G’allachilik. Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishgach, don (g’alla, bug’doy) mustaqilligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Bu, o’z navbatida, paxta yakka xokimligiga barham berish, paxta maydonlarini qisqartirish asosida bug’doy maydonlarini kengaytirishni talab qildi. Natijada, istiqlol yillarida don yetishtirish 3,6 mln tonnaga ortdi; masalan, 1991-yilda respublikamizda 1908 ming tonna donli ekinlar hosili olingan bo’lsa, 2013-yilda bu raqam 7800 ming tonnaga yetdi, bu 2000 yilga nisbatan 2 marta ko’p demakdir. 2016 yilda esa 8263,8 ming tonna, 2017 yilda esa 7288,5 ming tonna g’alla yetishtirildi. Respublikamizda donli ekinlar maydoni 2017 yilda 1655,6 ming gektarni tashkil etdi. Bu borada Qashqadaryo viloyati yetakchilik qiladi – 256,7 ming ga; ikkinchi o’rinda Jizzax (212,5 ming ga), uchinchi o’rinda Samarqand viloyati (185,8 ming ga) turadi. 2017 yilda Qashqadaryo viloyatida 964,8 ming tonna, Samarqand viloyatida 744 ming, Buxoro viloyatida 633,3 ming tonna, Surxondaryo viloyatida 631,4 ming tonna donli ekinlardan hosil olingan. 2018yilda Mamlakatimizda 3396,0 ming gektarga donli ekinlar ekilgan. Don yalpi hosili 6 535,5 ming tonnani tashkil etgan. Qizig’i shundaki, ekin maydoni bo’yicha oldingi o’rinlardan birida turgan Jizzax viloyatida yalpi hosil 524,7 ming tonnaga teng, xolos. Maydoni bo’yicha eng oxirgi o’rinlarda Navoiy, Namangan viloyatlari, yalpi hosilga ko’ra - Qoraqalpog’iston va Navoiy viloyatlari turadi. Hosildorlik, 1 ga o’rimlik maydondan, respublika bo’yicha 2017- yilda o’rtacha 39,7 s/ga, 2018 yilda esa 38,1 sentner bo’lgan holda, eng yuqori ko’rsatkichga Andijon viloyati (58,0) Buxoro viloyati (57,1 s/ga). Xorazm 43,8 sentnerni, Namanganda (43,3 s/ga), Surxondaryo viloyatida bu ko’rsatkich 42,9 s/ga, tashkil qilgan. Eng past hosildorlik Jizzax viloyati va Qoraqalpog’istonda qayd etilgan. – 20,9 va 27,6 s/ga. Ta’kidlash joizki, bu ko’rsatkichlar umumiy ekin maydonga emas, urilgan maydonga nisbatan olingan. Bunday maydonlar mamlakat bo’yicha jami 1647 ming gektar, ya’ni umumiy maydonga qaraganda biroz kam. Mazkur farq asosan Jizzax va Samarqand viloyatlari hisobidan yuzaga kelgan. Donli ekinlar tarkibida bug’doy asosiy o’rinni egallaydi; uning hissasiga jami g’allaning taxminan 90-91 foizi to’g’ri keladi. Bug’doy yetishtirishda ham Qashqadaryo viloyati oldinda, u respublikada olingan jami bug’doyning 14,2 foizini beradi (771,7 ming t-2018y)). Dehqonchilikning bu yo’nalishi Samarqand, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlarida ham yaxshi yo’lga qo’yilgan Ayni chogda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Navoiy viloyatida u sust rivojlangan. 2017-yilda mamlakatimizda jami 6079,2 ming tonna bug’doy olingan. 2018yilda 5410,8ming tonna bug’doy etishtirilgan.
Don ekinlarinnng asosiy qismi boshosli ekinlar, xususan bug’doydan iborat. Shu bilan birga, respublikamizda qisman bo’lsada don uchun makkajuxori va sholi yetishtiriladi. Mamlakatda 2017yilda 389,4 ming t. makkajuxori va 395,4 ming t. sholi olingan. Agar makkajo’xori ozmi-ko’pmi deyarli barcha viloyatlarda yetishtirilsa, sholichilik asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |