Muhammadqul Muhammad-Rasul o’g’li Muhayyir-asli ismi
Muhammadqul, otasining ismi Muhammad Rasul. Muhayyir taxminan
1842 yilda Qo’konda tug’ilib, 1918 yilda vafot etgan. U lirika va satira
janrida ijod kdlgan. Muqimiy Furqatlar bilan yaqin alokada bo’lgan.
Muhayyir she’rlaridan namunalar qo’l yozma va bosma bayozlarda kup
uchraydi. Uning she’rlari devon holida to’plangan, uch nusxasi bizgacha
yetib kelgan. (O’zbekistan Fanlar akademiyasi Sharkshgunoslik instituti
va Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi qo’l yozmalar fondida
sakdanadi.) «Gapur» nomli hajviy asari o’z vaqtida mashhur bo’lgan va
unga ko’plab ijodkorlar nazira bog’laganlar. Muhayyirning lirik
she’rlaridan bir namuna:
Kirmazam jannatga man hargiz o’shal dildorsiz,
Bulsa sayri chaman ul sarv gul ruxsorsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |