17-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim tizimi. Ta‘lim sohasida davlat
siyosatining asosiy tamoyillari.
Reja:
1. O‘zbekiston respublikasida xalq ta‘limi tizimi.
2. Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi
3. Ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar:
Ta‘lim tizimi, boshqaruv prinsiplari, umumiy o‘rta maktab, kasb-hunar
ta‘limining rivojlanishi, rahbarlik prinsiplari, ma‘naviy yangilanish, milliy ong,
ishlab chiqarish.
ADABIYOTLAR:
1. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1997 y, 29 avgust.
2. Toshmurodova Q.A. ―Ta‘lim-tarbiyani rejalashtirish xususiyatlari‖. 1993.
3. Tursunov Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T. 1996.
Xalq ta‘limi tizimi deb, muayyan mamlakatning ichki va tashqi kamolotiga
ta‘sir ko‘rsatuvchi hamda ma‘lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha
ta‘lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
O‘zbekiston xalq ta‘limi tizimi Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy rivojlantirishning ustivor sohasi hisoblanadi. Shuningdek, u ta‘lim
sohasidagi Davlat siyosatini, umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy
tajribasini, madaniy va fan sohasidagi ko‘p asrlik an‘analarini, jamiyatning
istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda ish yurgizadi.
Xalq ta‘limi tizimi Respublikamizning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-
quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas‘uliyatini anglaydigan har
jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Muctaqil Respublikamiz Konstitutstiyasining 18 va 41-moddalarida
ta‘kidlaganidek, Respublikamizda yashovchi barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat‘iy
nazar bilim olish huquqiga ega. Shuningdek, bepul umumiy ta‘lim olishi davlat
tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning hamma turlari tekinligi,
yoshlarga umumiy majburiy o‘rta ta‘lim berishning amalga oshirilishi, o‘qitishni
hayot bilan, unumli mehnat bilan bog‘lab olib borish, o‘quvchilarga va talabalarga
Davlat stipendiyalari va imtiyozlar berish, maktab darsliklarini tekin berish
(qisman), maktabda davlat tilida o‘qitish imkoniyatlarini yaratib berish bilan
kafolatlanadi.
Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillarida, ya‘ni 1992 yil 2 iyulda
Mustaqil O‘zbekistonning «Ta‘lim to‘g‘risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun avvalo, ta‘limda ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga
xizmat qildi. Aniqrog‘i, eski tuzumdan yangisiga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tadi.
Shu bilan birga ta‘lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlariga test tizimi joriy qilinishi, kasb-hunar bilim berishga e‘tiborni
kuchaytirilishi kabilar shular jumlasidandir.
Yangi davr talablariga javob beradigan, xalq ta‘limi tizimini tubdan isloh
qilish zaruriyati paydo bo‘ldi va natijada 1997 yil 29 avgustda O‘zbekistonning
yangi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ilgari qabul qilingan
qonunlardan farqli o‘laroq, ta‘lim ijtimoiy taraqiyot sohasida ustivor deb e‘lon
qilindi va xalq ta‘limi tizimi tuzilishining quyidagi yangi qoidalari joriy qilindi:
Ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi
Buning mohiyati shundaki, barcha xalq ta‘limi tizimi muassasalarda
berilayotgan ta‘lim va tarbiya insonlarni moddiy va ma‘naviy kamolotini, aql-
zakovatini o‘sishi, insoniy faoliyatini rivojlanishi, o‘zligini bilish va xaq-huquqlari
uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib etishishlarini maqsad qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |