SOS- bolalar qishloqchasining ish tajribasidan
SOS - bolalar qishloqchasi - bu yetim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o`ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng qo`llanib kelmoqda.
SOS-bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning xar birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan yetim qolgan, yoki ularning ota-onasi ota-onalik xuquqidan maxrum etilgan. Qishloqda xech kim ulardan xaqiqiy xayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi aloxida uylarda onalarning yordamchilari-«xolalari» xam yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal bo`lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o`rnini bosadilar. Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi aloxida uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar-direktor o`rinbosari, usta, xaydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi xam mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko`rsatishida psixologning ishiga aloxida e’tibor beriladi. U xam bolalarga, xam «ona» larga, xam xodimlarga psixologik yordam korsatadi.
Mexribonlik uylari psixologinig shaxsiy fazilatlari
Mexribonlik uylari shunday tarbiyaviy muassasadir-ki, ularda ishlaydigan psixolog chuqur bilimlar bilan bir qatorda ma’lum bir shaxsiy sifatlari ancha rivojlangan bo`lmog`i lozim. Bunday xususiyatlar qatorida quyidagilar asosiy o`rin tutadi:
Bolani sevish.
Odamlarga bo`lgan qiziqish.
Psixologik muvozanatni saqlay olish.
Qiyinchiliklarga bardosh berish.
Jamiyatda yashashni, nimanidir olib, nimanidir berishni bilish.
o’rganishni bilish.
Realizm, xamma narsaga reallik nuqtai nazaridan qarash.
Bolalarga yoqishni bilish.
o’z-o`zini yaxshi anglash va xis etish.
Ichki kuch-quvvatga ega bulish.
Muloqatchan bulish.
Yaxshi salomatlikka ega bulish.
Optimist va xazilkash bulish.
Ota-onasi mexridan maxrum bo`lgan bolalar bilan ishlashga kirishishdan oldin psixolog o`zidan ana shu sifatlarni qidirib kurmog`i lozim. Topsa - yaxshi! Topolmasa-chi? Unda izlansiz. Albatta, ota-onaning chin mexriga bulgan chanqoqni xech qanday sun’iy yul bilan qondirib bo`lmaydi. Psixolog esa bolalarning psixologik jixatdan normal rivojlanishini ta’minlashi kerak.
Turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishlarning mazmuni ularga xos xususiyatlarning qisqa analizi shuni tasdiqlaydiki, xaqiqatdan xam psixolog faoliyati muassasa turiga ko`ra farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |