Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»132. Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»133. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o‘z ifodasini topgan134. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni
132 Борисов Е. Ф. Экономическая теория: учебниик. – 2-e изд., - M.: TK Velbi, Издательство Проспект, 2005, с.144.
133 Экономическая теория: Учебник. - Изд., В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой – M.: INFRA-M, 2005, с.143.
ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. SHuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |