11-Mavzu: Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti
Reja:
1.
XIX asr ikkinchi yarmidagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat;
2.
Madaniy hayot;
3.
Adabiy hayot
Tayanch so’zlar:
Mustamlakachilik; chor Rossiyasi; Turkiston; siyosiy hayot: madaniy hayot;
adabiy hayot; jadid; jadidchilik; milliy uyg’onish; Vatan va Millat.
Davr adabiyotining ilk bosqichi – yangicha ma’rifatparvarlik adabiyoti:
manbalari, yuzaga kelishi. Xalq ozodlik harakatlari adabiyotning bosh mavzusi
sifatida. Adabiy janrlar va vaznlarning yangilanishi. Yangicha yo’nalishdagi
hajvchilik: she’riy manzumalar, sayohatnomalar, maktubotlar turkumi. Toshkent va
boshqa markaziy shaharlarda bosmaxonalarning vujudga kelishi, matbuotning
yo’lga qo’yilishi, o’qitish tizimidagi yangiliklar va mustamlaka o’lkada yangicha
ma’rifatparvarlikning vujudga kelishi. Tarjimachilik rivoji. Sharq va G’arb
adabiyotidan tarjimalar.
Bu fan Milliy uyronish davri o’zbek adabiyoti deb nomlanadi. Bu davr
adabiyoti 1865 yildan 1929 yilgacha bщlgan davrni o’z ichiga oladi. Chunki bu
adabiyotning yuzaga kelishi Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga
kelgan ma’lum siyosiy sharoitlar bilan bog’likdir.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya yer osti va yer usti boyliklari
mo’l bo’lgan Turkiston zaminiga ko’z tikda va uni o’z tasarrufiga olishga intildi.
Rossiya o’zining manfaatlarini ta’minlaydigan siyosiy-ma’muriy tizimni tashkil etib,
butun mintakaning yagona egasi bo’lib qoldi. 1865 yil Toshkent shahri istilo qilindi.
1866 yilda Jizzax shaxri shafkatsizlarcha buysundirildi. 1868 yil Xivada bulgan jang
haqida Muhammad Yusuf Bayoniy «Shajarai Xorazmshohiy» asarida rus
bosqinchilarining Xivada qilgan dahshatli qirg’inbarot xarakatlari hakida hakqoniy
yoritgan. Rus xukumati 1876 yilda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etdi va
K.P.Kaufmanni birinchi gubernator qilib tayinladi. U 1868 yil 1 yanvar kuni Toshkent
shaxrining nufuzli kishilari xuzurida nutk, so’zladi. U o’lkada o’zi tuzgan mustabid
siyosiy- ma’muriy tizimni maqtab shunday deydi: «Baxt-saodat keltiruvchi yangi
tartib va krnunlarni, ulur imperatorning marxdmatini anglashga tub aholining akd-
idroki yetarmikin? ...Takror aytamanki, sizlarning takdirlaringiz uz k,ulingizda. Agar
uzlaringizni foydangizni ko’zlab va bizning marhamatimizni his etib, rus hukumatiga
xayrihohlik bilan munosabatda bo’lsangizlar baxtli xayotga erishasizlar, bordi-yu,
sizlar boshkacha ish yuritib xukumatga qarshi tursangiz, hokimiyat kuch ishlatishga
o’tadi».
Rus askarlari safida xizmat qilgan rassom Vereshchagin chor armiyasining
qilgan xunrezliklarini o’z esdaliklarida haqqoniy yozib qoldirgan. Turkistonning
adadsiz boyliklari ortilgan keti uzilmas vagonlar faqatgina Rusiyaning markaziga
okardi. Xususan, paxtaga zo’r berildi. Korako’l, ipak, quruk, meva ham chetda
qolmadi. Rusiya Turkistonni asosiy xom ashyo manbaiga aylantirdi.
Rusiyadan millionlab mujiklarni ko’chirib keltirib, serhosil yerlarga
joylashtirish va mahalliy xalkni esa quvib chiqarish avj oldi. Maorif va ijtimoiy
sohalarda esa islomni buzish, yerli aholini ruslashtirish-chor xukumatining bosh yuli
qilib belgilandi.
Chor xukumati til siyosatiga, Rus tili va madaniyatining nufuzi ortib,
mustaxkamlanib borishiga mahalliy xalkning tilidan foydalanish doirasi uzluksiz va
rejali qiskartirilib borishiga alohida e’tibor berdi. Ruslar Turkistonning boyliklarini
o’zlashtirish, xalqini kul qilish bilan cheklanmadilar. Tarixchi Zaki Validiy qayd
etganidek
uning kundalik turmushiga, madaniy-maishiy hayotiga ham
aralashdilar. Bir suz bilan aytganda, uni har jix,atdan buzish, ezish, so’ng
esa o’z tarkibiga singdirib yuborishdek mudhishona bir maqsad bilan
ishga kirishdilar. Chor armiyasi generallari mahalliy aholiga majburan
Turkistonni Rossiyaga qo’shib oling degan mazmunda iltimosnoma
yozdirib oldilar. Shunday kilib, Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan
Turkiston tarixga qo’shib olindi deb muhrlandi.
Xush, Qo’qon yoxud Xiva xonligi, yo bo’lmasa, Buxoro
amirligidagi davlat arboblari o’rtasida mamlakat va xalqning razolat
botqog’iga botayotganini ko’rgan va bunga karshi bosh ko’targan
kishilar bo’lganmi?
Zamondoshlarining shahodat berishlariga ko’ra, masalan, Buxoro
amirining maishatdan boshkd dardi bo’lmagan. Qushbegining sobik,
kotiblaridan biri Mirzo Hikmatulloning guvoxlik berishiga ko’ra, amir
xalk, ishiga butunlay aralashmay yashagan, hatto yillik kelim va ketimni
ham bilmagan. Xiva xoni esa qari odam bo’lib, umrining ko’p vaqtini
qushlar va gullar bilan o’ynab o’tkazgan. Ular atrofida ham xalk va
mamlakat takdiri bilan yashagan birorta amaldor bo’lmagan.
Ana shunday tarixiy sharoitda Markaziy Osiyoni bosib olgan chor
xrkimiyati Turkistonning haqikiy xujayinlariga aylangan. Darvoqe,
«Novoe vremya» jurnalining 1908 yil sonlarining birida bosilgan maqola
xuddi shunday- «Turkistonning xo’jayinlari» deb nomlangan. Unda
jumladan, shunday deyiladi: «Bizning so’nggi ikki generalimiz
Chernyaev va Skobelev issik, iklimda, janubiy tog’larning etaklarida rus
qabilasining hukmdorligini mustahkamlash uchun O’rta Osiyoda
arslondek kurashdi. Ular dahosi va jasorati bilan, kadimgi davrlarda
aytishganidek, «rus tojining qimmatbaho durdonalaridan biri-Turkiston
ishg’ol etildi». Chor hukumati mahalliy aholiga nisbatan jabr-zulmni
shunchalik kuchaytirdiki, natijada 1892- yilda Toshkentda xalk,
qo’zg’oloni bo’lib utdi, 1898 yil 18 mayda Andijonning Mingtepa
qishlogidan Madalixon eshon-tarixga Dukchi eshon nomi bilan kirgan
xalk, qo’zgolonlari bo’lib o’tdi. Chor armiyasi bu xarakatlarni
shafkatsizlik bilan bostirdi. Mingtepani kultepaga aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |