11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-mavzu: O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

 
16-mavzu: O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya. 
                                        REJA: 
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati. 
2.  O‘quvchilarni  kasb-hunarga  yo‘naltirishda  mehnat  tarbiyasining 
ahamiyati. 
3. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni. 
  
 
Tayancha so‘z va iboralar: mehnat, mehnat ko‘nikmalari, mehnat 
intizomi, kasga yo‘llash, iqtisodiy tarbiya, oila byudjeti, moddiy boylik.  
 
 
1.  Mehnat  tarbiyasining  mohiyati.  Har  tomonlama  еtuk,  barkamol  avlodni 
voyaga  еtkazishda  mehnat  tarbiyasining  o‘rni  beqiyosdir.    Insonning  kundalik 
turmush  tarzi  mehnat  va  faoliyat  bilan  bog‘liqdir.  Shu  sababli  mehnat  butun 
moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarning  ijtimoiy  taraqqiyoti  negizidir.  Mehnat 
tarbiyasi  shaxsni  har  tomonlama  rivojlantirishning  ajralmas  qismidir. 
Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida 
ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o‘z aqlini, 
irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin. 
Bolalarni  mehnatni  sevish  ruhida  tarbiyalash-  butun  insoniyatni  tarbiyalash 
demakdir.  Shu  boisdan  yosh  avlodni  mehnatga  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘lish 
ruhida tarbiyalash barcha ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi 
bo‘lib qolmoqda. 
Pedagogika fanida yosh avlodni yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi 
juda katta rol o‘ynashini rus pedagogi K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi: 
―Tarbiyaning  o‘zi,  agar  u  kishining  baxtiyor  bo‘lishini  istar  ekan,  uni  baxt 
uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim‖.  
Mehnat  faoliyati  bolaning  tevarak  atrofdagi  muhitni,  real  buyumlarni  anglab 
olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini 
yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitib boradi.  
Jumladan,  mehnatning    ijtimoiy-axloqiy  ahamiyatiga  e‘tibor  berish,  mehnat 
o‘quvchining  yoshi,    hayot  tajribasi  va  imkoniyatlariga  mos  bo‘lishi  ,  o‘z 
vaqtida  turli  kasblar  haqida  ma‘lumotlar  berib  borilishi,  mehnat  ahli  bilan 
doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat 
tarbiyasi  ijtimoiy  tarbiyaning  tarkibiy  qismidir.  Mehnat  tarbiyasining  bosh 
g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmas va malakalarni hosil 
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. 
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar, ijtimoiy 
taraqqiyot  asosida,  mehnat  faoliyati  natijasidir.  Jamiyatda  tashkil  etiladigan 
mehnat  tarbiyasi    yosh  avlodni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash,  ularning 
vatan  ravnaqi,  el-yurt  farovonligi  yo‘lida  mehnat  qilishi  jarayonini  o‘z  ichiga 
oladi. 
Ijtimoiy  jamiyatning  umumiy  va  iqtisodiy  rivojlanishi  zamonaviy  bosqichda 
bunyod  etuvchi,  yaratuvchi  hamda  ishlab  chiqaruvchi  shaxsga  nisbatan  eng 


muhim  ijtimoiy  burch  sifatida  yondashish;  har  qanday  mehnat  faoliyatiga 
nisbatan  vijdonan  munosabatda  bo‘lish;  mehnat  va  uning  mahsulini  qadrlash; 
mehnatni  tashkil  etishga  jamoa  usulida  yondashish;  doimiy  ravishda 
tashabbuslar  bilan  chiqish;  mehnatni  faol,  ijtimoiy  tashkil  etish;  aqliy  va 
jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojiga 
aylanishi;  mehnatni  ilmiy  tashkil  etish;  mehnatga  nisbatan  asosiy  hayotiy 
zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.  
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi: 

 
Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash; 

 
Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash

 
Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish

 
Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish; 

 
Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish

 
Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash; 

 
O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash 
va shu kabilar. 
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur 
asosida tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur 
asosida  amalgam  oshiriladi.  Mehnat  ta‘limi  dasturi  na‘munaviy  xususiyatga 
ega.  Unda  maktab,  o‘qituvchi  va  o‘quvchilari  mehnat  faoliyatini  baholash 
bo‘yicha ta‘lim va tarbiya natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks 
etadi. 
Mehnat  tarbiyasi  jarayonida  bu  boradagi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarga  ega 
bo‘lish maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki 
eng muhim insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita 
hisoblanadi.  Shu  bois  bugungi  kunning  talabi  mehnat  ta‘limini  tashkil  etishda 
reproduktiv  metodlar  rolini  kamaytirib,  yuksak  darajadagi  mantiqiy  fikrlash 
yaratuvchanlik  asosini  hosil  qiluvchi  faol  tadqiqot  metodlaridan  foydalanish 
hisoblanadi.  Shu  bois  bugungi  kunning  talabi  mehnat  ta‘limini  tashkil  etishda 
reproduktiv  metodlar  rolini  kamaytirib,  yuksak  darajadagi  mantiqiy  fikrlash 
hamda  yaratuvchanlik  asosini  hosil  qiluvchi  faol  tadqiqot  metodlaridan 
foydalanish  hisoblanadi.  Mehnat  ta‘limi  va  tarbiyasini  tshkiliy  shakllarini 
o‘qituvchilar  o‘quvchilarning  yosh,  psixologik  xususiyatlari  hamda,  mahalliy 
shart-sharoitlardan  kelib  chiqqan  holda  tanlaydilar.  Mehnat  tarbiyasini  yo‘lga 
qo‘yishda shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat 
insonning  eng  sevimli  mashg‘ulotiga  aylansin,  shaxs  mehnat  ta‘limi  va 
tarbiyasini  yuqori  o‘ringa  qo‘yishi  lozim.  Oqibatda  shaxs  qo‘lga  kiritgan 
mehnat  muvaffaqiyatidan  quvonish,  o‘z  qadr-qimmatini  anglash  hamda  o‘z 
mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.  
Mehnat  tarbiyasiga  nisbatan  yangicha  yondashish  o‘quvchilar  tomonidan 
egallangan  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llay  olishlarini    ta‘minlashga  olib  keladi. 
Bugungi  kunda  mehnat  tarbiyasining  tarkibiy  tuzilmasi  ham  o‘zgarmoqda,  u 
o‘zida  texnika  va  texnologiyalarni  tushunish  (tasavvur  qilish),  amaliy 
vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi. 


Mehnat  tarbiyasini  samarali  tashkil  etishda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari 
tarbiyaviy  ishlar  muhim  o‘rin  tutadi.  Mazkur  tadbirlar  shaxs  uchun  ham, 
jamiyat uchun ham foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish