11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash 
O'zi  tug'ilib  o'sgan  zaminga  mehr-muhabbat,  jahonda  birinchi  davlatning 
tarixiy 
g'alabalaridan 
faxrlanish 
tuyg'ularini 
baynalminallik-qardosh 
mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib 
borayotgan  barcha  kishilar  bilan  birdamlik  tuyg'ulari  o'yg'un  namoyon  bo'lishi 
borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi. 
Bizning  davlatimiz  har  bir  kishisiga  barcha  millatlar  va  elatlarni 
birlashtiruvchi  do'stlik  va  qardoshlik  tuyg'usi,  millatlararo  yuksak  aloqa 
madaniyati  singdirilishidan,  millatchilik  va  shovinizm,  milliy  maxdudlik  va 
milliy  xudbinlik  ko'rinishlariga,  turmushga,  yangilanishga  xalaqit  berayotgan 
urf-odatlar 
va 
fe'l-atvorlarga 
nisbatan 
murosasizlik 
his-tuyg'ulari 
singdirilishidan manfaatdordirlar. 
Harbiy  vatanparvarlik  tarbiyasi,  vatanni  himoya  qilishga,  uning  uchun  butun 
o'zining  kuch  g'ayratini,  agar  lozim  bo'lsa,  hayotini  ham  bag'ishlashga  shaylik 
tuyg'usini  xosil  qilish  g'oyaviy  tarbiyaviy  ishning  muhim  vazifasi  bo'lib 
qolaveradi.  
Ana  shu  vazifalardan  kelib  chiqib,  maktabning  axloqiy  tarbiya  sohasidagi 
asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 


1. 
Yosh  avlodni  muntazam  suratda  jamiyatda  qabul  qilingan  ahloqiy 
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish; 
2. 
Bolalarning  xulqida  ijobiy  axloqiy  odatlarni  shakllantirish,  uning 
axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash
3. 
O'quvchilarni  axloq  tamoyillarini  egallab  olish  va  ularga  amal 
qilishga safarbar qilish
4. 
Mustaqil  yurtimizni  har  tomonlama  kamol  topgan  quruvchilarini 
voyaga еtkazish. 
  Har bir jamiyat o'zining axloqiy me'yorlar va talablar tizimiga ega bo'ladi.  
  Jamiyatimiz  shaxsning  ona  vatanga  sodiq  bo'lish  va  uning  dushmanlariga 
nisbatan  murosasizlik,  tekinxo'rlikka  sira  toqat  qilmaslik,  mehnatsevarlik  va 
barcha  mamlakatlarning  mehnatkashlari  bilan  qardoshlarcha  birdamlik  singari 
sifatlarini  hamma  narsadan  yuqori  qilib  qo'yadi.  O'quvchilarda  vatanga 
muhabbat  xislari,  xalqqa  xizmat  qilish,  mustaqil  g'alabalarni  mustahkamlash, 
himoya qilish, mehnatkashlarni baxt-saodati uchun kurash tuyg'usi o'stiriladi. 
  O'qitish  o'quvchilarni  axloqiy  mukammallashtirish  bilan  bog'lab  olib 
boriladi.  Ularda  ong  bilan  xulq  birligi  tarbiyalanadi.  U  yana  amaliy  faoliyat 
bilan bog'lab olib boriladi.  
  Shaxsning  jamiyat  va  vatanga,  mehnatga,  kishilarga,  o'z  xulqiga 
munosabtalarini ko'rib chiqamiz: 
-  Jamiyatga,  vatanga  muhabbat  va  sadoqatni  tarbiyalash.  Bu  xildagi 
munosabatlar  shaxsning  vatanparvarligi,  fuqaroviy  еtukligi,  baynalminallik 
fazilatlarida  aks  еtadi.  Uning  maqsadlarida  vatan  boyliklarini  ko'paytirish, 
mustaxkamlash va ximoya qilishga qaratilgan ishlarda namoyon bo'ladi. 
  Vatanparvarlik  va  baynalminallik  axloqiy  tarbiyada  alohida  o'rin  tutadi. 
Diniy  adabiyotlarda  ―Vatanni  sevmoq  iymondandir‖,-  deb  bejiz  aytilmagan. 
Tarbiyachi  va  o'qituvchi    bolalarda  vatanga  muhabbat,    faxrlanish,  xalq  va 
mamlakat  yutuqlaridan  quvonish,  uning  dushmanlariga  nafrat  tuyg'ularini 
tarbiyalaydi.  Vatan  ravnaqi  yo'lida  xalol  va  fidokorona  mehnat  qilishga 
tayyorlaydi.   Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.  
  Baynalminallik  axloq  tamoyili  sifatida  vatanparvarlikni  boyitadi,  o'z  milliy 
qobig'iga  o'ralib  qolishga  yo'l  bermaydi.  Barcha  xalqlar  bilan  do'st  bo'lib, 
tinchlik va taraqqiyot uchun kurashadi.  
  Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.  
  Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik, 
kamtarlik,  xalollik  oliyjanoblik,  mehnatsevarlik  xushyorlik,  odoblilik, 
insonparvarlik,  jamoatchilik,  qahramonlik,  do'stga  sadoqatlilik,  saxovatlik, 
intizomlik, diyonatlik, xudojo'y fazilatlarni shakllantiradi.  
  Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma'naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy 
hususiyati sifatida maydonga chiqadi.  
  O'zbekiston  Respublikasi  mustaqil  bo'lishi  munosabati  bilan  axloq 
masalalariga  yangicha  yondashish  boshlandi.  Axloqiy  tarbiyada  ham 
milliylikka  e'tibor  kuchaydi.  O'zbek  xalqining  ma'naviy  merosi,  milliy 
qadriyatlari,  o'tmish  an'analaridan  foydalanish,  o'zbekona  urf-odatlarning 
ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.  


  Darhaqiqat,  axloqiy  tarbiyada  milliy  qadriyatlar  va  an'analar,  din 
pedagogikasi muhim o'rin tutadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, sovet davrida 
ana shularga e'tibor berilmas edi. Xatto, ―din xalq uchun afyundir‖ shiori ostida 
din  va  dindorlarga  olib  boriladi.  Maktab  dindan  ajratildi.  Hozir  esa,  ahvol 
butunlay  boshqacha.  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasida  ko'p  fikrlik, 
vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz ma'naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga 
hayotbaxsh  ta'sirini  xalqimiz  ko'rmoqda.  Birgina  misol  -  Muhammad 
payg'ambarning so'zi  Hadisda shunday  deyiladi:  ―kishilarning  yaxshisi, xalqqa 
foydalirog'idir‖.  Yoki,  ―Mo'minlarning  afzali  go'zal  xulqli  kishilardir‖.  Bu 
kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hyech qanday. 
Islom  dinining  muqaddas  kitobi  –  Qur'oni  Karim  va  Hadis  bashariyatga 
yaxshilik  yo'lini  ko'rsatadi.  Sharq  pedagogikasi,  xalq  pedagogikasi  ana  shu 
kitoblarga  asoslangan.  Axloqiy  tarbiyada  diniy  adabiyotlardan  o'rinli 
foydalanish lozim. 
  Axloq  va  fuqaro  еtukligi  bu  g'oyaviylikning,  ijtimoiy  faollikning  negizidir. 
Hozir  mustaqil  Respublikamiz  fuqarolarini  shakllantirish,  ularni  axloqiy  va 
huquqiy  jihatdan  tarbiyalash,  huquq-tartibotni  buzish  hollariga  murosasizligini 
kuchaytirish,  jamiyat  va  davlat  manfaatlariga  g'amxo'rligini  oshirish, 
Respublikamizning  siyosiy-iqtisodiy  va  ijtimoiy  mustaqilligini  mustaxkamlash 
borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Vatanimizning 
har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan olg'a surilgan   istiqlol va 
taraqqiyot besh yo'lini amalga oshirish uchun kurashish darkor. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish