industrlashtirishning salbiy holatlari O’zbekistonda ham ko’rina boshladi. Rahbariyatdagi o’ta jadal
industrlashtirish tarafdorlari qishloq xo’jaligi hisobidan industrlashni talab qildilar. Ularning muholiflari
esa industrlashtirish asosida sanoatni o’stirish bilan faravonlikni yuksaltirish va qishloq xo’jaligini
ixtiyoriy suratda kooperatsiyalashni oqilona birga qo’shib olib borish tarafdori bo’ldilar. “Xalqlar otasi”
Stalin esa, birinchi nuqtai nazarni qo’llab quvvatladi. SHu tariqa industrlashtirishning oqilona yo’li-yu, 5
O’zbekistonda ahvol butunlay o’zgacha eda. CHunki u agrar respublika edi. Bu yerda qishloq
xo’jaligi maqsulotlari salmog’i 60% dan ko’proqni, sanoat esa 40% dan kamroqni tashkil etardi. Bundan
tashqari, sanoat ishlab chiqarishining 90% ga yaqini qishloq xo’jalik ashyolarini ishlashga asoslangan edi.
Og’ir industriya endigina rivojlanayotgan respublikamiz mamlakatning asosiy paxta bozasiga aylanib
qolgan edi.
Birinchi besh yillikda (1928/29-1932/33 yy.) 192 ta yangi sanoat korxonasi, (o’sha davr rasmiy
ma’lumotlari bo’yicha) shu jumladan, Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodi, Quvasoy tsement
va ohak zavodlari ishga tushirildi. Chirchiqstroy, Olmaliqstroy, Toshkent to’qimachilik kombinati
qurilishi davom ettirildi. 1932 yilga kelib, og’ir sanoat salmog’i 8,8%ni, mashinasozlik salmog’i 1,3%ni,
yengil sanoat salmog’i 69,3 %ni tashkil etdi. SHu yili O’zbekistonda paxta tolasining 90%, tsementning
50%, o’simlik moyining 56%dan ortig’i, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.
Ikkinchi besh yillikda (1933-1937 yy.) ham O’zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida
ixtisoslashtirish ko’zda tutilgan edi. Bu besh yillikda respublikada 189 ta sanoat korxonalari va elektr
stantsiyalari ishga tushirildi. SHu besh yillik davomida respublikada hunarmandchilik kooperatsiyasining
yalpi mahsuloti deyarlik 3 barovar ko’paydi.
Uchinchi besh yillikning (1938-1941 yy.) dastlabki yillarida ham ko’plab korxonalar, jumladan eng
yirik CHirchiq elektr kimyo kombinati qurilib ishga tushirildi.
Biroq O’zbekiston Respublikasi mamlakatni industrlashtirish va uning iqtisodiy mustaqilligini
mustahkamlasiga katta hissa qo’shgan bo’lsa ham, u xom ashyo olib chiqib ketiladigan o’lka bo’lib
qolaverdi.
Jadal industrlashtirish mablag’lari mehnatkashlar zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushadi.
Industrlashtirish ishchilar sonining ko’payishiga olib keladi. Birgina birinchi besh yillik davomida yirik
sanoatdagi ishchilar soni 3,5 barobar ko’paydi. Ularning yarmidan ko’prog’ini mahalliy kadrlar tashkil eta
boshladi. Kadrlarni ishlab chiqarishdagi o’quv kurslar va hunar-texnika bilim yurtlari tayyorlab bera
boshladi. Mahalliy kadrlar Moskva, Sank-Peterburg, Ivanovo-Voznesenskda ham o’qitildi. 1940 yilda
sanoatdagi ishchilar soni 142 ming nafarga yetadi.
Ammo shu narsa haqiqatki, malakali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning aksariyatini
ovro’polik millatlar vakillari tashkil etardi.
Oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun O’rta Osiyo industriya iistituti, temir yo’l transporti,
to’qimachilik institutlari ish boshladi.
Sifat darajaga e’tibor berilmasa ham jadallashtirish uchun “sotsialistik musobaqalar” boshlandi.
Novatorlar mehnat qahramonlari sifatida ko’llab-quvvatlandi. Musobaqalashuv 1935 yilda eng yuqori
darajaga yetib, “Staxanovchilik harakati” nomini oldi. Ayni vaqtda nihoyat darajada zo’r berib qilingan
mehnat ana shu iqtisodiy imkoniyatni yaratuvchilarning moddiy farovonligiga amalda hech bir ta’sir
etmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: