Psixologning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi o`rni va vazifasi
Maktabgacha tarbiya muascasalarining tarbiyachilari
psixolog yordamiga muxtojmi?
So`nggi yillarda maktabgacha tarbiya muassasalarimizda psixologik xizmat ommalashib bormoqda. Ayni vaqtda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mini- lisey yoki lisey bog`chalarda, balki oddiy tuman bolalar bog`chasida xamma amaliy psixologlar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Yurtboshimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Sog`lom avlod davlat dasturi» da 1 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarning salomatligini mustaxkamlash tarbiyasini to`g`ri tashkil qilish masalasiga ko`proq axamiyat berish zarurligining ta’kidlanishi maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologning axamiyatini oshiradi. Zero, salomatlik tushunchasi nafaqat jismoniy, balki ayni bir vaqtda ruxiy salomatlik birligini anglatadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «Sog`lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruxi fikri sog`, imon e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman».
Yaqin-yaqinlargacha bog`cha psixologi o`ziga xos noyob xodisalardan biri edi. Psixologning bir turdagi muassasalardagi vazifa va faoliyat yo`nalishi aniq ko`rsatilmagan edi. Eng muximi, psixologlarning o`zi uchun xam bu front – bu tarmoqda qanday xodisa va muammolarga duch kelish mumkinligini aniq ravshan tasavvur etishga qiynalar edilar. Shuning uchun, xatto ularning o`zlarida xam «o`zi psixologga zarurat bormikan?» degan gumon paydo bo`lardi. hozir xam ayrim bog`cha psixologlari muassasada o`z o`rinlarini topolmay qiynalayaptilar. Shuning uchun ular bog`chadagi o`z faoliyatlarining dastlabki bosqichini odatda metodikalar orqali bolalarni diagnostika qilishdan boshlaydilar. Shubxasiz, bu juda samarali faoliyat yo`nalishi. Bunda bolalarning umumiy rivojlanish darajasi aniqlanadi va mavjud muammolar kuzga tashlana boshlaydi. Biroq diagnostika va uning natijalarini qayta ishlash ancha kup vaqt talab qilingani uchun bolalarning muammolari bilan shug`ullanishga vaqt deyarli qolmaydi.
Shuning uchun mutaxassislar maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan psixologlarga ishni dastlab unga yordam so`rab murojaat qilgan ota - ona va tarbiyachilarning murojaatini o`rganishdan boshlashni tavsiya etadilar . Maktabgacha yoshdagi bolalar ota - onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojatlari uning mazmuni va xarakteri xususida risolamizning navbatdagi bo`limida batafsil to`xtalamiz . Ishonamiz, ushbu murojaatlarni o`rganib, ularga o`z vaqtida javob berishi bilan psixologlar o`zini qanchalik kerakligini isbotlay oladilar.
13-Mavzu: Individual va guruxiy psixokonsultasiya
Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak?
Bugungi kunda ko`pchilik umumiy o`rta ta’lim maktablari o`zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o`qituvchilar ko`pincha psixologning qo`lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog xamma muammolarini bir zumda xal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning bog`chada, maktabda ish boshlaganidan keyin tashqi jixatdan xech narsa o`zgarmaganini ko`rishgach, ularda “ Psixologining o`zi nima keragi bor” degan tipdagi savollar tugiladi.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o`rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko`pincha amaliyotning ular oldiga qo`ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday axvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o`rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning xar-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jixatdan to`laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o`z-o`zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:
2. har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o`rganilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jixatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bulgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday qilib, psixolog bog`chaga,maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog pedagoglar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog bog`chada, maktabda yengib o`tishi kerak bo`lgan birinchi to`siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo`shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo`shilib keta olmasa, o`z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. Psixolog adaptasion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo`ladi. Ko`pincha pedagoglar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o`rgatuvchi inson sifatida ko`rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. o’z- o`ziga ishonchi sust bulgan pedagoglar psixologni go`yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning bog`cha, maktab sharoitiga tez ko`nikib, muassasa xayotiga chuqur singib ketishga xalaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog pedagoglarlar bilan o`zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf xam o`zini bilag`on qilib ko`rsatmasligi, eng muximi bir-birini raqib deb xissoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, pedagoglar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Tashkilotga ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini,mo`jizalar ko`rsatish uning qo`lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
Pedagog bilan bo`lgan suxbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo`lmagani uchun u bo`yicha xech narsa qila olmasligini tan olishdan qo`rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo`yishda ota - onalar bilan aloqa o`rnatish juda muxim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo`lishi va o`zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog aloxida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, MTT da ishni boshlashdan avval psixolog:
1. o’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo`lgan munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yishi.
2. o’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.
3. o’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog`liq bo`lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga aloxida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |