11.2-rasm. Monopol firmada talab va chekli daromad egri chizig’i
Talab egri chizig’i ishlab chiqarish hajmiga qay darajada ta’sir etishini
ko’rsatmoqda. Chekli daromad egri chizig’i firmaning daromadi 1 birlik mahsulotga
nisbatan qanday o’zgarishini ko’rsatmoqda. Chunki chekli daromad har doim narxdan kam
bo’lmasligi uchun monopolist har doim har bir birlik mahsulot narxini oshiradi. Buning
sababi, monopol bozorda narxning chekli harajatga nisbati talabning elastikligiga bog’liq.
Monopol hokimiyatni o’lchashninhg tabiiy yo’li bu foydani maksimallashtirishga
olib keluvchi narxning chekli harajatlardan qanchalik ortiq bo’lish darajasini aniqlashdir.
Xususan, biz narx ustamasini (chekli harajatlar chegirilgan narx) narxga nisbati
ko’rsatkichidan foydalanishimiz mumkin. Monopol hokimiyatning bu o’lchovi 1934 yilda
1934 yilda iqtisodchi Abba Lerner tomonidan kiritildi va Lernerning monopol hokimiyat
indeksi deb ataladi (Lerner Index of Monopoly Power). U narx va chekli harajatlar
o’rtasidagi farqni narxga nisbatiga teng. Matematik ko’rinishda:
L= (P-MC) / P
Lerner indeksi har doim 0dan 1 gacha qiymatga ega bo’ladi. Mukammal raqobat
sharoitidagi firmalar uchun P = MC, shu sababli L= 0. L qanchalik katta bo’lsa, monopol
hokimiyat darajasi shunchalik kuchli bo’ladi. Monopol hokimiyatning bu indeksini
shuningdek ushbu firma uchun talab elastikligi orqali ham ifoda etish mumkin
3
:
11.3. Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish
3
Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.30
Raqobatli bozorda firma agar u chekli daromad chekli harajatga teng holatni
ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, maksimal foyda oladi, bunday mahsulot
hajmi optimal bo’ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi
kerak bo’ladi. Sof monopolist tovariga bo’lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi.
Monopolist o’z tovari narxini oshirsa, unga talab hajmi kamayadi va aksincha, monopolist
tovar narxini tushirsa unga talab hajmi ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan, tovar
ishlab chiqarishning o’zgaruvchi harajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun
tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va haridorlar o’rtasida raqobatning
mavjudligi tovar narxini oshiradi.
Agar monopolistning talab chizig’i raqobatlashgan bozordagiday gorizontal
bo’lganda edi, u tovar hajmini o’zgartirishi bilan narxga ta’sir qila olmas edi.
Monopollashgan bozorda taklif chizig’i ma’noga ega emas. Nega bunday, chunki ishlab
chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o’rtasida proportsional bog’liqlik yo’q.
Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli harajatga
bog’liq, balki talab chizig’ining shakliga ham bog’liq bo’ladi.
Monopol bozorda talabning o’zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan
bozordagiday proportsional o’zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o’zgarganda
mahsulot hajmini o’zgartirmasdan narxni o’zgartirishi yoki narxni o’zgartirmasdan
mahsulot hajmini o’zgartirishi yoki bir vaqtning o’zida narxni hamda mahsulot miqdorini
o’zgartirish mumkin.
Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo’lsa, u tovar narxini xohlagancha
oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma’lum
darajaga yetganda, umumiy daromad umumiy harajatni qoplamaydi. Monopolist qanday
narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko’ra talab elastikligi bilan
qanday bog’liqligini eslash zarur bo’ladi. Talab chizig’ining elastik bo’lgan qismida
narxning pasayishi umumiy daromadni o’sishiga olib keladi, elastiklik birga teng
bo’lganda, umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo’lmagan qismida
narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi. Shuni tushungan
monopolist talab chizig’ining elastik bo’lmagan qismida harakat qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |