4. Stol ustiga dasturxon yozish
Servirovkadan avval stol ustiga dasturxon yoki skatert yoziladi. Har bir ofisiant stol ustiga dasturxon yozishni bilishi kerak. Malakali ofisiantlar bu ish uchun aloxida usullardan foydalanishadi. Dastlab xar bir stolga atalgan dasturxonlar quyib chiqiladi. Bunda ofisiantlar dasturxonlar xajmi stollar yuzi hajmiga toʻgri kelishini hisobga olishi kerak.
Dasturxon stoldan qanday yig’ishtirib olingan boʻlsa, stollar ustiga shunday qo’yib chiqiladi, soʻngra ularni stol ustiga yoyiladi. Uning ungi, teskarisini bilib yoyish kerak. Dasturxonni yoyishda oʻrtasidagi dazmollangan chiziqlari tutashgan joy stol markazida bo’lishi shart. Gulli dasturxonlar boʻlganda uning gulli joylari ham bir-biriga mos qilib toʻshalishi lozim.
Uni ofisiant stolga qo’yib ikki quli barmoqlari bilan (bosh va koʻrsatish barmoqlari) chetlaridan ushlab, dasturxonni koʻtaradi va xuddi uni silkitgani kabi qulini tezlikda pastga tushiradi. Stol va dasturxon oʻrtasidagi xavo boʻshligi skatertni istalgan tomongan orastalik bilan tugirlashga yordam beradi xamda skatertning qatlangan joyi stol markaziga tugri tushishini nazorat kiladi.
Perpendikulyar qatlam xam stol markaziga to’gri kelishi lozim. Gijim, yaxshi dazmollanmagan dasturxon boʻlsa, ofisiant dazmollashi yoki almashtirib boshkasini to’shashi kerak. Stolni bezash chog’ida skatertni gijimlash, tortish va barmoqlar bilan teginish mumkin emas. Dasturxonning oʻrta kismi yaxshi dazmollangan boʻlishi, burchaklari stol oyoqlari ustiga tushishi va uni yopishi kerak. Dasturxon stol chetidan 25-30 sm tushib turishi kerak yaʼni stul oʻrindigigacha boʻlishi lozim. Agarda dasturxon tushishi meʼyordan kam boʻlsa, koʻrinishga yomon taʼsir koʻrsatadi, meʼyordan oshsa mijozning oʻtirishiga xalaqit beradi.
Agarda tugri burchakli stolga ikkita skatert yoziladigan bulsa, ulardan birinchisi asosiy kirishdan va asosiy yo’lakka qarama - karshi holatda yozilishi kerak. Ikkinchisi, yuqoridagi skatert yuzasini to’g’ri chiziq xosil qilgan xolatdan qatlash lozim.
Quyidagi 1-rasmda dasturxonni yozish tartibi ko’rsatilgan
1-rasm. Stol ustiga dasturxon yozish tartibi
Yordamchi stollar va servantlarni ham salfetka ëki dasturxon bilan orasta yopib kuyish lozim. Agarda xizmat koʻrsatish jarayonida dasturxonni almashtirishga toʻgʻri kelsa, unda bu ishni sezdirmasdan. mijozlarni kuttirmasdan tez xarakat kilib, almashtirgan maʼkul. Shuning uchun bunday ishlarni xodimlar maxorat bilan bajarishi kerak.
Toza dasturxonni olib kelgan ofisiant idishlarni yordamchi stolga kuyadi. Keyin toza dasturxonning chetlaridan ushlab, almashtirilishi lozim bulgan skatertning chetlarinn buklaydi. Buklangan dasturxon ustidan tozasini koʻyadida tagidan kir boʻlgan dasturxonni oxistalik bilan oladi. Shunda bir vaktning oʻzida stol ustiga toza dasturxon tushaladi. Bunda stol usti ochik xolda kolmasligi inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |