11.5-rasm. Monopolist foydasi
Iste’molchilar nuqtai nazaridan, bu yuqori narxlar monopolist uchun noqulaylik
qiladi. Shu bilan birga, monopolist narxlarni ko’tarish orqali foyda ko’radi. Firma
egalarining nuqtai nazaridan, yuqori narxlar monopolist uchun juda qulaydir. Bu firmaning
foydasi butun jamiyat nuqtai nazaridan iste’molchilarga yuklatilgan harajatlarni oshirib,
foydani maksimallashtirish maqsadga muvofiqdir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra ishlab
chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopolist mavqega tayanib, sarflarni
kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorga o’z
izmini o’tkazishi mumkin. Yirik kompaniyalarni mayda va o’rtalari bilan birlashishi ko’p
tarqalgan. Vertikal ishlab chiqarish integratsiyasi shakllanganda yagona ishlab chiqaruvchi
qolishi tabiiy.
Monopolistning ijtimoiy farovonlikga ta’sirini baholash uchun rejalashtirishda uni
mahsulotining sotilish va ishlab chiqarilish darajalarini solishtirish zarur. Monopolist
ishlab chiqarishda, chekli daromad va chekli harajatlar chiziqlari kesishishini sotish
miqdorini belgilab olish uchun foydalanadi.
11.6-rasm. Ishlab chiqarishni samarali darajasi
Shunday qilib, jamiyat uchun monopolistning taklif etayotgan narxi haridorlar talabi
oshgan sari oshib boradi va narx oshgan sari esa harid qobiliyati tushib boradi.
Shuningdek, monopolistning narx jihatidan bozordagi talab egri chizig’i bo’yicha narxlar
o’rtasidagi salbiy munosabatni samarasiz yuqori narxi bilan yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o’zaro bog’liqligining qarama-
qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi
monopolist o’z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o’zaro
bog’liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi. Monopol
kompaniyalarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarida
iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik me’yorlarini ta’minlashdan iboratdir. Ana
shunday monopolistlarning jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy rolini amalga oshirishi uchun
yirik miqdordagi moliyaviy resurslarga extiyoj sezadi va bunday moliyaviy resurslarni
shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayonga ular ishlab chiqarish hajmi va
narxlarni oshirish orqali erishadilar. Monopoliya oqibatida ijtimoiy tengsizlik vujudga
kelishi mumkin. Buning uchun ularga strategik reja kerak bo’ladi. Strategik reja ijtimoiy-
iqtisodiy maqsadni amalga oshirishning bayonnomasi bo’lib, u uzoq yoki qisqa muddatli
maqsadlarni ifodalaydi. Strategik rejalarni tuzish jarayonida ijtimoiy chora-tadbirlar, aholi
iste’moli va turli xildagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning manfaatlarini nazarda tutish
muhim hisoblanadi. Har qanday hollarda ham monopol foyda oladi, hukumat esa faqat
soliqli daromadlar bilan cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |