3. Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. Jismoniy
madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
1. Inson a'zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti- ichki
a'zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, badanning uyg'unligi va
ularning funksional faoliyatini boshqarish.
2. O'quvchilarning sog'lig'ini mustahkamlash.
3. Gigiyena qoidalariga ko'nikish.
4. O'quvchilarning har tomonlama mohirligini o'stirish.
5. Bo'lajak ishchi-mehnatkashlarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb
ahamiyati jihatidan shakllantirish, uning ish qobiliyatini oshirish.
6. O'quvchilarning jismoniy va yosh hususiyatlari uchun sharoit yaratish.
7. Iroda,
chidamlilik,
qat'iy
intizom,
do'stlik
va
o'rtoqlik
hissi,
kamol topish va o'z-o'zini rivojlantirish uchun harakat qilishni tarbiyalash.
8. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini kamol toptirish.
Ko'rinib turibdiki, jismoniy tarbiya mazmuni еtarli darajada kengdir.
Ularni amalga oshirish yoshlarimizning turmush tarzini, jismoniy madaniyat va
sport asosida mazmunli shakllanishini ta'minlaydi. Yuqoridagi sifatlar, doimiy
mashqlar asosida har bir shaxsda o'z badaniga va uning go'zal bo'lishiga intilish,
shaxsiy sog'lig'ini jamiyat taraqqiyoti bilan, xalq madaniyati bilan bog'lash
sifatlari shakllanadi. Jismoniy tarbiya ta'lim mazmunida ham qaror topadi.
Uning vazifasiga o'quvchilarda tanlangan sohaga aloqador ko'nikma va
malakalarni shakllantirish, rivojlantirish kiradi. Jismoniy tarbiyaga harbiy
tayyorgarlik elementlari ham kiradi. Jismoniy tarbiyani boshqa fanlar orqali ham,
xususan, ishlab chiqarish ta'limi orqali ham amalga oshiriladi: jismoniy sog'lik,
badan go'zalligi va boshqalar qaror topadi.
Ilg'or pedagogik tajribalarning ko'rsatishicha, jismoniy tarbiya o'quvchi va
o'qituvchilar jamoalarining turmush tarzi va dasturiga aylangandir. Ayniqsa, jismoniy
tarbiya daqiqalari, sport va jismoniy tarbiya targ'iboti, ishlab chiqarish ta'limi
texnologiyasi
va
ishlab
chiqarish
amaliyoti
borasidagi
yutuqlarni
rag'batlantirishda, o'quvchilarning uzoq vaqtgacha ish qobiliyatlarini saqlab
turishda, yoshlarimizning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb mazmuniga bog'lash
borasidagi dars jarayonlarida ahamiyati beqiyosdir.
Jismoniy tarbiya sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda ham amalga
oshiriladi.
Jismoniy madaniyat sport ishlari yoki oddiy sport sho'balari, klublari, guruhli
yoki ommaviy musobaqalar va hokazolarda namoyon bo'ladi. Jismoniy tarbiya
bo'yicha o'quvchilar bilan alohida tarzda ishlash natijasida a'zolari bo'shashib qolgan,
jismoniy kamchiligi bor, darsdan ozod bolalarning sog'liklarini tiklash ishlari olib
boriladi. Ikkinchi ma'noda jismoniy qobiliyatli bolalarning qiziqish va intilishlarini
hisobga olib ham alohida mashg'ulotlar yo'lga qo'yiladi. Ayrim qobiliyatli bolalar,
maktab va boshqa o'quv yurtlarida o'qish bilan birga ommaviy sport ishlarida
ishtirok etib, yuksak natijalarni qo'lga kiritishlari, xatto, o'rta maxsus yoki oliy
ma'lumot ham olishlari mumkin.
Maktab va kasb-hunar kollejlarida, liseylarda jismoniy tarbiya darslari
o'quvchilarning jinsiy farqlariga asoslangan holda, shuningdek, kasb turlariga
qarab turli vazifalarni hal etish mumkinligini inkor etmaslik kerak. Masalan,
o'quvchi o'g'il bo'lsa unda erkaklik fazilatlari, kuchlilik, aniqlik harakatlarini
maromiga sola bilish, dangasalikni bartaraf eta olish, jinsiy еtuklik, yaroqlilik
shakllantiriladi.
Qizlarda esa harakatlarida muloyimlik, aniqlik, qizlik latofati, qo'rqoqlikni bartaraf
eta olish kabi sifatlar qaror toptiriladi.
Jismoniy tarbiya mazmunida «jismoniy mehnat», «jismoniy ta'sir», «jismoniy
jazo» va boshqa iboralar ham uchrab turadi. Jismoniy mehnat-aqliy mehnatdan
farqli o'laroq insonning jismoniy-kuchi, muskul harakatlari qismlari va boshqalar
bilan bog'langandir. Jismoniy mehnat to'g'ri yoki noto'g'ri tashkil etilishiga qarab
yoshlarga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini unutmaslik lozim. Har qanday
sharoitda ham jismoniy mehnat turlarini jismoniy tarbiya mazmuniga kiritilish
maqsadga muvofiqdir. Jismoniy ta'sir- bu inson badaniga yo biron-bir buyum bilan,
yoki insonlar tomonidan(qo'l, oyoq, badan orqali) ta'sir ko'rsatishdir. Yaqin
vaqtlargacha bu haqida juda oz fikr bildirilgan va uni nopedagogik ta'sir deb
kelingan еdi. Pedagogik tajribada o'quvchilarni aqliy faoliyatlarini
rag'batlantirish maqsadida jismoniy ta'sir ko'rsatishdan tez-tez foydalandiish
mumkinligi isbotlangan. Masalan, bolalarning boshini silash, qo'lini bolalar еlkasiga
yumshoq qo'yish orqali ruhlantirish, partadagi bolalar yoniga o'tirib hamkorlik
bildirish va hokazo va shunga o'xshash. Bunday badan tarbiya orqali ta'sir ko'rsatish
o'quvchilarning tarbiyalash darajalari samaradorligini oshiradi, o'qituvchi o'rtasidagi
to'siq bartaraf etiladi va osoyishtalik, bir-biriga ishonch qaror topadi.
Jismoniy jazo-o'quvchidagi xulqiy kamchilik yoki biron-bir noahloqiy
xatti-harakatlarni bartaraf etish maqsadida qo'llaniladi. Jismoniy jazoga ochlik
e'lon qilish ham kiradi. Bizning maktablarimizda jismoniy jazo bekor qilingan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya mazmuni yuzasidan yagona «mudofaa va
mehnatga tayyorlash» kompleksi tashkil etilgan.
Mazkur kompleks 6 darajadan iborat.
1) Birinchi daraja «Startga bo'l tayyor» (6-9 yosh)
2) Ikkinchi daraja «Jasurlar va chaqqonlar» (10-13yosh)
1)
Uchinchi daraja «Sport o'rinbosarlari» (14-15 yosh)
2)
To'rtinchi daraja «Kuchlilik va mardlik» (16-18 yosh)
Qolgan 2 darajasi 18 yoshdan ortiq bo'lgan bolalar uchun
mo'ljallangan. Agar maktab va bilim yurtining sport bazasi yomon, pedagogik
kadrlar bilan yaxshi ta'minlanmagan bo'lsa, yuqoridagilarni amalga oshirish
mushkuldir. Ko'rinib turibdiki, jismoniy tarbiya o'z mazmuni va qo'yilishiga ko'ra
vazifasi kengdir. U boshqa tarmoqlar mazmuniga kirib, turli vazifalarni ham
bajaradi. Biroq, u maqsadga muvofiq va maxsus shug'ullanishni taqozo etadi.
Maktab kasb-hunar kollej, akademik liseylarda jismoniy tarbiyalash uchun
quyidagi shartlarni bajarilishi shart:
1.
Shaxsning jismoniy kamolotini nazarda tutgan
xolda,tarbiyalanuvchining jismoniy madaniyati bo'yicha
turmush tarzini qaror toptirish.
2.
Jismoniy tarbiyani pedagogik jarayonni tashkil etishda tabiiy, madaniy
uyg'unlashish
va
insoniylikka
asoslanib
shakllantirish.
3.
Jismoniy tarbiyani aqliy, ahloqiy tarbiya bilan,
o'quvchilarning ma'naviy hayoti bilan bog'liqligini
ta'minlash.
4. Moddiy texnika, kadrlar bilan va uslubiy
jihatdan ta'minlash va hokazo.
Jismoniy tarbiyani ta'bir joiz bo'lsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash
jarayonlarining tarkibiy qismi deb qarash lozim.
Hozirgi kunimiz uchun ya'ni oila va maktabda yoshlarning tabiiy o'sishlarini
ta'minlash zarur bo'lgan quyidagi qoidalarga rioya qilinishi yutug'imiz garovidir.
1. Oila va maktabda hamma yoshdagi o'quvchilar uchun bir kecha kunduzlik
rejim o'rnatish va ularga rioya qilinishini nazorat qilib borish lozim. Mehnat dam
olishning, og'ir mashg'ulot bilan engil mashg'ulotning to'g'ri navbatlanib turishi,
doimo ma'lum vaqtda ovqatlanish, ma'lum vaqtda ochiq havoda bo'lish, o'z vaqtida
uxlash va hokazolar sog'lom o'sishning muhim shartidir.
2. Tashqi sezgi a'zolarining sog'lom bo'lishi uchun g'amxo'rlik qilish kerak.
Yoshlarimizning aqlan barkamolligi, mehnat va mudofaaga to'la yaroqli
bo'lishlari uchun tashqi sezgi a'zolarining sog'lom bo'lishi juda katta ahamiyatga
egadir.
O'quvchilarning ko'zini chang, tutun va havo iflosliklaridan saqlash: yuvinib
turishini maslahat berish lozim. Daftar va kitobni xaddan tashqari yaqinlik bilan
o'qish, yozishlari ularning uzoqni ko'ra olmaydigan bo'lib qolishlariga olib kelishini
tushuntirish, yaxshi yoritilmagan xonalarda kitob o'qimaslikni maslahat berish
darkor.
Quloqlarni kirlanishdan, shamollashidan va ichiga iflos narsalarning kirib
qolishidan saqlanishini o'rgatish kerak. Eng muhim gigiyenik qoidalarga rioya
etish, badanimizni toza tutishimiz lozimligini erinmay tushuntirishimiz shart.
3. O'quvchilarning umurtqa pog'onasi, tos va еlka suyaklari egrilanib,
ko'krak qafasi o'sishdan to'xtab qolmasligi, uzoqni yaxshi ko'rolmaydigan bo'lib
qolmasliklari uchun o'qituvchi ularni sinf mashg'ulotlari vaqtida partada to'g'ri
o'tirg'izishlari kerak.
4. O'quvchilarimizning
sog'lom
o'sishlarida
еtarli
ovqatlanish-
(hayvon,
o'simlik oqsillari, xo'l
meva,
suyakning
o'sishi uchun
еtarli
tuzlar)
tartibi
to'g'ri
va
tartibli
nafas
olish
haqida(kamida
2-
3 soat ochiq havoda bo'lish) ga ham g'amxo'rlik qilishimiz darkor.
Buning uchun oilada va
maktabda
engil ishlar bilan shug'ullanish,
gimnastika
mashg'ulotlarini
bajarish
kabilarni
joriy
etilishi
maqsadga muvofikdir va hokazo.
Yuqoridagi omillarning samaradorligi ota-ona va o'qituvchilarning ziyraklik va
mohirlik bilan tarbiyaviy ishlarini tashkil etishlariga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |