11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari:     
Mehnat ta‘limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga nisbatan ongli 
munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab etiladi. 
Mehnat  tarbiyasini  tashkil  etishda  hal  etuvchi  vazifalar  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  u 
o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha 
tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi 
vazifalar amalga oshiriladi: 
1. 
Mehnatning  mohiyatini  anglatish  orqali  o‘quvchilarga  mehnatning 
shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish; 
2. 
Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma‘naviy 
ne‘matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish; 
3. 
Mehnat  qilishga  nisbatan  rag‘batni  ,  shuningdek,  muhabbatni 
uyg‘otish.  Bunda  aziz  avliyolarimiz  va  boshqa  buyuk 
insonlarimizning  mehnat  va  kasb-hunar  bilan  hayot  kechirganlarini 
alohida qayd etish; 
4. 
O‘quvchilarni  mehnatga  ijtimoiy  burch  sifatida  yondashuvlarini 
yuzaga keltirish; 
5. 
Mehnat 
faoliyatini 
ongli 
ravishda, 
vijdonan 
yondashishni 
odatlantirish; 
6. 
Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; 
7. 
 Mehnatga  hayotiy  zarurat,  inson  faoliyatining  asosi  sifatida 
munosabatda bo‘lish; 
8. 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va 
malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish; 
9. 
O‘quvchilarda  mehnatsevarlik  hislatlarini  tarbiyalash,  o‘z  mehnati 
samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish; 
10. 
Muayyan kasb –hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va boshqalar. 
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi va 
tarkib toptiriladi: 
-  mehnat  o‘yindan  ajralgan  holda  mustaqil  faoliyat  sifatida 
shakllantiriladi; 
-  mehnat 
faoliyati 
jarayonining 
mohiyatini 
o‘zlashtirishga 
erishiladi; 
-  mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. 
O‘quvchilar ta‘lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning 
ijtimoiy  jamiyatda  tutgan  o‘rni  va  rolini,  inson  kamolotini  ta‘minlash  omili 
ekanligini,  shaxsning  qobiliyati  va  iqtidorini  mehnat  jarayonida  takomillashib 
borishini  hayotiy  misollar  yordamida  bilib  olishlari  lozim.  Mehnat  ta‘limi  va 
tarbiyasini  tashkil  etishda  bugungi  kunda  an‘anaviy  va  noan‘anaviy  shakllardan 
foydalanilmoqda.  Xususan,  mehnat  bayramlari,  ishlab  chiqarish  ko‘rgazmalari, 
hashar, ―Mohir qo‘llar‖ tanlovi, ―Quvnoq shahar ustaxonasi‖ ko‘rik tanlovi, o‘quv 


ishlab  chiqarish  kombinatlari  brigadalari,  yordamchi  xo‘jalik,  ―Yosh  radio-
texniklar  stansiyasi‖  va  ijodiy  markazlar  faoliyati,  shuningdek,  ustoz-shogird 
an‘analari  asosida  faoliyat  olib  boruvchi  yakka  tartibdagi  kasb-hunar  ta‘limi  va 
boshqalar; 
Mehnat  tarbiyasi  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilgan  ta‘lim  muassasalarida 
o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o‘zlarining yosh va fiziologik 
xususiyatlariga  mos  mehnat  faoliyatiga  jalb  qilinadilar.  Bunda  ular  o‘z-o‘ziga 
xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi 
ozodaligini  saqlash,  o‘quv  qurollarini  ta‘mirlash,  kitoblarni  еlimlash,  o‘quv 
anjomlarini darsga tayyorlash va boshqalar).  
Mehnatga  ruhiy,  axloqiy  va  amaliy  tayyorlash  jarayonida  o‘quvchilarda 
mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo‘ysunish, maqsadni 
amalga  oshirish  yo‘lida  shijoat,  qat‘iyat  ko‘rsatish,  axloqiy-irodaviy  xususiyatlar 
tarbiyalanib boradi. 
Mehnat  ta‘limi  va  tarbiyasini  tashkil  etishda  jamoa  asosidagi  mehnatni 
uyushtirish  muhim  masalalardan  biridir.  Zero,  jamoa  ishtirokida  o‘tkazilayotgan 
mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik, 
jamoa  mehnat  samaralaridan  quvonish  kabi  xislatlar  tarbiyalanib  boradi. 
Shuningdek , ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy  yondashish, 
jamoa  manfaatini  shaxsiy  manfaatdan  ustun  qo‘yish  singari  axloqiy  sifatlarning 
shakllanishiga poydevor qo‘yiladi. 
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil 
qilib borish muhim talablardan biri sanaladi.  Mehnat madaniyati- bajarilayotgan 
ishga  ongli  munosabatda  bo‘lish,  uni  ilmiy  jihatdan  to‘g‘ri  tashkil  etilishi  (puxta 
rejalashtirish,  vaqtdan  unumli  foydalanish),  ish  o‘rnini  ozoda  tutish,  mehnat 
qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning 
samarali  bo‘lishiga  erishishga  yo‘naltirilgan  faoliyat  ko‘rsatkichidir.  Mehnat 
madaniyati  tushunchasi  o‘zida  yana  o‘quvchining  mustaqil  harakat  olib  borishini, 
mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi. 
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quvchilarni 
ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasida yangiliklardan boxabar etish, 
ularga  nisbatan  qiziqishni  hosil  qilish,  bu  boradagi  layoqat,  qobiliyat  va 
iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish