Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi. XX asrning 20-30 yillarida madaniy soha ham o’ziga xos
murakkab, qiyinchilik bilan kechdi. 20 yillar boshlariga kelib, O’zbekiston hududida madaniy qurilishning
eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. Sovetlar
O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini joriy etar ekan, xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifatdan
baxramand etish orqali yurt farzandlari ongi shuurida kommunistik g’oyalarni chuqur singdirishga va
o’zlari uchun sodiqlik bilan xizmat qiladigan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish asosiy maqsadlari edi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abdulqodir SHakuriy, Ismatulla Rahmatullaev, Ishoqxon Ibrat,
Hodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Rahimov, SHokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Savd Rizo Alizoda,
To’xtanazar SHermuhamedov, Rafiq Mo’min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar
soni o’sdi. 1920 yidda Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi. Tashkil bo’lgan
maktablar, ayniqsa, qishloq joylarida va tumanlarida asosan 1-2 boshlang’ich sinflardan iborat edi.
Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo’lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda,
Andijonda, Qo’qonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solihaxon
Muhammadjonova, Muharrama Qodirova, Gulsum Kopaeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova,
Zaynab Sadriddinova, Maryam SHaripova va boshqalar dars-tarbiya ishlarini olib borganlar.
20-yillar boshida Samarqandda Abdulqodir SHakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922
yilda Farg’ona shahrida Husanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa
maktablar namunali darajada edi. Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o’qish kitoblarini ziyolilarimiz
asr boshidan yozib chiqarib keldilar. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1920 yildan
Toshkentdagi o’lka bilim yurtida, so’ngra o’zbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi.
Fitrat 1917 yilda “O’qish” kitobini, 1919 yilda SH.Rahimiy va Q.Ramazon bilan birga “Ona tili”
darsligini, so’ngra “Imlo masalalari” kitobini yozib chiqardi. 1917 yildayoq Said Rizo Alizoda birinchi
sinflar uchun “Birinchi yil” o’qitish dasturini ishlab chiqdi. SHokirjon Rahimiy 1919 yilda birinchi alifbo
“Sovg’a”, 1922 yilda “O’zbek alifbosi” darsliklarini, boshqa o’quv qo’llanmalarini chiqardi. 1918 yildan
u Toshkentda maktab mudiri bo’lgan.
Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, ta’lim-tarbiya maskanlari ochildi. Ammo
xo’jalikning parokandaligi, sun’iy to’siqlar oqibatida 20-yillar boshida maktablar soni qisqardi, darsliklar
yozish, nashr qilish to’xtadi. 1922 yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan
edi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o’quvchi bor edi. Lekin 1924 yil
o’rtalariga kelib maktablar 69, o’quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari
va internatlarda 2600 bola ta’lim-tarbiya oldi. O’zbekiston respublikasi tashkil bo’lganida turli
bosqichdagi 1500 ta maktab bo’lib, ularda 116 ming o’quvchi o’qir edi.
Milliy ziyolilar, davlat arboblari gazeta, jurnallarning tarbiyaviy, ziyo tarqatuvchilik roliga jiddiy
ahamiyat berdilar va sermazmun faoliyat ko’rsatdilar.
1923 yildan chiqa boshlagan “Mushtum” hajviy jurnali keng ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
SHuningdek, “Mashrab” nomli jurnal ham chiqqan. 1918-1920 yillarda Turkistonda o’zbek tilida 11 ta
gazeta chiqardi. 20- yillarda ham bu jarayon davom etdi.
Yangi sharoitlarda o’zbek milliy matbuotchiligini rivojlantirishga ma’rifatchi darg’alar A.Avloniy,
M.Behbudiy, Fitrat, Munavvar Qori, A.Qodiriy, CHo’lpon, Ashurali Zoxiriy, iste’dodli jurnalistlar G’ozi
Yunusov, Elbek, Po’lat Soliev, Mannon Ramziy va qator boshqalar katta hissa qo’shdilar.
Sovet tashkilotlari siyosiy aqidalarga tayanib matbuotga ta’qibni ko’chaytirdilar. Ayrim gazetalar
2-3 oy faoliyat ko’rsatib ulgurmasdan yopilib, man qilinar edi. Gazetalar nomlarini o’zgartirib chiqarardi.
Sof vijdonli jurnalistlar ta’qib ostiga olindilar, keyinchalik qatag’on qilindilar. 1925 yil boshida
O’zbekistonda o’zbek tilida 17 nomda gazeta va jurnallar chiqqan. Toshkentda 7 ta bosmaxona ishlab
turgan. Kutubxonalar, muzeylar soni ko’payib bordi. Toshkentning Eski Juva dahasida “Turon”
kutubxonasi samarali faoliyat ko’rsatdi. Buxoro respublikasi hukumati maxsus komissiya ta’sis etdi, u
nodir qo’lyozmalar, kitoblarni to’plash bilan shug’ullandi. 1921 yil dekabrida Minorai kalon yonidagi
binoda davlat kutubxonasi tuzildi, kitoblar, qo’lyozmalar to’plandi. Respublikaning viloyatlarida ham
kutubxonalar tashkil etildi. 1921 yilda ularning soni 13 taga yetdi. O’zbekiston tashkil bo’lganida
markaziy va mahalliy kutubxonalar 152 tani tashkil etar edi.
Muzeylar tashkil qilishga kirishildi. 20-yillar o’rtasiga kelib 5 ta muzey bor edi. Ularda
xalqimizning boy tarixi aks etgan osori-atiqalar qo’yilgan.
Tashkil bo’layotgan maorif tizimi, boshqa sohalar uchun o’qituvchilar, mutaxassislar tayyorlash
choralari ko’rildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918 yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik
instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920 yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar,
kitoblar, o’quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi.
Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulьteti (rabfak)da kambag’al tabaqaga mansub kishilar o’qigan.
Yerli xalqlar vakillari ularga kam qatnagan.
Toshkentning Eski shaharida, Qo’qon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920
yiddan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. 1925 yilga kelib
O’zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta o’sgan.
1924 yilda Qo’qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O’zbekiston
Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori-Niyoziy dars berdi.
CHet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o’qib kelishlari XX asr boshlaridan
kengayib bordi Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko’rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922 yilda
Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o’qishga jo’natildi.
Yoshlarimiz Germaniyaning turli o’quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o’qidilar, mutaxassislar
bo’lib yetishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatag’oniga uchradi.
O’zbekiston ko’p asrlik san’at turlariga boy. Keng xalq ommasi san’atni tushungan va ardoqlagan.
Samarqandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Toshkentlik To’ychi Hofiz Toshmuhamedov, xorazmlik
Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (SHeroziy),
buxorolik domla Halim Ibodov, Farg’ona vodiysidan Madumar Hofiz, SHorahim SHoumarov,
Mamatbuva Hofiz, Abduqodir Naychi (Ismoilov) va bosh-qalar o’zbek klassik qo’shiqchilik san’atini
tarannum qildilar. San’at truppalari, milliy teatrlar tuzildi va faoliyat ko’rsatdi. Yangi san’at turlari doirasi
kengaydi. M. Behbudiy, A. Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hoji Muinlar asos solgan o’zbek dramaturgiyasini
Fitrat, Xurshid (SHamsiddin SHarafiddinov, 1890—1960), G’ulom Zafariy va boshqalar davom etgirdilar.
Milliy sahna san’ati sohasida yetuk aktyor va rejissyor Mannon Uyg’ur (1897-1955), teatr
tanqidchisi, g’arb pьesalari tarjimoni CHo’lpon fidoyilik ko’rsatdilar. Kino san’ati rivojlandi. 20-yillar
o’rtalarida O’zbekistonda 14 teatr (ularning ko’pchiligi milliy teatr), 19 kinoteatr faoliyat ko’rsatgan. 1924
yilda 24 nafar yosh o’zbek san’atkori Rossiyaga o’qishga jo’nab ketdi. 1924-1925 o’quv yilida respublika
byudjetining 24% xalq maorifi uchun ajratildi. 1928-1929 o’quv yilga kelib umumta’lim maktablari soni
2 mingdan oshdi. 20-yillarning oxiriga kelib pedegog kadrlar soni respublikada 5,5 mingga yetib qoldi.
Lekin shu yillarga kelib respublikadagi vaqf maktablari va eski usul maktablari butunlay tugatildi.
1930 yili umumiy boshlang’ich ta’limning joriy etilishi savodsizlik ko’lamlarini qisqartirishga
yordam berdi. Turli soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida yangi-yangi institutlar ochila boshladi.
1933 yilda SamDUu barpo etildi. 30 yillarning oxirlarida respublikada 44 mingta talaba o’qiydigan 30 ta
oliy o’quv yurtlari va 98 ta texnikumlar ishlab turdi. 20 yillar oxirlariga kelib respublikada 10 dan ortiq
ilmiy tadqiqot institutlari ishlar ularda mingdan ortiq ilmiy xodimlar ish olib bordi.
1932 yili Fanlar komiteti tuzilib, u 1940 yil SSSR FAning O’zbekiston filialiga aylantirildi.
Mahalliy millatdan o’sha yillari turli sohada olimlar, akademiklar yetishdi. H.Abdullaev, T.Qori Niyoziy,
T.Zoxidov, U.Oripov, Ya.G’ulomov, va boshqalar.
20-yillarning oxiri va 30 yillarning boshlariga kelib mustabid tizimining qaror topib borishi, shaxsga
sig’inishning kuchayishiga qaramay respublikada ijodiy hayot o’ziga xos o’sib bordi. Adabiyot
maydonida G’.G’ulom, Oybek, G’ayratiy, Hamid Olimjon, Oydin Sobirova, Uyg’un, Komil Yashin,
Usmon Nosir, Amin Umariy, Zulьfiya kabi yosh talantlar samarali ijod qila boshladilar. 1934 yilda
Respublika yozuvchilar uyushmasi tashkil topdi. Jahon va rus adabiyotining yetuk asarlari tarjima qilindi.
SHuningdek musiqa, teatr, kino sanatining yirik vakillari yetishib chiqdi. T.Jalilov, Yu.Rajabiy,
M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burxonov, M.Uyg’ur, R.Hamroev, A.Hidoyatov, O.Xo’jaev, X.Nosirova,
K.Zokirov,
M.Qoryoqubov,
B.Mirzaev,
L.Sarimsoqova,
R.Pirmuhammedov,
Tamaraxonim,
M.Turg’unboeva, va boshqalar o’zbek madaniyatini yuksaklarga ko’tara boshladilar. 1940 yilga kelib
respublikada 50 ta jumladan 47 ta milliy teatr ishlab turdi. Tasviriy va amaliy san’at o’sib bordi. 1932
yilda O’zbekiston rassomlari uyushmasi tuzildi. Lekin ma’muriy buyruqbozlik shaxsga sig’inish tobora
avj olib borar va uning ta’siri madaniy hayotga ham sezilmay qolmasdi.
20-30 yillar ateistik harakatning ko’chayishi bilan ta’riflanadi. 1928 yilda “Xavfsizlar uyushmasi”
tuzilib, joylarda zo’r berib ateistik ishlar olib borildi. Musulmon dindorlar kamsitila boshlandi. Xotin
qizlar masalasi respublikada qadimdan o’ziga xos murakkab nozik masala bo’lib kelgan, musulmonchilik
qonun qoidalari, an’analari asrlar osha mavjud bo’lgan. Sovet hukumati ana shu masalaga ham nihoyatda
keskin munosobatda bo’ldi va musulmon ayollari go’yo to’rt devor ichidagi qafasdan ozod qilish, erkaklar
bilan teng huquqli, yonma-yon turib har sohada birga mehnat qilishlarini targ’ib qilib “hujum” nomli
harakatini boshlab yubordilar. Vaholanki, bu ishlar juda nozik va ehtiyojkorlik bilan yondashishni,
shoshma-shosharlik bilan emas, to’g’ri, vazmin tushintirish orqali sekin-asta, vaqt o’tishi bilan amalga
oshishini taqozo etardi. 1927 yilda tuzilgan bu kompaniya targ’ibi bilan Respublika mahalliy ayollarning
faollaridan tashkil topgan maxsus komissiyalari tuzila boshladi. Paranji yopinib yuradigan ayollarga
qarshi targ’ib ishlari yoppasiga boshlanib ketdi. Minglab ayollar ularni targ’ibiga uchib paranji tashlab,
bu holatlar juda katta fojealarga olib bordi. 1927-1928 yillarda respublika bo’yicha 2,5 mingdan ortiq faol
ayollar ana shu “hujum” kamchiligining qurboni bo’ldilar. Bu ishlar asta-sekinlikni, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishni talab qilar edi.
Lekin ayni vaqtda Sovet hukumati o’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida, ularni
ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirib bordi. Xotin-qizlar klublari, artellar, tikuv
tsexlari tashkil qilina boshladi. 1930 yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan ortiq
artellarida 5 ming nafardan ko’proq ayollar ishlardi.
1925-1928 yillarda tashkil qilingan ayollar kolxozlarida 5.5 mingdan ko’proq ayollar mehnat qildi.
Ayollarni savodini chiqarishga katta e’tibor berila boshlandi. 1936 yilga kelib 186 ming ayol savodini
chiqargan edi. Ayollardan davlat arboblari, olimlar, shifokorlar, o’qituvchilar, san’atkorlar, yetishib chiqa
boshladilar. Jahon Obidova, Tojixon SHodieva, Sora Eshonto’raeva, Tamaraxonim, Halima Nosirova,
M.Turg’unboevalar shular jumlasidandir.
Xullas, 2190-1930 yillarda Respublika madaniy hayotida ham salbiy, ham ijobiy holatlar,
o’zgarishlar, jarayonlar, yutuqlar, kamchiliklar, qurbonlar, kurashlar, ziddiyatlar, muvofaqiyatlar asosida
o’ziga xos ko’rinishlar davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |