MQning 1984 yil 23 iyun XVI plenumidan keyingi yillarda sodir bo’lgan voqealar ishlab chiqarish
samaradorligini pasayishi, qishloq xo’jaligida vujudga kelgan og’ir vaziyat, mamlakat hayotidagi inqirozli
O’zbekistonda boshlangan “tozalash” ishi mutlaqo xalqqa qarshi qaratilgan tusda avj oldirildi. Plenumda
yuqori pog’onadagi sobiq rahbarlarining xato va kamchiliklariga urg’u berib, ularni shunchaki tanqid qilish
bilan cheklandi. Haqiqiy tanqid va ta’qiblar mahalliy rahbar kadrlar boshiga tushdi. Oqibatda bu davrda
O’zbekistonda rahbar xodimlarga qarshi boshlangan dastlabki ta’qib O’zbekiston KPMQning sobiq
qo’shib qoralandi. “SHarof Rashidovchilik” degan va O’zbekistondagi korruptsiyaning ramziga
rahbar kadrlarni, respublika sha’ni va mavqeini qoralash KPSS MQda puxta ishlab chiqildi. Respublika
uchun markazdan uyushtirilgan “paxta ishi” “o’zbeklar ishi” uydirmalari go’yoki “poraxo’rlar”ga qarshi
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: SHarq,
qaratilgan bo’lib, qonunsizlik va ommaviy qatag’onlarning avjga chiqishiga sabab bo’ldi va minglab aybsiz
mahalliy aholini og’ir tazyiqlarga duchor etdi, jumladan, ko’plab rahbar va qishloq xo’jalik xodimlarining
hayotini girdobga aylantirdi.
1984 yildan boshlab, sobiq Kompartiya rahbarlarining taklifiga binoan O’zbekistonda mamlakatning
turli mintaqalaridan “desantchilar” ya’ni KPSS amaldorlari kela boshladilar. Yangi desantchilar
O’zbekistonda tartib o’rnatish uchun emas, balki ular ittifoqning respublikadagi tayanchi bo’lish va
mamlakatda “sovetlarcha” usulda tartib o’rnatishlari lozim edi. Markazdan yuborilgan xodimlar
O’zbekistondagi partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egallab olib, qirg’in boshladilar.
Respublikadagi vaziyatni o’rganib, yo’q xato va kamchiliklarni bor qildilar. Ularning siyosiy o’yinlari
natijasida O’zbekiston tarixda ko’rilmagan ayovsiz tajribalar maydoniga aylantirildi. Mahalliy rahbarlarni
badnom etish, ta’qib ostiga olish, ularni Rossiya, Ukraina, Belorussiyalardan kelgan sodiq kishilar bilan
almashtirish bilan shug’ullandilar. O’zbekiston KPMQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet, Respublika
prokuraturasi, Ichki Ishlar Vazirligi shunday “desantchi” kadrlar qo’l ostiga o’tdi. 1984 yilda 5 ta, 1985
yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta xodim O’zbekiston Ichki
Ishlar vazirligiga yuborildi
7
.
Bundan tashqari, 1984-1989 yillar ichida turli bahona va sabablar bilan 10 mingdan ortiq kishi ishdan
olib tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati tez amalga oshdiki, hatto, bir idoraga bir yilda 3 ta yangi
rahbar kelardi. Sun’iy ravishda o’ylab topilgan “paxta ishi” mahalliy kadrlar salohiyatiga juda og’ir zarba
berdi. Natijada jamoa xo’jaligi raislari va sovet xo’jaligi rahbarlarining 60%i lavozimlaridan olib tashlandi,
qishloq xo’jalik mutaxassislarining taxminan 45%i, paxtachilik brigada boshliqlarining har uchinchisi
vazifalaridan bo’shatildi
8
. Bu ishlar kadr tanlashdagi yangi yo’l emas, balki, ularni tahqirlash,
obro’sizlantirish, yerli milliy kadrlar g’ururini paymol qilish siyosati edi
9
. Jarayon go’yoki “poraxo’rlarga”
qarshi qaratilgan bo’ldi. Faqatgina 1983 yildan 1989 yilgacha bo’lgan vaqtda O’zbekistondagi huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan qo’shib yozish, poraxo’rlik, o’g’riliklar haqidagi 800 dan ortiq jinoiy
ishlar tekshirilib, 5000 dan oshiq kishi jazoga hukm qilinganligi, ulardan 600 nafari rahbar xodimlar, o’n
nafari mehnat qahramonlari edi
10
. O’zbekistonda bu yillarda butun jazoga tortilgan begunoh mas’ul va
xo’jalik xodimlari 25 ming kishiga yetdi
11
. Gdlyan-Ivanov rahbarligidagi jazo otryadining ortida turgan
kuchlar uzoq vaqt pinxoniy siyosat olib bordi. Ligachev, Razumovskiy, Mogilьnichenko, Bessarobov,
Smirnov, Ponomerov kabi sovet ma’murlari bu ishlarning boshida bo’lishdi
12
. Bu guruhning “ishi”
boshidanoq qonunchilikka umuman zid holda, tergov qilinuvchilar va ularning yaqinlariga nisbatan
ochiqdan-ochiq zo’ravonlik qilish bilan ajralib turdi. Bemorlar, ko’p bolali onalar, qariyalar ham ayab
o’tirilmadi. Mahalliy rahbar kadrlarning “vaqtincha” qamoqda saqlanishlari yillab davom etdi. Nohaq
qamoqga olinganlarning ba’zilari og’ir tahqirlashlarga bardosh berolmay, o’z jonlariga qasd qildilar.
Kadrlarni obro’sizlantirish, ularning oila-a’zolari, qarindosh-urug’lari, tanish-bilishlarini ham ayovsiz
jazolash siyosati O’zbekistonda keng tus oldi. Necha minglab kishilar tazyiq, quvg’in va qatag’onga duchor
qilindi, qanchadan-qancha odamlar tergov izolyatorlarida saqlab turildi. Ataylab o’ylab topilgan ko’pdan-
ko’p, jinoiy ishlar qo’zg’atildi. Ba’zi tergovlar dalillarni soxtalashtirib, begunohlarga nisbatan faqat ayblash
yo’lini tutdilar. Jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta’sir etish, majburlab bo’yinga qo’yish va e’tirof etishlar
ommaviy tus ola boshladi. SHu tariqa O’zbekistonga kelganlar adolatni qaror toptirishga emas, aksincha
ko’proq begunoh mahalliy kadrlarni qamatish natijasida yillik hisobotlarini boyitishga zo’r berdilar
13
.
Hamma respublikalardan farqli o’laroq O’zbekistonda boshqalarga o’rnak bo’lishi uchun respublika
kadrlarining “ta’zirini berib qo’yish”ga qaratilgan harakat yuqori bo’lgan. Ya’ni tizimga sig’magan va
hukmron tuzumni yoqtirmagan aholi guruhlari antigumanistik choralar bilan yo’q qilish kabi siyosat
qurboniga aylandilar
14
. Sovet tuzumining O’zbekistonda XX asrning 1916, 1930, 1950, 1980 yillarida
7
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
8
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari(1865-1990 yy.) /
D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 308.
9
Yusupov E. Istiqlol shabadalari. – Toshkent: Fan, 1993. – B. 49.
10
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari(1865-1990 yy.) /
D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 308.
11
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: протывоборство идей и иделогии. – Ташкент:
Узбекистан, 2002. – С. 75.
12
Jo’rabekov I. Yangi O’zbekiston- yangi qadamlar. – Toshkent: O’zbekiston, 1994. – B. 75, 80.
13
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
14
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: протывоборство идей и иделогии. – Ташкент:
Узбекистан, 2002. – С. 25.
qatag’on siyosatini avj oldirganining asosiy sababi har avloddan chiqayotgan milliy g’ururli, malakali
mahalliy kadrlar yo’q qilinishi, sovet siyosatiga zid bo’lgan ta’sirlardan “tozalanishi” kerak edi. SHuning
uchun ham aynan yuqoridagi yillarda ming-minglab mustaqil, erkin fikrga ega bo’lgan, xalqni istiqlolga
chorlovchi vatanparvar milliy kadrlar sovet siyosatining qurboniga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng “paxta ishi” qayta ko’rib chiqildi va
minglab begunoh kishilar oqlandilar. O’z navbatida O’zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat
arbobi SH.Rashidovning pok nomi tiklandi. SHuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yoruq
ekanligi asoslandi.O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent
shahrida Yunusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga
baqishlab o’rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi
chuqur ehtiromi ramzidir.
Do'stlaringiz bilan baham: