11-Mavzu: Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari


Ikkinchi  rejada  quyidagilani  yoritish  zarur



Download 291,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana11.07.2021
Hajmi291,05 Kb.
#115766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-семинар

Ikkinchi  rejada  quyidagilani  yoritish  zarur.  1920-yillar  oxiri  30-yillarning  boshlarida 

industrlashtirishning  salbiy  holatlari  O’zbekistonda  ham  ko’rina  boshladi.  Rahbariyatdagi  o’ta  jadal 

industrlashtirish tarafdorlari qishloq xo’jaligi hisobidan industrlashni talab qildilar. Ularning muholiflari 

esa  industrlashtirish  asosida  sanoatni  o’stirish  bilan  faravonlikni  yuksaltirish  va  qishloq  xo’jaligini 

ixtiyoriy suratda kooperatsiyalashni oqilona birga qo’shib olib borish tarafdori bo’ldilar. “Xalqlar otasi” 

Stalin esa, birinchi nuqtai nazarni qo’llab quvvatladi. SHu tariqa industrlashtirishning oqilona yo’li-yu, 5 

yillik rejalari tuzildi. 

O’zbekistonda  ahvol  butunlay  o’zgacha  eda.  CHunki  u  agrar  respublika  edi.  Bu  yerda  qishloq 

xo’jaligi maqsulotlari salmog’i 60% dan ko’proqni, sanoat esa 40% dan kamroqni tashkil etardi. Bundan 

tashqari, sanoat ishlab chiqarishining 90% ga yaqini qishloq xo’jalik ashyolarini ishlashga asoslangan edi. 




Og’ir  industriya  endigina  rivojlanayotgan  respublikamiz  mamlakatning  asosiy  paxta  bozasiga  aylanib 

qolgan edi. 

Birinchi  besh  yillikda  (1928/29-1932/33  yy.)  192  ta  yangi  sanoat  korxonasi,  (o’sha  davr  rasmiy 

ma’lumotlari bo’yicha) shu jumladan, Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodi, Quvasoy tsement 

va  ohak  zavodlari  ishga  tushirildi.  Chirchiqstroy,  Olmaliqstroy,  Toshkent  to’qimachilik  kombinati 

qurilishi davom ettirildi. 1932 yilga kelib, og’ir sanoat salmog’i 8,8%ni, mashinasozlik salmog’i 1,3%ni, 

yengil sanoat salmog’i 69,3 %ni tashkil etdi. SHu yili O’zbekistonda paxta tolasining 90%, tsementning 

50%, o’simlik moyining 56%dan ortig’i, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi. 

Ikkinchi  besh  yillikda  (1933-1937  yy.)  ham  O’zbekistonni  asosiy  paxta  bazasi  sifatida 

ixtisoslashtirish  ko’zda  tutilgan  edi.  Bu  besh  yillikda  respublikada  189  ta  sanoat  korxonalari  va  elektr 

stantsiyalari ishga tushirildi. SHu besh yillik davomida respublikada hunarmandchilik kooperatsiyasining 

yalpi mahsuloti deyarlik 3 barovar ko’paydi. 

Uchinchi besh yillikning (1938-1941 yy.) dastlabki yillarida ham ko’plab korxonalar, jumladan eng 

yirik CHirchiq elektr kimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. 

Biroq  O’zbekiston  Respublikasi  mamlakatni  industrlashtirish  va  uning  iqtisodiy  mustaqilligini 

mustahkamlasiga  katta  hissa  qo’shgan  bo’lsa  ham,  u  xom  ashyo  olib  chiqib  ketiladigan  o’lka  bo’lib 

qolaverdi. 

Jadal  industrlashtirish  mablag’lari  mehnatkashlar  zimmasiga  og’ir  yuk  bo’lib  tushadi. 

Industrlashtirish ishchilar sonining ko’payishiga olib keladi. Birgina birinchi besh yillik davomida yirik 

sanoatdagi ishchilar soni 3,5 barobar ko’paydi. Ularning yarmidan ko’prog’ini mahalliy kadrlar tashkil eta 

boshladi.  Kadrlarni  ishlab  chiqarishdagi  o’quv  kurslar  va  hunar-texnika  bilim  yurtlari  tayyorlab  bera 

boshladi.  Mahalliy  kadrlar  Moskva,  Sank-Peterburg,  Ivanovo-Voznesenskda  ham  o’qitildi.  1940  yilda 

sanoatdagi ishchilar soni 142 ming nafarga yetadi. 

Ammo  shu  narsa  haqiqatki,  malakali  ishchilar  va  muhandis-texnik  xodimlarning  aksariyatini 

ovro’polik millatlar vakillari tashkil etardi. 

Oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun O’rta Osiyo industriya iistituti, temir yo’l transporti, 

to’qimachilik institutlari ish boshladi. 

Sifat  darajaga  e’tibor  berilmasa  ham  jadallashtirish  uchun  “sotsialistik  musobaqalar”  boshlandi. 

Novatorlar  mehnat  qahramonlari  sifatida  ko’llab-quvvatlandi.  Musobaqalashuv  1935  yilda  eng  yuqori 

darajaga yetib, “Staxanovchilik harakati” nomini oldi. Ayni vaqtda nihoyat darajada zo’r berib qilingan 

mehnat  ana  shu  iqtisodiy  imkoniyatni  yaratuvchilarning  moddiy  farovonligiga  amalda  hech  bir  ta’sir 

etmas edi. 




Download 291,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish