PEDAGOK PSIXOLOGNING MIJOZI VA YAQIN XAMKORI SIFATIDA
Pedagoglar xam aloxida e’tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, odatda o`qituvchilar psixolog bilan xamkorlik qilishga tayyor bo`ladilar. hamma gap psixolog o`zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o`qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozisiyasi juda muxim rol o`ynaydi.
Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
a) pedagog bilan bulgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.
v) subyekt - subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va xamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka.
Mana shunday pozisiya pedagoglar bilan bulgan konstruktiv xamkorlikni ta’minlay oladi.
Dastlabki kezlarda psixolog o`qituvchilarga o`z yordamini xaddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo`lsa, yordam berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o`zi kifoya. Kimdir darrov xamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so`ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo`lmaydi. pedagoglar bilan ishlashda bolada ruy berayotgan ijobiy o`zgarishlarga asosan o`qituvchi sababchi bo`layotganini ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. o’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ`ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad kimgadir o`z bilimlarini ko`z-ko`z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg`ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o`qituvchilar passiv tinglovchi bo`lib qolmasinlar. Buning uchun xar bir psixologik ma’lumotga ularni uz tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir xazil aralash testni bajarish xammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi.
har qaysi psixologi oldidagi savol shuki «o’zim yordamimni taklif qilaymi yoki pedagoglar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga xar kim o`z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, pedagoglarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga bog`liq emas. Bu ko`proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqatga kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog`liq. O`qituvchilar bolalar xaqida xar qanday uzoq muddatli psixologik tatqiqotlar natijalaridan ko`ra ko`proq narsa biladi. Ular bolalar bilan xar kuni muloqatga kirishadilar va tabiiyki ularga ta’sir etish uchun koproq imkoniyatga egalar.
Bas shunday ekan, psixolog o`qituvchining yaqin xamkori va yordamchisi bo`lishi kerak. Psixologlar shuni unutmasinlarki, Ta`lim tashkiloti xayotini o`ziga xos saxna asari deb tasavvur qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo`ladi:
Bolalar
pedagok
Psixolog
hisobchi
Oshpaz
Xurmatli psixologlarga birinchi rol ajratilgan.
Psixologning mexribonlik uylarida olib boradigan ishlarining o`ziga xosligi
1987 yildan boshlab bolalar uylariga (xozirgi mexribonlik uylari) va maktab internatlarda psixolog shtati joriy etildi. Ushbu xodisa oiladan tashqarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik rivojlanishi uchun maxsus psixologik yordam zarurligini tan olishni anglatadi. Mexribonlik uylari yoki maktab internatlaridagi psixolog ishinig asosiy yunalishlari, prinsip va metodlari ko`p jixatdan oddiy maktabdagiga o`xshash bo`ladi. Biroq shu bilan birga ushbu muassasalardagi psixologlar ishi o`ziga xosliklarga xam ega. Bu o`ziga xoslik birinchidan, bunday tip muassasalardagi ta’lim tarbiya jarayonining o`ziga xosligi: ikkinchidan bolalarning psixik rivojlanishidagi o`ziga xoslik tufayli kelib chiqadi. Shu narsa ma’lumki, ilk bolalik davridanoq (1-3 yosh) internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar bir qancha psixologik xususiyatlari bilan oilada tarbiyalanuvchi bolalardan farqlanadilar: ba’zi xususiyatlarda ushbu masalalarda tarbiyalanuvchi bolalar oddiy maktabdagi bolalar bilan barobar va xatto, ulardan ustunroq bo`lsa, ayrim xususiyatlari bilan ulardan xatto o`zidan kichik yoshdagi bolalardan xam orqada qoladilar. Afsuski, bunday xolat butun maktab yoshi davrida saqlanib qoladi.
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, psixologik rivojlanishda orqada qolish ancha vaqtli, maktabgacha yosh davridayoq vujudga keladi. Uni bartaraf etish ishi maxsus muassasalarda yetarli darajada olib borilmasligi oqibatida ular keyingi yosh bosqichlarida yanada chuqurlashib ketadi. Mexribonlik uylari yoki maktab-internatlarda ishlay boshlar ekan, psixolog me’yoriy xujjatlarda kursatilganidek, quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: ota-onalar qaramog`isiz qolgan bolalar bilan mexribonlik uylari xamda internat tipidagi muassasalarda olib boriladigan psixolog ishi ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining psixologik jixatdan to`laqonli rivojlanishini ta’minlash, shaxs sifatida va intellektual rivojlanish xususiyatlarini, ta’lim tarbiya jarayonidagi buzilishlarning psixologik sabablarini diagnostika qilish va bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun profilaktik tadbirlar o`tkazishga yo`naltirishi kerak. Psixolog bola xayotidagi ro`y bergan fojianing bola psixik rivojlanishiga ta’sir etishini susaytirish va tegishli psixologik metodlarni o`tkazish orqali bola shaxsi progressiv shakllanishini ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |