17-mavzu: Axloqiy va estetik tarbiya.
REJA:
1. Axloqiy tarbiya mazmuni.
2. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari.
3. Estetik tarbiyaning mazmuni.
4. Estetik tarbiyaning vazifalari.
Tayanch so‘z va iboralar: axloq, shaxs ma‘naviyati, madaniy-axloqiy
kamolot, axloqiy ong, odob, xulq, fazilat, xislat, estetik ideal, did, nafosatlilik.
1. Axloqiy tarbiya mazmuni. Axloqiy tarbiya nima va u o'z oldiga
qanday maqsadni qo'ydi?
Axloq birinchidan, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib qoida bo'lib,
bu tartib qoidalarining xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
(«Filosofiya», «O'zb», 76. 45-bet). Jumladan, axloq, adolat, saxovat, xalovat,
xalollik, rostgo'ylik kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. U bizning kundalik
ishlarimizga va ongimizga aktiv ta'sir ko'rsatib, jamiyat nomidan yaxshilik bilan
yomonlik,
zulm,
adolat
bilan
adolatsizlik
o'rtasidagi
va
insoniy
munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan
ishlarni, xatti-harakatlarni belgilab beradi.
Ikkinchidan, axloq ijtimoiy fikr, ong bilan jamiyatda belgilab qo'yilgan
odamlarning xulq atvor qoidalarining yig'indisi bo'lib, ularning bir-birlariga
bo'lgan munosabatlarini, majburiyatlarni belgilab beradi. Axloq odamlarni
jamiyatdagi axloqiy еtuk, еtuk xulq atvorining namunasi bo'lib hizmat qiladi.
Odamlar o'rtasidagi munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi.
Axloq me'yorlari xulq atvorning boshqaruvchisi sifatida odob me'yorlariga
yaqin turadi. Huquqga zid xatti-harakat axloqsiz harakat deb qaraladi. Axloqiy
tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli bo'lishga o'rgatish bilan profilaktika
ishlarini ham olib boradi.
Uchinchidan, ahloq falsafiy kategoriya bo'lib, har bir shaxs uchun zarur
bo'lgan
rostgo'ylik,
kamtarlik,
halollik,
oliyjanoblik,
mehnatsevarlik,
xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik singari fazilatlarni shakllartiradi.
To'rtinchidan, axloq, ijtimoiy qatlamning, xalqning ma'naviy qiyofasi, g'oyasi,
ruhiyatining harakterli xususiyati sifatida maydonga chiqadi.
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng
muhimi,-deb yozgan еdi V.A.Suxomlenskiy fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki
bu butun tarbiyaviy ishlarning mag'zi, o'zagi hisoblanadi».
Har bir jamiyat o'z fuqorolari oldiga ma'lum talablar tizimini qo'yadi. Bu
avvalo, insonnig axloqiy fazilatlariga, uning xulqiga qo'yilgan talablardir.
Kishilar mehnat va muomala jarayonida bir-birlari bilan turli tuman
munosabatda bo'ladilar. Bu munosabat jamiyat va har bir fuqaro oldiga
quyidagi talablarni ta'riflab beradigan qonunlar, qoidalar bilan tartibga solib
turiladi. Bu majburiyatlar ahloq talablariga ko'ra belgilanadi. Bu talablarda har
bir katta yoshli kishining, umuman, jamiyatga, atrofdagi kishilarga, o'z oilasiga
munosabati belgilanadi, inson ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanishga,
davlat mulkini ehtiyot qilishga, o'z oilasining mehnatga layoqatsiz a'zolari
to'g'risida g'amxo'rlik qilish va ularni moddiy jihatdan qo'llab quvvatlashga,
belgilangan yoshi еtgan farzandni maktabga yuborishga va shu kabilarga
majburligi ta'kidlanadi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs hulqini
baholash uchun nizom bo'lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq
shaxsning hulqidagi ayrim harakat va odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi.
Axloq ijtimoiy taraqqiyotning natijasidir. U sinfiy harekterga ega. U yangi
ijtimoiy munosabatlar bo'lib, vatanga, xalqqa sodiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |