11-Mavzu: Tovar va pul munosabatlari


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari



Download 170,16 Kb.
bet7/8
Sana08.02.2022
Hajmi170,16 Kb.
#436471
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu.Tоvаr pul munоsаbаtlаri

Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari


Pul odamlarni sexrlab qo’yadi. Ular pul uchun xavotirlanishida va ter to’kishadi. Ular pulni topish uchun eng nostandart yo’llardan va ulardan qutilish uchun eng o’zgacha yo’llardan foydalanishadi. Pul bu ishlatishdan tashqari hech narsaga arzimaydigan yagona maxsulot. Uni investitsiya qilmaguningizga qadar yoki ishlatmaguningizga qadar pul o’zidan o’zi sizni to’ydirmaydi, kiyintirmaydi, bosh
pana bermaydi va ko’nglingizni olmaydi. U faqat ketkizishda ahamiyat kasb etadi. Odamlar pul uchun deyarli hamma narsaga tayyor va pul odamlarga deyarli barcha narsani berishi mumkin. Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Pul bu o’ziga tortuvchi, aylanuvchi, niqobli jumboq. Bu va keyingi ikki bo’limda biz pulning va pul kredit tizimining iqtisodiyotdagi o’rnini ochib bermoqchimiz. Pul kredit tizimi to’g’ri ishlaganda u kirim va chiqimlarsirkulatsion oqimlari hayot manbasi bilan ta’minlaydi. To’g’ri yuritilgan pul kredit tizimi iqtisodiyotga to’liq bandlik va manbalarning samarali foydalanilishiga yordam beradi. Noto’g’ri yuritilayotgan pul kredit tizimi natijalar, iqtisodiy darajalari, ish bilan ta’minlanganlik, va narxlarda jiddiy tebranishlar xosil etadi va manbalar ta’minotini noto’gri aks ettiradi.
Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo‘yna, nodir metallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o‘ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o‘ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o‘ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada
1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini o‘tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan1.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

  • sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;

  • zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

  • bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;

  • bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi;

  • tabiatda nisbatan kamyobligi;

  • ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.

Shu xususiyatlarga ko‘ra umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo‘lgan tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo‘lgan pulga ajraladi:

Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. Pulning kelib chiqishi va muomalada bo‘lishi metall pullar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli dastlab pulning metallistik nazariyasi vujudga kelgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo‘lgan.


Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining rivojlanishiga olib keldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallar bilan

1 Chjen V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-betlar.
aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o‘rta asrlarda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan metall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo‘ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko‘ra faqat davlatgina pullarning qiymatini belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat.

Download 170,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish