11-Mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari


To’rtinchi rejada quyidagilarga e’tiborni jalb etish lozim



Download 291,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.07.2021
Hajmi291,05 Kb.
#115766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-семинар

To’rtinchi rejada quyidagilarga e’tiborni jalb etish lozim. Respublika xalq ta’limida urushdan 

keyin bir qator jiddiy muammolarni yengib o’tishga to’g’ri keldi. 50 yillardan maktab qurilishi, 7 yillik 

umumiy  majburiy  ta’lim  amalga  oshirildi.  Biroq  ta’limning  mazmuni  orqada  qolganligi,  maktab 

o’quvchilarining bilim darajasi pastligi sabab jiddiy islohotlar o’tkazish zarur edi. 1959 yildan boshlab 10 

yillik o’rta maktablar 11 yillikka aylantirildi. Maktablar uchun yangi o’quv rejalari, dasturlari va darsliklar 

yaratildi.  1962  yildan  umumiy  majburiy  8  yillik  ta’limga  o’tildi.  Barcha  yetti  yillik  maktablar  8  yillik 

maktablarga  aylantirildi.  1958-1965  yillarda  1000  yaqin  shunday  maktablar  ochildi.  Unda  o’qiydigan 

yoshlar  1965  yilda  134,5  ming  kishini  tashkil  etdi.  O’rta  umumta’lim  maktablari  1970  yildan  boshlab 

mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang’ich (1-3 sinflar), 8 yillik (1-8sinflar), o’rta (1-

10)  maktablarga  aylantirildi.  SHunga  qaramay  jiddiy  muammolar,  maktab  sinf  xonalar  soni  oshmasin, 




bolalar  sonining  tabiiy  o’sishidan  orqada  qolaverdi.  Maktab  binolarining  yetishmasligi,  moddiy  texnik 

jihatdan zaifligi surunkali davom etdi. Maktablarda ta’lim tarbiya kommunistik mafkuraga bo’ysundirilgan, 

KPSS  reja  va  dasturlari  doirasiga,  qolipiga  solib  qo’yilgan,  ta’lim-tarbiya  milliy  xususiyatlar,  tarixiy 

ma’naviy qadriyatlarni inobatga olmasdi. 

Respublikada oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlar vazifasi ham kommunistik 

mafkura  tartibi  asosida  amalga  oshirildi.  1959  yilda  respublikada  oliy  mutaxassis  kadrlar  tayyorlab 

beradigan  31  ta  oliy  o’quv  yurtlari  bo’lsa,  1985  yilga  kelib  42  oliy  o’quv  yurti,  240  texnikum,  590 

professional-texnika  o’quv  yurtlarida  xalq  xo’jaligi  uchun  oliy  va  o’rta  maxsus  kadrlar  tayyorlanardi. 

Hunar-texnika bilim yurtlari sanoatga ishlash uchun kelgan ishchilarning 20%i, qishloq  xo’jaligida ishlash 

uchun  kelayotganlarning  40%ini  tayyorlardi.  Bilim  yurtlariga  qabul  qilinganlarning  45%i  (Toshkent 

shahrida) boshqa millat vakillari bo’lib, o’quvchilar umumiy sonida sanoat va qurilish ishchi mutaxassislari 

bo’yicha mahalliy millat vakillari 17%ni egalladi.  

Markaziy  Statistika  boshqarmasining  1960  yil  1  yanvargacha  bo’lgan  axborotida  O’zbekistonda 

aholining  ma’lumot  darajasi  ko’rsatkichlari  quyidagicha  bo’lgan:  tugallangan  oliy-105  ming, 

tugallanmagan oliy-66 ming, o’rta maxsus ma’lumot-180 ming, umumiy o’rta (to’liq o’rta) ma’lumot-377 

ming, to’liqsiz o’rta ma’lumot-1273 ming bo’lib, oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega kishilar umumiy 

351 ming, to’liq o’rta maktabni, ya’ni yetti yillikni tamomlab chiqqanlar 1630 ming kishi edi. 1980 yillarga 

kelib  oliy  va  o’rta  maxsus  ma’lumotlilar  xalq  xo’jaligida  1080,9  ming  kishiga  yetdi.SHu  yillar  ichida 

O’zbekistonda  barcha  ishchi  va  xizmatchilar,  qishloq  xo’jaligida  ishlovchilarning  o’sish  miqdorining 

o’zgarishi  quyidagicha  bo’lgan:  1940  yilda-2174,0  ming  kishi  bo’lsa,  1965  yilda-3055,0,  1970  yilda-

3670,0,  1975  yilda-4397,7,  1980  yilda-5166,9  ming  kishini  tashkil  etgan.  Biroq  bular  miqdor 

ko’rsatkichlardagi  ayrim  siljishlar  bo’lib,  masalaning  asosiy  jihati  o’quv  yurtlarini  bitirib  chiqayotgan 

mutaxassislarning  sifati  va  saviyasi  masalasida  ko’plab  muammolar  mavjud  edi.  Sovet  hukumati 

“Sotsializmning  afzalligi”ni  ko’rsatish  maqsadida  asosiy  e’tibor  oliy  ma’lumotli  mutaxassislar 

tayyorlashning son jihatiga e’tibor berib, oqibatda tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon talablaridan 

jiddiy  ortda  qolishiga,  xalq  xo’jaligiga  malakasiz  kadrlar  tayyorlanishiga,  ulardan  ishlab  chiqarishda 

samarasiz  foydalanilishiga  olib  keldi.  Sovet  tuzumi  oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  tizimi  orqali  ommaviy 

kasblar  bo’yicha  kadrlar  tayyorlashni  “yalpi  miqdor”,  mablag’larni  taqsimlash  vaqtida  “qoldiq”  qoida 

bo’yicha ishlashni davom ettirdi

1

. Bu kamchiliklar kadrlar siyosatiga salbiy ta’sirini o’tkazmay qo’ymasdi. 



Mavjud mablag’lar hisobiga xalq xo’jaligi uchun ko’proq mutaxassis tayyorlab berish o’qishning kechki 

va sirtqi bo’limlarida ko’zda tutildi. Sirtqi ta’lim tizimi O’zbekistonda asosan urushdan keyingi yillarda 

rivojlana boshladi. 1965 yilda oliy o’quv yurtlarining sirtqi bo’limlariga 18 ming kishi qabul qilindi. Biroq 

1970-1971 o’quv yilida faqat 13 ming kishi o’qishni bitirib chiqdi, ya’ni o’qishga qabul qilinganlarning 

uchdan  ikki  qismi  to’liq  tamomladi

2

.  Keyingi  yillarda  oliy  o’quv  yurtlarining  sirtqi  bo’limlariga 



tinglovchilarni  qabul  qilish  birmuncha  qisqardi,  ammo  1980  yillarga  kelib  yana  miqdori  orta  boshladi. 

“Bo’lajak  jamiyatning  idealini  o’qitishni  yosh  avlodning  unumli  mehnati  bilan  qo’shib  olib  bormasdan 

tasavvur  qilib  bo’lmaydi”

3

,  -  deb  ta’riflangan  sovet  tuzumi  g’oyasi  yoshlarni  o’qitish  bilan  bir  vaqtda 



mamlakatning iqtisodiy bazasini yanada to’ldirish uchun ular doimiy ishga ham jalb etildi. Ta’limning bu 

ko’rinishi  bir  vaqtda  ham  o’qiyotgan,  ham  xalq  xo’jalik  tarmoqlarida  ishlayotgan  kishilarni  muttasil 

o’qishga jalb etish imkonini bersa, ikkinchi tarafdan kechki va sirtqi bo’limlarni tamomlab chiqayotgan 

mutaxassislar nazariy tayyorgarligining yetarli darajada bo’lmasligi kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash 

ishiga salbiy ta’sir o’tkazardi. Kadrlar siyosatidagi bu kabi buzilishlar, xato va kamchiliklar yil sayin ortib 

borib, respublikaning taraqqiyotiga sezilarli darajada to’siq bo’ldi. 

O’zbekistonda teatr va musiqa san’ati birmuncha o’sdi. Bu yillarda “Toxir va Zuxra”, “Farxod va 

SHirin”,  “Alpomish”,  “Ravshan  va  Zulxumor”,  “Navoiy  Astrobodda”,  “Muqimiy”  kabi  milliy  tarixiy 

asarlar  sahna  yuzini  ko’rdi,  lekin  ular  partiyaviylik  va  sinfiylikka  moslashtirildi.  SHu  bilan  bir  qatorda 

“Oltin devor”, “Toshbolta oshiq”, “Kelinlar qo’zg’oloni” va boshqa sahna asarlari xallq e’tiboriga sazovar 

bo’ldi. O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M.Uyg’ur, Ye.Bobojon, A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, 

aktyorlardan, A.Xidoyatov, O.Xo’jaev, A.Bakirov, S.Eshonto’raeva, SH.Burxonov, Z.Muhammadjanov, 

G’.A’zamov,  Yo.Ahmedov,  P.Saidqosimov  va  boshqa  san’atkorlar  salmoqli  xissa  qo’shdilar.  Xalqimiz 

o’zbek san’atini baland ko’targan Yu.Rajabiy, H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, 

S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda. 60-70 yillar o’zbek kino san’atiga yosh talantli 

rejissyorlar  aktyorlar,  SH.Abbosov,  A.Xamroev,  R.Botirov,  H.Axmarov  kabilar  kirib  keldi. 

                                                           

1

O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: SHarq, 2000. 



– B. 533. 

2

Suyunov S.H. Fan-texnika taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash. – Toshkent: O’zbekiston, 1987. – B. 39. 



3

O’zbekiston Respublikasi MDA, 2454-fond, 6-ro’yxat, 287-ish, 380-varaq. 




SH.Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” (1961), “Sen yetim emassan”(1963), “Toshkent-non shahri” 

(1970), “Abu Rayhon Beruniy” (1974) kabi filmlari mashhur bo’ldi. SHunday qilib, respublika madaniy-

ma’naviy  hayotida  1946-1990  yillarda  muayan  yutuqlarga  erishildi. Xalq  maorifi,  oliy  va  o’rta  maxsus 

ta’lim  tarmog’i  ancha  rivojlandi.  Aholining  umumiy  savodxonlik  darajasi  o’sdi,  mutaxassislar,  ijodiy 

ziyolilar darajasi sezilarli kengaydi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi 

biroq  bularning  barchasi  mafkuraviy  tuzum  qolipidan  chiqmagan  holda  amalga  oshirildi.  O’zbek  xalqi 

nafaqat  o’z  milliy  qadriyatlari,  an’analari  va  tilidan,  shuningdek,  umuminsoniy  qadriyatlardan  tobora 

begonalashtirilib borildi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni 

jadallashtirish  yuzasidan  ilgari  surgan  vazifasini  bajarish  borasidagi  dastlabki  o’rin  ishlari  omad 

keltirmadi.  Iqtisodiy  tizimni  qayta  qurish,  uning  moddiy  bazasini  qayta  ko’rib  chiqish,  yangi 

texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqgisodiyotni va ijtimoiy sohani 

jadal  rivojlantirish  mo’ljallangan  edi.  Biroq  “qayta  qurish”  siyosati  ham  sotsializmga  sun’iy  ravishda 

qiyofa  berganligini  O’zbekiston  prezidenti  I.A.Karimovning:  “Inqiroz  sabablari  va  omillarini  to’liq 

tasavvur etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik 

xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa narsa emasdi. 

Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan 

dasturlari  loyihalarining  ko’pligi  islohotlarning  aniq  maqsadi  yo’qligidan,  ularni  ro’yobga  chiqarish 

muddatlari- “besh yuz kun” deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirish-larning tub mohiyati va nihoyatda 

murakkabligi to’la anglab yetilmagan-ligidan dalolat berar edi”

4

, ta’rifi uning mohiyatini ochib beradi. Bu 



siyosatning amalga oshirilishi natijasida, respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab 

chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. SHuningdek, aholining turmush darajasi ham sezilarli ravishda 

pasaya boshladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarning ish haqi O’zbekistonda umumittifoq bo’yicha 1975 

yildagi 93,7%dan, 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste’mol fondi hajmi 66%dan 58%ga 

kamaydi.  1988  yilda  O’zbekistondagi  1267  ta  yirik  sanoat  korxona-sidan  atigi  320  tasi  (25,3%)  to’liq 

xo’jalik  hisobi  va  o’z-o’zini  mablag’  bilan  ta’minlash  sharoitida  ishlardi

5

.  Masalan,  O’zbekiston  xalq 



xo’jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta’minlash rejasida 1990 yilga borib sanoat mahsulotlari 

ishlab  chiqarishni  24-27%ga  oshirishga  erishish,  tarmoqda  mehnat  unumdorligini  19%ga,  qurilishda 

14%ga  ko’tarish nazarda tutilgan edi. Biroq  mehnat  jamoalaridagi ayrim  xodimlarning qo’lga  kiritgan 

yuqori ishlab chiqarish natijalari ham oqsash jarayonlarining ortib borishini yashira olmadi. Puxta o’ylab 

ko’rilmagan  qarorlar,  ularni  joriy  qilishdagi  jiddiy  nuqsonlar,  ma’muriy  siquvning  davom  etishi, 

jadallashtirish kontseptsiyasidagi kamchiliklar xalq xo’jaligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi, qayta 

qurish oqsay boshladi. 

80-yillarning ikkinchi  yarmi  mobaynida ro’y bergan “qayta qurish” islohotlari  turkumi sub’ektiv 

tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar 

bilan tashqi tomondan ta’sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan emas. balki dastursiz amalga 

oshirildi.  Iqtisodiy  va  ilmiy-madaniy  salohiyatga  ega  bo’lgan  O’zbekiston  ham  qayta  qurish  oqibatida 

puxta  o’ylab  ko’rilmagan  volyuntaristik  islohotlar  oqimiga  jalb  qilindi.  Qayta  qurish  «kontseptsiyasi» 

avvalboshdanoq  noilmiy  bo’lib,  u  mag’lubiyatga  mahkum  edi.  qayta  qurish  borasidagi  dastlabki 

tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq “qayta qurish” mafkurasini 

anglab  yetishda  nihoyatda  soddalashgan  nuqtai  nazar  bilan  yondashdi.  Qayta  qurish  “kontseptsiyasi” 

“qardosh” ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini ilmiy taxlil qilishga, ularni 

bilishga  asoslanmagan  edi.  O’sha  davrda  sovet  sotsialistik  tuzumi  iqtisodiy,  siyosiy  jihatdan  ulkan 

imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga sun’iy 

ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas illatlarini “tasodifiy hol”, ular 

uchun “sotsialistik jamiyatda asos yo’q”, shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash 

kifoya  deyildi.  Qayta  qurish  tajribasi  faqat  partiyaning  ijtimoiy-siyosiy  rahbarligini  mustahkamlashni, 

jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada takomillashtirishni, uning faqat qismangina, shunchaki, 

“pardoz  berish”  tarzida  yangilanishini  nazarda  tutgan  edi.  Ziddiyatli  “qayta  qurish”  siyosati  oqibatida 

respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib 

ketdi.  Mehnat  unumdorligining  ko’rsatkichlari  ham  keskin  yomonlashdi,  fondlar  hisobidan  keladigan 

foyda kamaydi. 

Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O’zbekistonda umumittifoq bo’yicha 1975 yildagi 

93,7%dan  1987  yilda  81,3%ga  tushib  qoldi,  aholi  jon  boshiga  iste’mol  fondi  hajmi  tegishli  ravishda 

                                                           

4

Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B. 280-



281. 

5

// O’zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1988. - №11. – B. 22 




66%dan 58%ga kamaydi. Natijada xalqning davlat tomonidan e’lon qilinayotgan o’zgarishlariga ishonchi 

yo’qola bordi, uning qayta qurishga bo’lgan munosabati o’zgara boshladi. 

Ko’pgina mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi pasaydi, moddiy va moliyaviy nomutanosiblik 

kuchaydi, iqtisodiy o’sish sur’atlari pasayib ketdi, tovarlar tanqisligi tobora kengayib bordi. Masalan, 1989 

yilda har ikki muhim mahsulotdan biri bo’yicha topshiriq bajarilmadi, har uch mahsulotdan biri bo’yicha 

ishlab chiqarish hajmi pasaydi. “A” turuhi tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish rejadagidan 3 

baravar  kam  bo’ldi.  Mashinasozlik,  kimyo  va  agrosanoat  majmui  korxonadari  reja  topshiriqlarini 

bajarishni  ta’minlay  olmadilar.Mehnat  unumdorligini  va  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish 

sohalarida ham sifat o’zgarishlari ko’zga tashlanmadi. 

“Qayta  qurish”ning  so’nggi  yillarida  respublika  ishchilari  va  xizmatchilarining  ijtimoiy 

rivojlanishida murakkab va ziddiyatli jarayonlar sodir bo’ddi. Ularning miqdor jihatidan o’sishida sifat 

o’zgarishlari yuz bermadi, bu ko’rsatkich aholining tabiiy o’sishidan orqada qoldi, bu hol ishchi kuchining 

ancha ortiqcha bo’lib qolishiga olib keldi. 

SHunday  qilib,  mustabid  Sovet  davlatida  qaror  topgan  ijtimoiy-iqtisodiy  ishlab  chiqarish 

munosabatlari sanoat ishlab chiqarishining yuqori samarada rivojlanishiga ob’ektiv ravishda to’siq bo’ldi. 

Markazning  amriga  bo’ysungan  respublika  industriyasi  mahalliy  aholining  tub  manfaatlarini  hisobga 

olishga  mo’ljallanmagan  edi,  shu  sababdan  uni  sotsialistik  asosda  isloh  qilishga  o’rin  ish  muqarrar 

ravishda  barbod  bo’ldi.  Salbiy  holatlarning  ortib  borishi  natijasida  O’zbekiston  qishloq  xo’jaligining 

samaradorligi yildan-yilga pasayib bordi. 1989 yilning boshlarida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti hatto 

o’rtacha  yillik  darajaga  ham  bormadi,  3  milliard  so’mlikdan  ko’proq  mahsulot  berilmay  qoldi.  g’alla, 

paxta, poliz ekinlari tayyorlash rejalari surunkasiga bajarilmay keldi. Faqat 1986—1987 yillar mobaynida 

yetkazib berilmagan paxtaning miqdori 1.576 ming tonnadan ortiq edi. Asosiy dehqonchilik ekinlarining 

hosildorligi barqaror pasayib bordi. 

Paxta  yakkahokimligi  bilan  bog’liq  illatlar  respublikaning  qishloq  iqtisodiyotiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatishda  davom  etdi.  CHigit  ekiladigan  maydonlar  ko’p  bo’lishiga  (75%)  qaramasdan,  paxta 

ekiladigan yerlar doimiy ravishda ko’paytirib borildi. Ayni vaqtda paxta yetishtirish reja topshiriklari ham 

ko’paydi,  bu  O’zbekistonning  imkoniyatlariga  mutlaqo  mos  kelmas  edi.  Mazkur  muammoni  qushib 

yozishlar,  ko’zbo’yamachiliklar,  paxta  terimi  davrida  shaharliklar,  talabalar,  maktab  o’quvchilarining 

mehnatidan surunkali foydalanish evaziga hal qilishga intildilar. «Yalpi» paxta hosili, poliz va boshqa 

qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  miqdori  ortidan  quvib,  ko’pgina  xo’jaliklar  ularni  yetishtirish 

texnologiyasini  buzdilar,  ekinlarga  oshirilgan  miqdorda  azotli  o’g’itlar  solindi,  ayniqsa,  paxta 

zararkunandalariga  qarshi  kurashda,  uning  bargini  to’kishda  zaharli  kimyoviy  moddalardan  me’yorsiz 

foydalanildi. Natijada atrof muhit zaharlandi, yerning tarkibi buzildi, insonlar sog’ligiga zarar yetkazildi. 

Paxtachilikda pestitsidlarni haddan tashqari ishlatish oqibatida bevosita ko’zga tashlanib turuvchi 

ijtimoiy-ekologik  ofat  yuz  berdi,  ya’ni  atrof  muhit  (tuproq,  suv  manbalari,  havo)  yo’l  qo’yib  bo’lmas 

darajada ifloslandi. Ekologik tanglikning ikkinchi sababi — vazirliklarning zararli kimyoviy korxonalarni 

CHirchiq,  Samarqand,  Navoiyda,  shuningdek,  ko’proq  ekologik  tizim  juda  zaif  bo’lgan  va  aholi  zich 

yashaydigan hududlarda joylashtirilishi bo’ldi: Farg’ona vodiysi ana shunday joylardan bo’lib, bu yerda 

“Farg’onaazot”,  “Fergananefteorgsintez”  birlashmalari,  Qo’qon  kimyo  zavodi,  Yangi  qo’qon  kimyo 

kombinati va boshqa korxonalar joylashtirilgan. 




Download 291,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish