Pulning Vazifasi137 Pul nima o’zi? Qadimiy maqolda aytilishicha pul bu pul bajaradigan ishdir. Umuman olganda pul vazifasini bajaruvchi xar bir narsa puldir. Pul qanday vazifalarni bajaradi?
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to‘plash vositasi;
to‘lov vositasi.138
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi.Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi- sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi.139 Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar - pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan
137 McConnell, Brae. Economics: principles, problems and policies. 17th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2007.
Shodmonov Sh. G’afurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik. Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2010.
kelib chiqqan.
Lekin Ekonomiks asarida pulning quyidagi vazifalari (uchta) ko‘rsatib o‘tilgan.140
Muomala vositasi. Birinchi va eng asosiy o’rinda pul tovar va xizmatlarni sotish va sotib olishda foydalanish imkoniyatini beruvchi ayriboshlash vositasi. Novvoy xaftasiga 200 dona teshik kulcha ko’rinishidagi oylikni olishni xoxlamaydi. Shunga o’xshab novvoyxona boshlig’i ham teshik kulchalar o’rniga baliq olishni xoxlamaydi. Pul esa to’lov uchun osongina olinadigan vosita. 2-bo’limda ko’rganimizdek pul bu ijtimoiy ixtiro bo’lib ta’minotchi va ishlab chiqaruvchilarga to’lanishi va ular tomonidan bozordagi ko’pgina turdagi narsalarni olish imkoniyatini beruvchidir. Ayriboshlash vositasi sifatida pul jamiyatga barter qiyinchiliklaridan qochishga imkoniyat yaratadi. Pul tovar ayriboshlashning qulay yo’li bo’lgani uchun jamiyatga geografik va inson ihtisoslashuvlarining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Qiymat o’lchovi birligi. Pul shuningdek qiymat o’lchovi birligi sifatida ham hizmat qiladi. Jamiyat pul birliklaridan keng ko’lamdagi tovarlar, xizmatlar va resurslarni qiymatini xisoblash vositasi sifatida ishlailadi.
AQShda pul birligi sifatida dollarlardan foydalanadi. Biz uzoqlikni milyalar yoki kilometrlar bilan o’lchaganimizdek, tovarlar va hizmatlarning qiymatini pulda o’lchaymiz. Pul xisobning qabul qilingan birligi sifatida bo’lganda xar bir elementning narxi faqatgina pul birligi ko’rinishida belgilanishi yetarlik. Biz sigirlarning narxini, jo’hori, qalamlar yoki maymunjon jihatidan belgilashimiz kerak emas. Pul xaridorlar va sotuvchilarga osongina turli xil tovar va xizmat narxlarini qiyoslash orqali tog’ri qaror qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari pul qarz majburiyatlarini aniqlash, soliq qarzlarini aniqlash va davlatning YIMini aniqlash imkoniyatini beradi.
Jamg’arish vositasi. Nihoyat pul odamlarga xarid quvatini xozirdan kelajakka o’tkazish uchun boylikni jamg’arish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Odamlar odatda topgan foydalarini shu kunning o’zida ishlatib yubormaydilar. Keyinchalik narsalar olish uchun ular boylikllarining bazi qismini pulda saqlaydilar. Siz seyfga yoki omonat xisobiga qo’ygan pullaringiz sizga bir necha xafta yoki oylardan keyin
McConnell, Brae. Economics: principles, problems and policies. 17th edition. America, New York: McGraw- Hill, 2007. page
ham foydalanish imkoniyatini beradi. Pullar odatda qisqa muddatli boylik saqlashning eng Afzal ko’riluvchi vositasidir, chunki ular barcha aktivlar ichida eng likvidlaridir . Odamlar pullarini bir zumda olishlari va shu zaxoti tovar olish uchun ishlatishlari yoki moliyaviy investitsiya imkoniyatlarining afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Inflyatsiya yo’q yoki pas vaqtda boyligingizni keyingi ishlatish uchun ushlab turishingiz nisbatan xavdan xoli.
Pul taklifining tarkibiy qismlari
Pul - bu qandaydir mahsulot yoki mahsulotlar guruhining “zahira”sidir. (daromatdan farqli o’laroq o’zining tabiatiga ko’ra «oqim» hisoblanadi). Kishilik jamiyati tarihida muomala vositasi sifatida turli xil narsalardan, yani kit tishlari, dumaloq toshlar, fillarning dum va yunglaridan, tilla tangalardan, mo’yna qog’oz bo’laklaridan va boshqa turdagi narsalardan foydalanishgan. Boshqacha qilib aytganda ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilingan xar bir narsa pul sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan. AQSh iqtisodiyotida davlat, tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining qarz majburiyalari pul sifatida ishlatilishini ko’rishimiz mumkin. 7 AQSgda tor ma’noda pul massasi bu M1ni bildiradi. U quyidagilardan iborat:
•Naqt pul mablag’lari, jumladan, aholi qo’lidagi mavjud bo’lgan tanga va qog’oz pullar.
•Barcha chek depositlari, jumladan, tijorat banklardagi omonatlar va barcha turdagi cheklarni beruvchi pul saqlash institutlari.
Tanga va qog’oz pullar Hukumat va hukumat tuzilmalari tomonidan muomalaga chiqariladi. Tijoriy banklar va jamg’arish muassalari chek depozitlarini taklif etadi.
12.1 a rasm M1 pul massasining xar bir kategoriyadagi pul miqdorlarini ko’rsatadi. Naqt pul mablag’lari: Tanga va qog’oz pullar
Mis chaqalardan tilla suvi yuritilgan dollarlargacha tangalar xozirgacha kam o’zgargan. AQShda foydalaniluvchi barcha tangalar ramziydir. Bu degani ularning qiymatiga nisbatan tanganing metal qiymati kamroq. Bu odamlarni tangalarni eritib maxsulot sifatida sotishlarini oldini olish uchun. Agar 50 sentlik tanga ichidagi metali 75 sent narxga ega bo’lsa unda uni eritib metal sifatida sotish Afzal bo’ladi. Bunda 50 sentlik tangalar muomiladan chiqib ketadi.
Chek depozitlari
Cheklarning xavsizligi va qulayligi masalasi M1 pul taklifining katta qismini saqlovchi chek depozitlarni keltirib chiqardi. Qarz to’lashda siz 4896 $ pulni konvertga solib xat qutisiga qanday solishni o’ylamaysiz. Katta miqdordagi pulga chekni to’ldirib uni xat orqali yuborish bu odatiy xol. Chekni qabul qiluvchi odam uni qo’llab quvatlashi lozim (orqa tomoniga qo’l qo’yadi); chek muallifi natijada chekning naxdlanganligi xaqida to’lov qog’ozi ko’rinishidagi ma’lumotni oladi. Shu qabul qilish imzosining talab qilinishi o’g’irlangan yoki yo’qotilgan chek kitobchasi xolati shu miqdordagi pul miqdorini yo’qotishday ayanchli emas. Va nixoyat bu bankga borib pul miqdorini yechishdan ko’ra chekni yozib yuborish qulayroq. Shu barcha sabablarga ko’ra chek depozit lar (chek kitob pullari) AQSh pul taklifining kattagina qismini bildiradi. Ml pul miqdorlarining 46 foiziga yaqin miqdori chek
depozit larda va ular orqali chek yozish mumkin.141 Chek xisoblarining pul ta’minotining bir qismi bo’lib xisoblanishi g’alati bo’lishi mumkin. Lekin sabab aniq: cheklar faqatgina bankda yoki boshqa moliyaviy institutdagi moliyalarni o’tkazish yo’li va umumiy jihatdan ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilinadi. May da ayriboshlashlar uchun cheklar pulga nisbatan kam ishlatilsada katta savdoda sotuvchilar ko’proq chekli to’lovga qiziqishadi. Bundan tashqari foydalanuvchilar xoxlagan vaqtlarida cheklarini qog’oz pul yoki tangaga alma.sht.irish1a.ri mumkin. Qiymatga yozilgan cheklar pul birligining ekvivalentidir.
Xulosa: pul Ml = Naqt pulllar+ chek depozitlari
Chekli omonatlarini qabul qiluvchi moliya muassasalar
AQShda turli xil tashkilotlar mijozlarga saqlanayotgan pul miqdorlariga xoxlagan miqdordagi cheklarni yozish imkonini beradi. Tijorat banklari asosiy deposittashkilotlar xisoblanadi. Ular xo’jaliklarning va tadbirkorlarning depositlarini pulni cheklar yordamida talab etilgunicha saqlashadi va shu vaqtning o’zida ularni ko’pgina turdagi kreditlarga berishadi. Tijorat banklari tadbirkorlikga qiqa muddatli moliyaviy kapital kreditlari va mijozlarga moshina va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan narsalarni olishga moliyalashtirib turadi.142 Omonat saqlash va kredit berish birlashmalari, o’zaro saqlash banklari, va kredit birlahmalari tijorat banklarini to’ldirib saqlovchilar yoki saqlash tashkilotlari sifatida tanilgan. Omonat va kredit birlashmalari va o’zaro saqlash banklari xo’jalik va tadbirkorlik depozitlarini olishadi va bu fondlarni ipoteka kreditlari va boshqa kreditlarni berish uchun ishlatishadi. Kredit uyushmalari odatda shu korxonalarning o’zida ishlaydigan odamlardan omonat olishadi va ularga kredit berishadi. Banklarning chek depozitlari va omonatlari turli turda talab depozitlari kelishilgan tartibda yechilishlar, avtomatik o’tkazish xizmatlari, va xisobdagi xissalar. Ularning umumiylik tomoni omonatchi xoxlagan vaqtida va xoxlagan miqdorida cheklar yoza oladi.143 Yo’naltirish berish
Biz o’z suxbatimizga to’g’ri yo’nalish berishimiz kerak. Hukumat, federal zahira banklari, tijorat banklari yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarning pul va omonat depozitlari M1 va boshqa pul ta’minoti xisoblaridan tashqari. Masalan Emma Bakning qo’lidagi bir dollar pul ta’minotning faqatgina bir dollarini tashkil qiladi. Lekin biz bankda saqlanayotgan dollarlarni pul ta’minoti sifatida xisoblasak, shu bir dollar bank omonati bo’lganida 2 dollarga teng. U Bakning chek depozitidagi bir dollar va bankda saqlanuvchi 1 dollar pul birligi xisoblanadi. Umumiy pul ta’minotini xisoblashda bankda qoluvchi dollarni chiqarib tashlab biz ikki xisob muammosidan qutilamiz.
Hukumat va moliyaviy omonatlarni pul ta’minotidan tashqarida ushlash firma va xo’jaliklar ishlatishi mumkin potensial moliyalar miqdori bilan ishlashni qulaylashtiradi. Bu pul miqdori va potensial ishlatilishi mumkin moliyalar federal
141 McConnell, Brae. Economics: principles, problems and policies. 17th edition. America, New York: McGraw- Hill, 2007. page
142 McConnell, Brae. Economics: principles, problems and policies. 17th edition. America, New York: McGraw- Hill, 2007. page
143 McConnell, Brae. Economics: principles, problems and policies. 17th edition. America, New York: McGraw- Hill, 2007. page
zahira uchun o’zining pul kredit siyosatini olib borishda qiziqarli (biz bu mavzuni 14 bo’limda batafsil muhokama qilamiz).
M2 pulning mohiyati Ikkinchi va kengroq pul ta’rifi bu M1 va bir qancha pulga yaqin vositalar. Bu vositalar katta likvidlikga ega moliyaviy qiymatlardir, ular to’g’ridan to’g’ri yoki to’liq ayriboshlash vositasi sifatida xizmat qilmaydi lekin osonlik bilan pul birliklari
yoki chek depozitlariga aylantirilishi mumkin. M2 pul tushunchasiga kiruvchi pulga yaqin vositalarning uch kategoriyasi mavjud:
•Omonat jamg’armalari, shuningdek, pul bozoridagi depozitlar hisobi. Pul bozori deposit xisoblari ham deposit egasi osongina moliyalarini olishi, saqlab qo’yishi yoki yoki oddiygina chek xisobiga o’tkazilishini so’rashi mumkin. Odamlar moliyalarini pul bozori depozitlaridan xisobidan ham olishi mumkin bo’lib ular foiz yig’uvchi xisoblar va turli xil qisqa muddatli omonatlardan iborat. Pul bozori depozitlari minimal talab va foydlanuvchining moliyaning olishiga cheklanishlarga ega.
•Kichik (100 000$ dan kam) muddatli omonatlar. Muddatli omonatlar nomidan ma’lumki, muddati etib kelganda echiladi. Masalan, foydalanuvchi olti oylik vaqt depozitini olti oylik vaqt to’lmagani ustamalarisiz yoki vaqti o’tganidan keyin ham olishi mumkin. pul miqdorlari qismini olishda moliyaviy tashkilotlar pul bozori beradigan foizga nisbatan kattaroq foizlar chiqarib beradi. Bundan tashqari foydalanuvchi chek depozitlarini naxd qilishi mumkin lekin bunda ustama to’lovini amalga oshiradi.
•Pul bozoridagi o’zaro fondlar. Pul depositlarini saqlovchi telefon qo’ng’irog’i, internet yoki 500$ yoki undan ko’proq miqdorga chek yozish orqali o’zaro moliyalashtirish tashkilotlari taklif etayotgan pul bozori o'zaro mol’yalaridagi xissalarini qoplashi mumkin. Bunday korxonalar shaxslarning qo’shma moliyalaridan foydalanib foiz ko’paytiruvchi qisqa muddatli deposit sertifikatlari va AQSh hukumat qimmatli qog’ozlarini olishadi. Keyin ular o’zaro moliyalashtirilgan pul bozori aksiadorlariga foizlar taklif etishi mumkin. M2 dagi o’zaro moliyalashtirilgan pul bozorlari o’z ichiga faqat shaxslar xisoblarini oladi tadbirkorlik va boshqa tashkilotlarni olmaydi. pulga yaqin vositalarning uch kategoriyalarining bari mustaxkam likvidlikka ega. Buning tenglama ko’rinishi.
Pullar, M2 = M1 + omonat hisoblari + pul bozoridagi deposit hisoblari + kichik (100 000$ dan kam) muddatli omonatlar + pul bozoridagi o’zaro fondlar hisobi.
Xulosa o’rnida M2 o’z ichiga M1ni tashkil etuvchi to’g’ridan to’g’ri ayriboshlash vositalari (pul birliklari, chek depozitlari) va bunga osongina pul birliklari yoki chek depozitlariga aylantirilishi mumkin bo’lgan pulga yaqi vositalarni oladi. 12.1b rasmida bu barcha elementlar yig’imi qoshimcha kichikroq M1 pul ta’minotidan besh barobar kattaroq M2 pul ta’minotini ko’rishimiz mumkin.
Nol muddatdagi pul terminining mohiyati
Pulga yaqin vositalar kategoriyalarini o’ziga oluvchi va olmaydigan moliyalarning turli xil ta’riflari mavjud. O’sib borayotgan muhimlikka egalaridan biri bu sent Luis federal banki tomonidan xisobotlangan 0 vaqt va ustamali moliyalar. 0- vaqt va ustamali moliyalar tog’ridan to’g’ri foydalaniluvchi xo’jaliklar va tadbirkorliklar uchun 0 to’lovli pul kredit moliyalariga e’tibor qaratadi. 0 vaqt va
ustamali moliyalarga ega bo’lish uchun iqtisodchilar M2 uchun ikki xil tartibga solishlarni amalga oshirishadi.
Ular,
•Kichik muddatli depozitlarni chiqarib tashlashadi chunki ularning omonat muddatlari 6 oy, 1 yil yoki zaruriy 0 saqlash muddatidan sal ko’proq. Omonat muddatlariga bog’liq pul yechishlar qo’shimcha moliyaviy jarima pulini tao’lashni talab etadi.
•Tadbirkorlik egaligidagi o’zaro moliyalashtirish pul bozorlarini qo’shadi. Tadbirkorlik tashkilotlari bu o’zaro moliyalashtirish pul bozorlariga cheklar yozib moliyalarini chek depozitlari orqali qo’shimcha xaqlarsiz ko’chirishlari mumkin. shaxslar o’zaro moliyalashtirish pul bozorlari kabi tadbirkorlik o’zaro moliyalashtirish bozorlari to’g’ridan to’g’ri to’lovlar amalga oshirish uchun tayyor. Tenglama ko’rinishida,
Pullar, MZM = M2 - kichik (100 000$ dan kam) muddatli omonatlar + biznesga tegishli bo’gan pul bozoridagi o’zaro fondlar hisobi.
0 vaqt va ustamali moliyalar afzalligi ularda kundalik asosda maxsulot xizmat va manbalar olish uchun foydalaniluvchi pul birliklari, chek depozitlari, pul bozori depozitlari va o’zaro moliyalashtirish pul bozorlarini o’zining ichiga olishidir. Bu odatda tog’ridan to’g’ri ishlatish uchun emas saqlash uchun ishlatiluvchi vaqt omonatlarini istesno qiladi. 2006 yilda 0 vaqt va ustamali moliyalar 6934 milliard $ bo’lib M2 6758 milliard $ dan salgina ko’proq bo’lgan. Pulning uchali ta’rifi ham foydalidir. M1 eng tor ma’noli ta’rif bo’lib tushunish uchun eng oson va tez tez keltirilib turadi. Lekin iqtisodchilar davlat pul ta’minotini xisoblashda ko’proq kengroq tushunchalar M2 va 0 vaqt va ustamali moliyalardan foydalanishadi. Biz keyingi tahlillarimizda agar boshqacha belgilangan bo’lmasa albatta M1, M2, va 0 vaqt va ustamali moliyalar tushunchalarini tushurib qoldiramiz va pul ta’minoti ma’nosida M ni ishlatamiz. M1 pul ta’minoti elementlari pul birligi va chek depositlari kengroq M2 va 0 vaqt va ustamali moliyalarda asosiy elementlar ekanligini edan chiqarmaymiz. Pul kredit faoliyatlari pul birliklari va chek depozitlarini o’stiradi hamda M2 va 0 vaqt va ustamali moliyalarni yoki oddiy M larni o’stiradi.144 Qisqacha sharx:
•Pul ayriboshlash vositasi, xisob birligi va saqlash qiymatidir.
•Tor M1 pul tushunchasi xalqdagi pul birliklari, tijorat banklaridagi chek depozitlari va omonat tashkilotlarni o’z ichiga oladi.
•Omonat tashkilotlari ham tijorat banklari kabi chek yozish mumkin bo’lgan xisoblarni taklif etadi.
•M2 pul tushunchasi o’z ichiga M1 qo’shuv omonat depozitlari, pul bozori deposit xisoblari kichik (100 000$ dan kam) vaqt depozitlari va shaxslarga tegishli o’zaro moliyalashtirilgan pul bozorlari oladi.
•0 vaqt va ustama moliyasi pul ta’minoti (0 lik to’lov) M2 ni kichik (100 000 $ dan kam) vaqt depozitlarini olib tashlab o’rniga tadbirkorlik kiritgan o’zaro moliyalashtirish pul bozorlarini qo’shadi.
Bunga etibor bering... Kredit kartalari pulmi?
Siz biz nega pul ta’minotini ta’riflash muhokamasida visa yoki mastercard kredit kartalariga etibor bermaganligimizga xayron bo’lishingiz mumkin. nixoyat, kredit kartalari narsa olish uchun qulay yo’l bo’lib AQSh dagi barcha dollar qiymat pul o’tkazmalarining 25% ni tashkil etadi. Javob shuki kredit kartalar pul mas. Bu ko’proq kredit kartani chiqargan moliyaviy tashkilotdan qisqa muddatli qarz olish yo’lidir. Siz narsani kredit karta bilan olganingizda nima bo’ladi? Kartabergan bank magazinga o’tkazilgan to’lovni qoplaydi keyin esa siz bank chiqimini qoplaysiz. Xar narsa olishda naxd yoki chek isobingizni kamaytirmay siz barcha to’lovlaringizni bir oyda bir marta bir varakayiga to’lab qo’yasiz. Siz ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun yillik haq to’lashingizga to’g’ri kelishi mumkin va agr siz bankga maydalab to’laydigan bo’lsangiz unda kredit uchun kattagina foiz to’lashingiz ham mumkin. Kredit kartalari to’lovlarni qasqa vaqtga kechiktirish yo’li. Siz kredit karta chiqimlaringizni qoplash uchun ishlatadigan chek chek xisobingiz pul; kred karta esa pul mas*. Kredit kartalar pul bo’lmasada ular shaxslar va tadbirkorlarga puldan foydalanishda tejash imkonini beradi. Kredit kartalar odamlarga hamyonlarida kamroq pul olib yurish va bank xisoblarida kamroq chek depozitlarini saqlash imkonini beradi. Bundan tashqari kredit kartalar odamlarga chiqimlari vaqtlarini xisobotlar yordamida nazorat qilishlariga imkoniyat beradi. Bank debit kartalari shu bilan birga chek kitobingizdagi chekga o’xshagan narsa. Kredit karta orqali sotib olishdan farqli debit karta bilan olish sizning chek xisobingizdan to’g’ridan to’g’ri “debit” (chiqim) ni amalga oshiradi. Bu chek xisobi pul va u M1 qismi.15 Pul taklifi asosida nima yotadi?
AQShda pul taklifi kafolatlanishi aslida hukumatning pul qiymatlarini nisbatan barqaror qilib ushlab turishidir. Va boshqa hech narsa!
Pul qarz majburiyati sifatida
Pul ta’minotining asosiy qismlari qog’oz pullar va chek depozitlari bo’lib ular to’lashni vada qilish yoki qarz. AQShda pul bu federal zahira banklarining aylanib yurgan qarzi. Chek depozitlari esa tijorat banklari va omonat tashkilotlarining qarzlari.
Qog’oz pul birliklari va chek depozitlari o’zlari qiymatga ega emas. 5 $ dollarlik pul bu oddiy rasmli qog’oz bo’lagi. Chek depoziti esa oddiygina xisob kitob yuritish qog’ozi. Va tangalar bilganingizdek yozilgan qiymatidan kamroq qiymatga ega. Hukumat qo’lingizdagi qog’oz pullarni oltin kabi boshqa moddiy narsalar bilan qoplamaydi. Aslida hukumat davlat pul ta’minotini boshqarishni tanlagan. Uning pul kredit boshqaruvchilari to’liq bandlik, narxlar darajasi va iqtisodiy o’sishga yordam beruvchi tadbirkorlik faoliyatlariga kerakli aniq qiymatlar bilan ta’minlashni amalga oshirishadi.145 Deyarli barcha bugungi kun iqtisodchilari pul ta’minotini boshqarish uni oltin yoki boshqa boshqa maxsulotga bog’lashga nisbatan to’g’riligi bilan rozi chunki uning ta’minoti bexosdan yoki atayin o’zgartirilishi mumkin. yangi oltin konlarining
topilishi bilan bog’liq davlat oltin zahiralarining oshishi pul ta’minotining juda tez o’sishiga va tez inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. yoki tilla sanoatidagi pasayish pul ta’minotining pasayish va ishsizlik vaqtidagi darajalariga olib kelishi mumkin. Qisqa qilib aytganda odamlar qog’oz pullarni oltin yoki boshqa qimmatbaho maxsulotga aylantira olmaydilar. Pul faqat qog’oz pul bilan almashtiriladi. Agar siz hukumatdan sizning besh dollaringizni qoplashni so’rasangiz unda hukumat sizga o’rniga boshqa raqamli boshqa besh dollarlikni beradi. Siz olishingiz mumkin bo’lgan narsa shu. Shunday qilib chek deposit oltin bilan emas faqat qog’oz pul bilan qoplanishi mumkin va u ko’rganingizdek hukumat tomonidan boshqa qiymatga narsalar bilan ta’minlanmagan.
Pul qiymati
Nega pul birliklari va chek depositlari pil shu bilan birga Monopolia (o’yin) puli pul mas? 20 dollarlik pul yoki 100 dollarlik chek xisobiga nima qiymat beradi? Bu savolning javobi uch qismdan iborat.
Maqbulligi
Pul birliklari va chek depozitlari odamlar tomonidan pul deb qabul qilingani uchun pul. Uzoq muddatli tadbirkorlik tajribasiga asosan pul va chek depozitlari pulning asosiy vazifasini bajarishadi: ular ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilinadi. Biz qog’oz pullarni ishlatish orqali real maxsulotlar, xizmatlar va manbalarga ega bo’lishimizni bilganimiz uchun ularni ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilamiz.146 Qonuniy to’lov vositasi
Bizning qog’oz pulning muqobilligiga bo’lgan ishonchimiz hukumat uni qonuniy to’lov vositasi qilgani uchun oshgan. Xususan xar bir qog’oz pulda bub u banknota barcha davlat va xususiy qarzlar uchun qonuniy to’lov vositasi deb belgilangan. Bu degani pul qarz to’lovlarida mos qonuniy to’lov vositasi xisoblanadi. (lekin xususiy firmalar va hukumat naxd pul qabul qilish javobgarligiga ega emas.
Ularning chek, bank cheklari, pul o’tkazishlar, yoki kredit kartalar orqali to’lovlar qabul qilishlari noqonuniy emas.)
Lekin qog’oz pullarining umumiy qabul qilinishi hukumatning pul qonuniy to’lov vositasi ekanligi to’g’risidagi qaroridan muhimroq. Hukumat cheklarni hech qachon qonuniy to’lov vositasi deb qaror qabul qilmagan lekin ular ko’pgina maxsulotlar, xizmatlar va manbalar iqtisodiy ayriboshlanishida shunday ma’noda qo’llanilib kelayapdi. Lekin hukumat tuzilmalari, federal deposit sug’urta korxonalari va milliy kredit birlashmalari boshqaruvlari 100 000$ gacha tijorat va omonat depozitlarini sug’urtalaydi. Bu xaqiqat bizning chek depozitlaridan to’lov vositasi sifatida foydalanishga bo’lgan xoxishimizni oshiradi.
Nisbiy cheklanganlik
Pulning qiymati boshqa xar qanday narsaning qiymati kabi uning ta’minoti va unga bo’lgan talabga bog’liq. Pul o’zining qiymatini foydalikligiga nisbatan cheklanishdan oladi (ehtiyojni qoplash kuchi). Pulning foydalikligi uning maxsulotlar, va xizmatlarga xozir yoki keyin ayribosh imkoniyatidadir. Iqtisodning
pulga bo’lgan talabi turli davrlardagi ayriboshlashlardagi umumiy dollar qiymati qo’shuv tadbirkorlik tashkilotlari va shaxslar tomonidan kelasi ayriboshlashlar uchun saqlanishi xoxlanayotgan pul miqdorlariga bog’liq. Pulga bo’lgan davomiy talab orqali pul ta’minoti to’lov birligining ichki qiymati yoki sotib olish imkoniyati aniqlaydi (dollar, yen, peso yoki boshqalar)147.
Pul va narxlar
Pulning sotib olish imkoniyati pul birligiga keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan belgilanadi. Pul o’zining sotib olish imkoniyatini tez yo’qotganda u o’zining pul sifatidagi o’rnini ham yo’qotadi.
Dollarga beriladigan narsalar miqdori narx darajasiga qarama qarshi proportsional; ya’ni umumiy narx darajasi va dollarning sotib olish imkoniyati orasida bog’liqlik bor. Istemol narxi ko’rsatgichi yoki yashash darajasi ko’rsatgichi tepaga ko’tarilganda dollar qiymati pastga tushadi va qarama qarshisiga. Kattaroq narx dollar qiymatini tushuradi chunki aniq maxsulot, xizmat yoki manbalarni olish uchun ko’proq dollarlar talab etiladi. Masalan narx darajasi ikki barobar oshsa dollar qiymati yarimiga kamayadi yoki 50 sentga. Boshqa tomondan pasroq narxlar dollarning sotib olish imkoniyatini ko’taradi chunki aniq maxsulot va xizmatlarni olishda kamroq dollar talab etiladi. Agar narx darajasi aytaylik yarmiga yoki 50 foizga kamaysa unda dollarning sotib olish imkoniyati ikki barobar ko’payadi.
Tenglama ko’rinishida bu munosabatlar quyidagicha ko’rinishga ega:
$ V =1/ P
$V ning qiymatini topish uchun 1 ni ko’rsatgich raqami sifatida berilgan narx darajasi P ga bo’ling (yuzliklarda). Agar narx darajasi 1 ga teng bo’lsa unda dollar qiymati ham 1 ga teng bo’ladi. Agar narx darajasi 1.20 ga ko’tarilsa, $V 833 ga tushadi; narx darajasidagi 20 foiz o’sish dollar qiymatini 16.67 foizga kamaytiradi. Bu o’zaro bog’liqlini tushunganligingizni tekshirish uchun $V va uning foizini o’sishini P 20 foizga 1$ dan 80 sentga tushgandagi xolatni xisoblang.148 Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar.
Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining rivojlanishiga olib keldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.
Pulning miqdoriy nazariyasi - bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat.