11-Mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari



Download 291,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana11.07.2021
Hajmi291,05 Kb.
#115766
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-семинар



11-Mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan siyosati

uning mohiyati va oqibatlari

 

1. XX asrning 20 yillari oxirlarida sovetlar mamlakatida ma’muriy buyruqbozlik, byurokratik 



tuzumning qaror topishi. 

2. Industrlashtirish siyosati va uning O’zbekistondagi oqibatlari. 

3. XX asrning 20-30 yillarida  fan va madaniyat. 

4. XX asrning 50-80 yillarida O’zbekistondagi iqtisodiy va madaniy hayot, turg’unlik holatlari 

va uning sabablari. 

5. XX asrning 80-yillarida markazning O’zbekistondagi qatag’on-zo’ravonlik siyosati. 

Birinchi  rejada  quyidagilarga  e’tiborni  qaratish  lozim.20-yillar  tariximizga  o’ta  murakkab  va 

ziddiyatli,  turli  ijtimoiy  guruh  va  kuchlar  siyosiy  qarama-qarshiligi  avj  olgan,  Turkistonda  Markazning 

imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o’lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan 

sanoat, transport, qishloq xo’jaligini tiklash, ya’ni  sho’rolarning “tinch sotsialistik qurilish” yo’liga o’tish 

davri  bo’lib  kiradi.  Ushbu  davrdagi  eng  dolzarb  masalalardan  biri  bu-  hokimiyat  masalasi  edi.  Milliy 

muxolif  kuchlar  esa  hokimiyat  masalasini  birinchi  navbatda  xalqning  o’z  taqdirini  o’zi  belgilashda 

ko’rishar  edi.  Sanoat  va  qishloq  xo’jaligining  inqirozi,  ochlik,  inqilobcha  zo’ravonlikning  kuchayishi 

mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar 

orasida  sovet  hokimiyatiga  nisbatan  ishonchsizlik  va  norozilikni  keltirib  chiqarmoqda  edi.  Aholining 

aksariyati sovet hokimiyatini qizil armiyachilarning quroli yordamida zo’rlik bilan olib kirilgan hokimiyat 

sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo’mitalari tub aholi orasida obro’ga 

ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi. 

Kommunistik  partiya  o’zining  siyosiy  pozitsiyalari  hamda  sovet  davlat  tuzumini  mustahkamlash 

bilan birga sovetlarning ijroiya qo’mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda 

ulkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari 

ostida o’tdi. Ammo, tarix ko’rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo’lib, 

jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko’rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda 

bunday emas edi. Ko’p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, “BXSRda sud 

qurilishi  haqida  nizom”ning  xalq  maslahatchilarini  saylash  tartibi  haqidagi  3-bob  20-moddasida 

ko’rsatilishicha  taqsimot  taxminan  maslahatchilarning  25%  ishchilardan,  50%  qishloqlar  va  kentlardan, 

ya’ni dehqonlar va 25% harbiy qismlardan bo’lishi hisobida edi. Bolьsheviklar keng huquqlar va imtiyozlar 

bergan  ishchi  va  soldatlarning  mutlaqo  ko’pchilik  qismi  ruslar  bo’lib,  oqibatda  rahbar  lavozimlarning 

aksariyati ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qismi esa saylov huquqidan umuman mahrum 

qilingan,  bu  yerda  ziyoli  tabaqa  umuman  odil  sudlovga  yaqinlashtirilmagan.  1923  yilda  Sirdaryo, 

Samarqand,  Farg’ona  viloyatlarida  saylovga  xalq  sud’yasi  va  46624  ta  xalq  maslahatchilarining  tarkibi 

73,5% ishchi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat. Bundan ko’rinib turibdiki xalqni himoya qilish 

kerak bo’lgan sudga birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolьsheviklarning siyosatini to’g’ri, degan 

kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil 

qilgani holda, xalq sud’yalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay’ati a’zolarining 75%ni ruslar, 

25%ni musulmonlar tashkil etgan. 

Sovet hukumati mahalliy aholidan cho’chir va unga ishonmas edi. SHuning uchun ham u o’z siyosiy 

tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi. 

Partiyaning ushbu mustabidlik yo’nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir qildi, mahalliy aholi 

mustaqil huquqlarga ega emas, o’z manfaatlarini himoya qilishga bo’lgan urinishlar esa “millatchilik” deb 

baholanib, qatag’ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol 

mana shunday edi. 




Download 291,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish