partasidan keng tanishtirib borish o'zining samarasini beradi. Bunda
ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o'qitiladigan barcha fanlarda,
ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix
kabi fanlarni o'qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul'tetiv
mashg'ulotlarda, darsdan tashqari to'garak yig'ilishlarida, ekskursiya davrida
hamda o'zlariniig kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni
o'rgana boradilar.
Fanlarni o'qitishda o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko'nikma,
malakalarini shakllantirish o'qitishda qo'yilgan maqsad va vazifalarga
mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu
mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e'tibor qilinadi.
Hozirgi zamon ekologiyasining qonun va qoidalarini, dastlabki ekologiya
ma'lumotni hamda madaniyatni shakllantirish 3 yo'l bilan -dars
mashg'ulotlarida,
sinfdan
tashqari
o'tkaziladigan
tadbirlarda
va
ekskursiyalar vaqtida amalga oshiriladi. Bunda tabiat o'quvchilarga
ekoligiya haqida ekoligiya qonuniyatlar va tushunchalar to'g'risida bilim
beriladi.
Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga
oladi:
-Atrof muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri;
-Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi;
-O'z
tumanini,
shaharini,
qishloq
va
maktab
xovlisini,
ko'kalamzorlashtirishda,
xatto,
sinf
xonasidagi
o'simliklarni
ham
parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
-Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
-Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarini namunalari;
-Oiladagi, maktabdagi tarbiyani, o'simliklar va hayvonot dunyosini
e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
-Tabiatga ongli munosabat jarayonida o'quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirish;
-Yoshlarning ekoligiya tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta
tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish;
Bolalarda ekoligiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirishda tarix fanining
imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o'lkamiz tabiati
qanday bo'lmagan, o'simliklar va hayvonot olamini, uning ekoligiyasi -chi
kabi savollarga tarix fanidan javob topish mumkin.
Maktabda o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani
geografiya darslarida har bir mavzuga bog'lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish
ona tili bo'yicha mashg'ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili
darslaridagi ko'plab mashqlar o'quvchilarda tabiatga mehr uyg'otishda qo'l
keladi. Mashqlardagi suv va havo, o'simlik va hayvonot olamiga taalluqli
fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr
uyg'otish mumkin.
Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog'langan. Bunda har bir
asarni o'qib tahlil qilish vaqtida va o'quvchiga tushuntirayotganda faqat
bezash nuqtai nazaridan emas, ya'ni tabiatny muxofaza qilish nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham
o'quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-
11sinflarda "Tabiatni asrash-Vatanni asrash", "Tabiatni e'zozlaylik" kabi
mavzularda turli baxs va she'rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham
ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o'qitilayotgan
xalq og'zaki ijodi misolida esa o'quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari
nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini
o'rganadilar.
O'quvchilarga
aytiladigan
ertaklarda
hayvonlar
va
o'simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o'rni ochib beriladi.
O'qilgan badiiy asarlar misolida, o'tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi
munosabatda bo'lish va toshbag'irlik bilan qarash dalillari muhokama
qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta'lim va tarbiya jarayonida
o'quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o'zgarishlar inson sog'lig'iga
qanday ta'sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo'lishadi. Masalan,
Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir
yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday
holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib
kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari
tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo'yicha har yili taxminan 6-
7 mln.gektar еr ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko'p
vaqt kerak bo'ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300 -
500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa
taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan
ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni
asrab avaylash har bir kishining kelajak oldidagi burchi h isoblanishini
uqtiriladi.
Mehnat ta'limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda
ko'rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ekologik ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda sinfdan tashqari darslarni
ahamiyati kattadir. Xususan, tabiat qo'yniga sayohatlar, ekologik
yo'nalishdagi to'garaklar, shu mazmundagi kechalar o'tkazish o'quvchilar
xotirasida uzoq saqlanadi. Sayohatlar mazmuni asosan tevarak-atrofni
kuzatishga qaratiladi. Sayohatlarda o'quvchilar tabiatdan inson qanday
foydalanayotganligini ko'radilar, kattalarning tabiatga to'g'ri yoki noto'g'ri
munosabatda bo'layotganligini guvohi bo'ladilar. Tabiat qo'ynida bo'lish,
o'quvchilarda estetik kechinmalarni paydo qiladi. O'quvchilar qushlarni
sayrashini eshitib, o'simliklarni yashnashini ko'rib quvonadilar. Bu
holatdan ular ham estetik, ham ekologik tarbiya oladilar.
Ekologik yo'nalishdagi to'garaklarda bolalarni tabiatga zarar еtkazmaslikka,
tabiat go'zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o'rgata
boriladi. To'garak mashg'ulotlarida o'tiladigan "Tabiatni e'zozlaylik",
"Tabiat va inson", "Ekoligiya va inson", "Orol madad suraydi", "Qushlar
-bizning do'stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi.
Bag'ritosh,
;
shafqasiz, tabiatni mensimaslik kayfiyati bilan qaraydigan
bolalarni
hushyorlikka
chorlaydi.
To'garak
mashg'ulotlarida
yana
hashoratlarni tugab, ularga ozor beradigan, chumolilar inini, qushlar uyasini
buzadigan, o'simliklarni bosib, yulib oladigan o'quvchilarning xatti-
harakatlarini muhokama qilish zarurligini uqtiriladi. O'quvchilar to'garak
ishlarida faqat mavzular o'rganib yoki turli kechalar o'tkazibgina qolmay,
bevosita amaliy ishlar ham qiladilar. Ya'ni, gullarni o'stiradilar,
qushlarni, quyonlarni boqib, parvarish qiladilar. Demak, o'quvchilarni
tabiatni muhofaza qilishda, tabiat hodisalarini kuzatishga o'rgatishda
ekologik to'garaklarni ta'siri katta.
Maktabda ekoligiyaga oid ta'lim-tarbiya birligi amalga oshirilsagina,
o'quvchilarda bir butun ekologik bilimlar tizimi shakllanishi mumkin.
Bunda, albatta, butun maktab jamoasining - sinf rahbarlari, fanlar
o'qituvchilarining o'zaro hamkorligi talab qilinadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng, xalq pedagogikasidan
bahramand bo'lish zaruriyati tug'ildi. Atrof- muhitni muhofaza etish,
moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid tarbiyani milliy qadriyatlar
va an'analar, sharqona urf-odatlar orqali berish ehtiyoji paydo bo'ldi.
O'qituvchining
bolalarga
ekologik
ta'lim
va
tarbiya
berishida
xalqimizning o'ziga xos milliy tarbiyasidan o'rinli foydalanishi yaxshi
samara beradi. Milliy tarbiyamizda to'rt narsa-yer, suv, tuproq, havo
muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e'tiqod
qo'yib, yozning eng jazirama kunlarida "Suv sayli" o'tkazgan. Ota-
bobolarimiz "Suv tabiat in'omi, hayot manbai" deb,-bejiz aytishmagan, har
tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog'-rog'lar yaratishgan. Biz esa
suvdan xo'jasizlarcha foydalanishimiz natijasida orol muammosining
tug'ilishiga sababchi bo'ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan еrga
to'la еtib bormasligi natijasida bugun O'rta Osiyo uchun ahamiyatli bo'lgan
orolning butunlay yo'qolish havfi bo'ldi.
Ma'lumki, еr yuzining to'rtdai uch qismi suv bilan qoplangan. Ammo 2,5
foizi
yaqin chuchuk suv bor xolos. Demak, ichimlik suvidan ham tejab-
tergab foydalanish kerak.
Tuproq ham insoniyat boyligidir. Ajdodlarimiz o'rmonlarni kesilishi, tuproq
еmirilishining kuchayishiga, еr osti va еr usti suvlarning kamayishiga,
iqlimning o'zgarishiga, hayvonlarning yo'qolishiga olib kelishini aniqlaganlar.
Shuning uchun ham tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko'rsatganlar. Asrlar
davomida yosh avlodni suvga tupurma, nonni bosma ko'zingga surt, daraxtni
sindirma, qushlarga ozor berma deb, tarbiyalab keldilar. O'z qarashlarini halq
og'zaki ijodi orqali ifodaladilar. Masalan, maqolalarda еr, еr osti
boyliklari, suv, hayvonot olami, qushlar o'simliklar va boshqa tabiat
boyliklarini chuqur mazmunli satrlarda ta'rifladi. Hatto oldinlari farzand
dunyoga kelsa, unga atab, yaxshi umidlar bilan ko'chatlar o'tqazganlar.
Donishmandlik
durdonasi
hisoblangan
hadislar
ta'lim-tarbiyani
singdirishga katta yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish haqida hadislarda
ham diqatga sazovor fikrlar aytilgan. Masalan, "Soyasidan xalq foydalanib
turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do'zaxga mahkum etur",
deb insonlarni qo'rqitish orqali tabiatga zarar keltirmaslik targ'ib qilinsa,
"Dehqonchilik bilan shug'ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga
qo'riqchilarni ko'paytiringlar" deyishi bilan xalol mehnat samarasini ko'rish
zarurligini uqtiriladi. Qaysi bir musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt
o'tqazsa, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan
еyilgan narsaning har biridan unga sadqa savobi yoziladi» - deb bag'ri
kenglik, jonzotlarni asrash zarurligi goyasi ulug'lanadi. "Ekmoq
niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda, bexosdan qiyomatqoim bo'lishi
aniq bo'lganida ham ulgursangiz, uni ekib qo'yavering", "Kim suv toshqinini
to'xtatsa yoki yong'inni o'chirsa, unga shaxidlik ajri beriladi" kabi hadislarda
ekoligiya va tabiat muhofazasiga oid tushunchalar beriladi.
Demak, ota-bobolarimiz azal-azaldan tabitaga yuksak mehr va
ehtirom ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chatlarni, xovlilarni
sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga munosabati urug' qadash, qovun
sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro'z bayrami, xirmon to'yi
kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari ularning
hayot tarziga aylanib ketgan.
Bu muqaddas zaminni - bu diyorni obod etish, uning atrof-muhitini toza
saqlash
Shu
mamlakat
har
bir
fuqarosining
insoniy
burchidir.
Obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik
va xushmuomalalik har bir inson uchun, xususan, pedagoglar va
o'qituvchilar uchun ham ekologik ma'naviy mezondir, o'quvchilar
ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
-Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular
orasidagi bog'lanish;
-Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
-Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;
-Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o'quvchilarda tabiatni
muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg'otadi, tabiatni himoya qilish
uchun kurashishga, uning go'zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga
muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy
belgilarni rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |