Sabzavot yetishtirish. Dehqonchilikning ushbu turi ham, umuman olganda, rivojlanib bormoqda. Barcha turdagi sabzavotlar respublikada 2017 yilda 10219,9 ming tonnani, 2018 yilda 9760,3ming tonnani tashkil qilgan holda, ularning mustaqillik yillaridagi o’sishi quyidagicha bo’lgan: 1995 y.-2725 ming t., 2000 y.-2645 ming t., 2005 y.-3518 va 2010 y.-6346 ming tonna 2016 yilda 11272,5 ming tonna bo’lgan. 2017-yil ko’rsatkichlari 2000-yilga nisbatan 3,8 barobarni tashkil qilgan.Jami sabzavot eqilgan maydon 2017-yilda 189,0 ming gektarni (2005 yilda-137,7 ming ga), hosildorlik o’rtacha gektariga 253,6 sentnerni tashkil etdi.2018yilda hosildorlik 237,1s/ga ni tashkil etgan. Ekin maydoni bo’yicha Samarqand (29,1 ming ga) va Toshkent (26,0 ming ga) viloyatlari yetakchilik qiladi va faqatgina ularning hissasiga respublikada sabzavot bilan band bo’lgan ekin yerlarning 29 foizi to’g’ri keladi. Bu bejiz emas, albatta. Sababi - ayni shu mintaqalarda yirik shaharlar, urbanizatsiya yuqori darajada rivojlangan.2018yilda sabzavot yalpi hosili bo’yicha ham shu viloyatlar keskin ajralib turadi: Andijon viloyatida - 1570,9 ming t, Samarqand viloyatida 1439,0 ming t., uchinchi o’rinda Toshkent viloyati – 1082,2 ming t. Hosildorlikning yuqori darajasi Andijon viliyatida, Buxoro , Surxondaryo, Namangan viloyatlarida ko’zga tashlanadi: mos holda 285,7 -257,9 -254,7 -254,7 s/ga. Odatdagidek, eng past ko’rsatkichlar Qoraqalpog’istonga tegishli - yalpi hosil 244,1 ming t. Barcha sabzavot turlari bilan kartoshka singari respublika o’z extiyojlarini to’la qondiradi. Ortiqchasi boshqa mamlakatlarga, jumladan qo’shni Qozog’iston va Afg’oniston, shuningdek, qisman Rossiya Federatsiyasi bozorlariga ham chiqariladi.
Polizchilik. O’zbekistonda polizchilik qadimdan rivojlangan. Bunga, eng avvalo, yurtimizning iqlim sharoitlari qo’laylik yaratgan. Mamlakatimizda yetishtirilgan shirin-shakar kovun va tarvo’z lar allomalarimizning asarlarida, xorijiy sayyoxlar ma’lumotlarning ta’rifi ham aks zttirilgan’.
Mustaqillikning dastlabki, ya’ni 1991-yilda O’zbekiston jami 926 ming t. poliz mahsulotlari yetishtirilgan. 1995-yilda olingan hosil 472 ming, 2000-yilda- 451 ming, 2005-yilda-615 ming va 2013-yilda 1558 ming, 2016 yilda 2045,2 ming tonna, 2017yilda 2031,0 ming, 2018yilda 1837,0 ming tonna hosil olingan. Jarayon tahlili shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda poliz mahsulotlarini yetishtirish yildan-yilga biroz kamayib borgan (xususan 2000-yillargacha), sungra o’zgarishda davom etib, hozirgi kunda 1991-yil ko’rsatkichidan ancha o’tib ketgan. Respublikada jami poliz ekinlari maydoni 2017-yilda 52,3 ming gektardan (2005 y.-33,9 ming ga) iborat bo’lgan. Dehqonchilikning ushbu yo’nalishi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi (12,3ming ga),(Jizzax (6,9 ming ga), Qashqadaryo (6,3 ming ga), Xorazm (5,7 ming ga) viloyatlari birmuncha ajralib turadi. Polizchilik an’anaviy holda Sirdaryo (Mirzacho’l) viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida ham rivojlangan. Andijon va Navoiy viloyatlarida esa poliz dalalari ancha ozroq. 2018yilda yalpi hosil Surxondaryoda (249,9ming tonna), Jizzax (227,0ming tonna) va Sirdaryo(216,3 ming tonna) viloyatlarida eng yuqori bo’lgan. Yalpi hosilning eng kam miqdori Namangan va Toshkent viloyatlarida, hosildorlikning eng kam darajasi Qoraqalpog’istonda qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |