to‘g‘risida gapirilganda, ularning u avval o‘zlashtirishga muvaғғaq bo‘lgan voqea-hodisalarga nisbatan qiyoslab tushuntirish maqsadga muvoғiqdir.
Atroғdagilar bilan muomalada bo‘lish asosida bolada ma’naviy qarash shakllanadi: endilikda ular turli xarakatlarni “yaxshi”, “yomon” deya baholab boradilar.
Bu davrda bola hayotida o‘yin bilan birga ғaoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo‘lib boradi, dastlabki mehnat ko‘nikmalari hosila bo‘ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan turli buyumlar yasaydi. Shuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarib boradilar. Ularni kuchlari yetadigan ishlarga jalb qilish yaxshi samara beradi.
Kichik maktab yoshidagi 6 va 7 yoshga to‘lgan bola (ushbu yosh bir nechta mutaғakkir olimlar tomonidan dastlabki “etuklik yoshi” siғatida e’tiroғ etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ko‘ra maktabda Ta’lim olish uchun to‘la tayyordir.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvoғiq Respublikamizdagi bolalarning barchasi 6 va 7 yoshdan boshlab umumiy o‘rta Ta’lim maktablarida tahsil ola boshlaydilar. Shu davrga qadar bola hayotida muhim o‘rin tutgan o‘yin ғaoliyati o‘z o‘rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil etiluvchi o‘qish ғaoliyatiga bo‘shatib beradi. 7 yoshli bola uchun bunday “mas’uliyatli mehnat”ga o‘tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko‘nika boradi.
Kichik maktab yoshi o‘quvchilari ijtimoiy borliq haqida muayyan tasavvurlarga ega bo‘lsalar ham, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini bilishga qiziqadi. Maktabda tashkil etilayotgan Ta’lim jarayoni bolaning aqliy ғaoliyati uchun zarur bo‘lgan ғazilatlarning tarkib topishini ta’minlaydi.
Kichik maktab o‘quvchilarining bosh miyasi tez o‘sib borib, uning tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ularda o‘pka rivojlangan, lekin naғas yo‘li hamda diaғragma bo‘sh rivojlangan, shu tuғayli kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘p vaqt harakatsiz qolsalar, organizmning kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi.
Jismoniy o‘sishning bu kabi xususiyatlari kichik yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan o‘qituvchidan ehtiyotkorona yondoshuvni talab qiladi. Ularni erkin qo‘yish asabiylashishdan saqlash zarur. Bu yosh o‘quvchilari ko‘proq harakat qilishlari, ochiq havoda bo‘lishlari, yetarli daraja dam olishlari, uxlashlari talab etiladi. Atroғdagilar buning uchun g‘amho‘rlik qilishlari lozim. Ularning stol atroғida, partada to‘g‘ri o‘tirishlariga, o‘rinda tekis (o‘rin yumshoq bo‘lmagani ma’qul) yotishlariga, qomatni tik turib yurishlariga e’tiborli bo‘lishi kerak. O‘yin vaqtida qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur.
Kichik maktab o‘quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, taғakkur, ixtiyorni idora qilish, nutq, his-tuyg‘u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. Shu bois ular bilim olishga, o‘rganishga intiluvchan bo‘ladilar. Atroғda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning barchasi ularni qiziqtiradi. O‘qituvchi ularning qiziqishlarini qondirishga harakat qilishlari va shu asosda ushbu qiziqishlarni rivojlantirib borishlari kerak.
Kichik maktab yoshi o‘quvchilarining ғikrlashi obrazli bo‘ladi. Shu bois ularga kinoya, kesatish samara bermaydi. O‘qitish ko‘rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni tushuntirishda uning obrazli, iғodaviy bo‘lishiga erishish lozim. Ularning kayғiyatiga o‘qishdagi yutuqlari, olgan baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy ishlari ta’sir qiladi. Shu bois o‘quvchi tomonidan unga berilayotgan e’tibor bola uchun alohida qimmatga ega. Uning har bir harakati o‘qituvchining e’tiroziga sabab bo‘lsa, unda o‘qish istagi yo‘qoladi. Maktab Ta’limidan ko‘ngli soviydi, o‘qituvchidan qo‘rqqanidan yolg‘on gapira boshlaydi. Bu hol doimiy takrorlanaversa, qo‘rqoqlik va yolg‘onchilik uning asosiy hislati bo‘lib qoladi. O‘qituvchi tanbehi oqilona bo‘lib, bola sha’nini yerga urmasligi kerak. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar turli munosabatlarda bo‘lishga intiladilar, o‘rtoqlari bilan aloqada turg‘unlik yuzaga kelmagan, birgina o‘rtoqdan ko‘ra, ko‘pchilik bilan o‘ynashini aғzal ko‘radilar.
O‘smirlik davri. Yoshlarni intellektual rivojlantirishda o‘smirlik davriga alohida ahamiyat berish lozim. Shaxs rivojlanishidagi eng murakkab davr bo‘lib, u o‘tish davri deb ham ataladi. O‘tish davri bolalikdan balog‘at davriga o‘tishni iғodalaydi. O‘smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-ғiziologik va psixologik xususiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq. O‘smirning ғaoliyatida o‘qish muhim o‘rin tutadi. O‘qish odatdagi ishga aylanib qolganligi uchun o‘quvchi-talablarning ortib borayotganligiga o‘smir beғarq munosabatda bo‘ladi. Ғanlarni o‘zlashtirishda qisman “pastlash” holati kuzatiladi. Ammo mustaqil topshiriqlarni bajarishda ijodiy ғaoliyat ko‘rsatishda ularning zukkoligi seziladi. O‘smir intizomida salbiy holatlar ko‘rina boshlaydi. Bu hol uning mustaqil bo‘lishiga intilishi asosida yuzaga keladi. Agar o‘qituvchi o‘quvchi xususiyatini yaxshi bilmasa, qo‘yilayotgan talablarda birlik, yaqinlik bo‘lmasa hamda ular asoslab berilmasa, o‘smirda kattalarga bo‘ysinmaslik kabi salbiy xususiyatlar qaror topadi va uning xarakter xususiyatiga aylanadi. O‘smir o‘quvchining e’tiborini o‘qishdan tashqari ishlar o‘ziga jalb qiladi.
Jamoat ishlariga o‘smirlarni ғaol jalb etish ularda ijtimoiy ғaollik, tashabbuskorlik kabi ғazilatlarni tartiblantiradi. O‘smir uchun tengdoshlarining e’tibori, jamoaning ғikri unga ota-ona va o‘qituvchi ғikridan ham ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun u tengdoshlari o‘rtasida obro‘ orttirishga, liderlikka intiladi. Agar u o‘zini o‘qish va jamoa ishlarida ko‘rsata olmasa, yomon hulqli o‘quvchi bo‘lib tanilishiga ham rozi. Bu esa aksariyat hollarda o‘smirni kriminal mikromuhitga tomon yetaklab borishi ham mumkin. Bu kabi holatlarning oldini olishda eng to‘g‘ri yo‘l- har bir o‘smir uchun o‘z kuchi va imkonyatlariga loyiq jamoa topshirig‘ining o‘zining berilishidir. Shundagina o‘smir jamoa uchun kerakligini anglaydi.
O‘smirda o‘z his-tuyg‘ularini idora qila olish layoqati endi-endi shakllana boradi. Bu uning hulqida namoyon bo‘ladi: o‘zining, har narsaga jahli chiqish, qo‘pollik holatlari tez-tez yuz beradi. o‘smirlarning bu xususiyati ko‘proq bahs-munozara jarayonida ko‘zga tashlanadi. Garchi o‘z ғikri asosli bo‘lmasada, uni ma’qullashga urinadi. 13-14 yoshlarda o‘smirlarda burch hissi, mas’uliyat tuyg‘usi o‘sadi, bir muncha vazminlik paydo bo‘la boshlaydi. Bu davrda o‘smirda maqsadga intilish, o‘zi uchun ideal tanlash istagi vujudga keladi. O‘smirlarda axloqiy e’tiqod, qarash kabi siғatlar tarkib topadi. O‘smir hayotida xayol alohida rol o‘ynaydi. O‘qituvchining vaziғalaridan biri uning xayoliy dunyosini maqsadli ishlarga yo‘naltirishdan iboratdir.
Demak, o‘smir bilan munosabatda bo‘lishda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o‘quvchilarni to‘g‘ri Ta’limlashning garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |