11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati
Reja:
11.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari.
11.2. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o’rnatishdagi qarorlar.
11.3. Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish.
11.4. Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
11.5. Monopoliya va mukammal raqobat
11.6. Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri
11.7. Monopol raqobat va mukammal raqobatga
11.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari
Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo’lsa, u monopol hisoblanadi va uning
mahsulotini o’rnini bosuvchi boshqa firmalar bo’lmaydi.
Monopol firmaga deyarli
to’siqlar qo’yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan raqobat qila
olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o’zi qoladi
1
. Buning o’z
navbatida, uch asosiy manbalari bor:
Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asosiy resurs bitta firmaga
tegishli bo’ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy resurs egasi
bo’lmish biror firma mahsulotini narxini oshirishidir. Misol uchun,
muayyan kichik
shaharchada suv yetkazib beruvchi bozorni ko’rib chiqsak. Suv yetkazib beruvchilar
orasidagi raqobat natijasida, bir litr suvning narxi, ishlab chiqarish jarayonida chekli
harajat yuqori bo’lishiga qaramay, sotuvchilar mahsulotni
arzonroq sotishga harakat
qilishadi. Shaharchada monopolist uchun faqat bitta yaxshi tomoni, boshqa bir joydan suv
olish mumkin emas, Buning oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo’lib
qoladi. Ajablanarlisi ham shundaki monopolist raqobat bozorida birlamchi ehtiyoj tovari
hisoblangan suv uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi
mumkin. Asosiysi mutlaq egalik amaliyoti monopoliya salohiyatiga sabab bo’lsa-da,
kamdan-kam hollarda monopoliya yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan quvvatli va aylanma
mablag’i ko’p firmalar tomonidan chiqariladigan mahsulot brend hisoblanib,
xalqaro
bozorda o’z qiymatiga ega, odatda ularning ko’lami ko’pincha butun dunyo bo’ylab
tarqalishiga qarab belgilanadi.
Hukumat tomonidan tartibga solish: hukumat bitta firmaga ba’zi bir xizmat
ko’rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi yoki
ba’zi firmalarga xizmat ko’rsatish hamda sotish uchun eksklyuziv huquqni berish orqali
monopoliyalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. Ba’zan
monopol kengayish
monopolistlarning siyosiy ta’sirdan kelib chiqqan holda ko’payadi. Masalan, Qirollik
oilasi do’stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi. Shunday qilib, boshqa
paytlarda davlat manfaati bo’lganligi sababli hukumatga monopol bo’lish uchun sharoit
yaratiladi.
Patent va mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bunga muhim misol. Qachonki
farmatsevtika kompaniyalari
yangi dori kashf etishsa, patent uchun hukumatga murojaat
qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo’lgan dori ishlab chiqaruvchi
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.)
kitobining XV bobiga muvofiq holda tayyorlangan
kompaniyani va 20 yillik dori sotish huquqini beradigan patentni tasdiqlaydi. Bu qonunlar
bir ishlab chiqaruvchiga monopol bo’lish imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida
sodir bo’ladigan yuqori narxlarga olib keladi. Lekin bu monopol ishlab chiqaruvchilar
yuqori narxlar o’rnatishi va ko’p daromad olish imkonini
beruvchi bir necha xatti
harakatlarni rag’batlantirishdan iborat bo’ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan
ularning tadqiqotlarini rag’batlantirish orqali monopolist bo’ladilar. Ishlab chiqaruvchilar
sifatli ishlashlari natijasida savdosi ortgani tufayli ularga monopolist bo’lishga ruxsat
beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlanishi transport terminallari
xizmatlarini tartibga solish ro’yxatidan chiqarilishi uchun asos bo’ldi.
Transport
terminallari xizmatlari bozoridagi kontsentratsiyalashuvni pasayishi, litsenziya olgan holda
amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun ruxsatnomalar olish tartiblarini soddalashtirish
va muddatlarini qisqartirish borasida davlat tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat
natijasi sifatida namoyon bo’ldi.
Shunday qilib, patent va mualliflik huquqini oluvchi kompaniyalarda ham foyda va
harajatlar mavjud. Patent va mualliflik huquqi qonunlarida foydani va ijodiy faoliyatini
oshirish uchun imtiyozlar beriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni: Yirik firmalar ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulot
hajmini faqat bitta kichikroq korxona pastroq narxda ishlab chiqarish imkoniyati.
Shu keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, quyidagi ko’rinishlarini
tavsiflashimiz mumkin: