Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muxim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli, u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o’zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishi, ya’ni ularning ishida kechikishlar, uzilishlar paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin.
O’z qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni noto’g’ri tarbiyalagan rahbar hisoblanadi.
YAxshi yo’lga qo’yilgan nazorat ishonchli qaytma (javob) aloqadir. Bunday aloqa bo’lmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining amalga oshirilishiga zarur bo’lgan hollarda tuzatishlar kiritib bo’lmaydi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o’z ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
Har qanday menejment funktsiyasi boshqaruv xodimlarining o’ziga xos faoliyatining turidir, mehnatning kasbiy taqsimoti, boshqaruv sohasidagi ixtisoslanish natijasidir. Ushbu faoliyatni o’ziga xosligi shundaki, har bir funktsiya berilgan maqsadni bajarilishiga yo’naltirilgan. SHuning uchun u o’zining mavjud rolini o’ynaydi va boshqaruv xodimlarining umumiy faoliyatini tarkibiy qismi hisoblanadi.
Funktsiya lotincha “function” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, bajo keltirish, bajarish, amalga oshirish ma’nosini bildiradi. Xorijiy so’zlar lug’atida funktsiya faoliyat darajasi, majburiyat, maqsad va rol deb ifodalanadi. Menejment funktsiyalari boshqa-ruvchi va boshqariluvchi tizimlarni bir butun qilib bog’lab, aniq majburiyatlar bilan tavsiflaydi.
Menejment funktsiyalariga tadqiqotchilar o’zlarini nazariy qarashlari asosida yondashganlar. Masalan F.Teylorning fikricha, har bir xizmatchi eng yuqori lavozimdan eng quyi lavozimgacha imkoni boricha oz sonli vazifani bajarishi kerak. Ba’zi mutaxassislar o’z qarashlarida menejment funktsiyalarining asosiy tayanchini mazmuniy tomonga emas, balki axborotli tomonga yo’naltirganlar. Menejment funktsiyasi deganda, ular eng avval axborotga ishlov berilishidagi tashkiliy faoliyat, ya’ni shunday zarur mehnat faoliyati turiga bevosita axborotni ishlab chiqarishni boshqaruvning manfaati uchun harakati va ishlatilishi bilan bog’liqligi, shu jumladan, zarur qarorlar ishlab chiqilishi tushuniladi. Ayrim mualliflar menejment funktsiyasini menejment sub’ektlarini harakat operatsiyasi desa, boshqasi ijtimoiy jamiyat birlashmasi faoliyatining bir qismini tartibga solinishi deydi, uchinchisi esa ob’ektiv zarur, barqaror takrorlanuvchi harakat degan xulosaga kelishgan.
Yirik mutafakkirlardan biri A.Fayol boshqaruvchining korxonada bajariladigan barcha funktsiyalarini quyidagi oltita guruhga bo’lgan:
texnik (ishlab chiqarish, yasash, qayta ishlash).
tijorat (sotib olish, sotish, almashtirish).
moliyaviy (kapital topish, uni boshqarish).
himoyalash (mulkni va shaxsni himoyalash).
hisob-kitob (muvozanat, sarflar, statistika).
ma’muriy (ish olib borish, tashkil qilish, farmon chiqarish va nazorat).
A.Fayol boshqarishning umumiy funktsiyalarini turkumlashda yagona muallif hisoblanadi. A.Fayolning fikricha ma’muriy funktsiya korxona rahbari zimmasidagi eng katta o’rinni egallovchi majburiyatdir.U rahbarning predmeti sifatida quyidagilarni bildirgan:
-oldindan ko’ra bilish (kelajakni o’rganish va harakat yaratish);
-tashkil qilish (korxonaning moddiy-texnika bazasini yaratish);
-farmon berish (korxona xodimlarini harakatga keltirish);
-tartibga keltirish (barcha jarayonlarni, harakat va intilishlarni birlashtirish);
-nazorat qilish (qonun-qoidalarga, chiqarilgan farmonlarga rioya qilinishini kuzatish);
Menejmentning funktsiyalarini turkumlash muammosiga bildirilgan fikr-mulohazalar tahlili quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon yaratadi:
-menejer tomonidan maqbul qarorlar ishlab chiqiladi;
-korxona taraqqiyotini ta’minlaydigan buyruqlar chiqariladi va bajaruvchilarga yetkaziladi;
-mehnat samarali tashkil qilinadi va tartibga solib boriladi;
-qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazorat qilinadi.
Menejment jarayoni, eng avvalo, uning oliy maqsadini aniqlashdan va shu bilan birga, uni amalga oshirishni zaruriy harakatlar dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma’lumki, rejalashtirish boshqarishning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Rejalashtirish, eng avvalo, kelajakni belgilash, uning samaradorligini oshirishning istiqbolli yo’nalishlarini tanlashdir. Qarorlarning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi vaqtda rejalash-tirishning muhim yo’nalishi kelajakni bashorat qilishdir. Kelajakni bashorat qilish iqtisodiy matematik usullar yordamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Menejmentning tashkil etish funktsiyasi qo’yilgan maqsadlarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika bazasini yaratish, boshqaruv apparatining maqsadga muvofiq tashkiliy tarkibini aniqlash, zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish, yangi standartlar, boshqaruv bo’linmalari to’g’risidagi qoidalar, vazifaviy yo’riqnomalar tayyorlash va boshqalarni o’z ichiga oladi. Tashkil etish funk-siyasi korxonada bo’limlar faoliyatining tarkibiy-tashkiliy bog’lanishiga belgilangan rejalarni ma’lum tartib asosida bajarilishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, korxonada barcha jarayonlarni birligini ta’minlab, yagona maqsadga birlashtiradi.
Menejmentning muvofiqlashtirish funktsiyasi belgilangan dasturni yoki maqsadga muvofiq yoki rejani amalga oshishini, ishlab chiqarish jarayonlarining bir me’yorda borishini ta’minlaydi va o’rnatilgan me’yordan og’ishini bartaraf etadi. Bu korxonada zaruriy tartiblilik va barqarorlik holatini o’rnatadi. Ishlab chiqarishni taraqqiy etishi bilan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi aloqalar doimo ham bir me’yorda davom etmaydi. Bo’limlarning vazifaviy majburiyatlarini to’liq baja-rilmasligi natijasida o’zaro aloqalarda uzilishlarni, jarayonlarda og’ishlarni vujudga keltiradi. Bu masalalar muvofiqlashtirish funktsiyasi orqali yechiladi. Muvofiqlashtirish funktsiyasi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida katta ahamiyatga ega. Unga ishlab chiqarish ko’lami oshgan, murakkablashib borayotgan iqtisodiy aloqalar vujudga kelgan sari katta talab qo’yilmoqda. Menejmentning muvofiqlashtirish funktsiyasi orqali korxonaning dinamikasini, boshqaruv tizimini turli qism va bo’linmalari bilan aloqasini bir tekisligi ta’minlanadi.
Menejmentning nazorat qilish funktsiyasi vazifasi amalda belgilangan topshi-riqlarning bajarilishini, ishlab chiqarishning bir me’yorda davom etishini kuzatish, uzilish holatlarni, o’rnatilgan talablardan og’ish sabablarini aniqlash, bartaraf etish, ularni oldindan bilish va ogohlantirish, ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlashdir. O’zining mohiyatiga ko’ra nazorat funktsiyasi universal hisoblanadi, chunki, korxona funktsiyasining barcha bo’g’inlari va bo’linmalariga (texnologik jarayonlarning nazorati, texnik hujjatlar holatini nazorat qilish, mahsulot sifatini nazorat qilish va hokazo) kirib boradi va menejmentni boshqa funktsiyalari bilan yaqin bog’langan bo’ladi. SHunday qilib, menejmentning nazorat funktsiyasi korhona faoliyatining haqiqiy holatini o’rnatilgan talablardan og’ishidan doimo xabardor bo’lib turish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, menejmentning funktsiyalari bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar turlicha bo’ladi:
*Menejmentning iqtisodiy fynktsiyalari:
mablag’larning doiraviy aylanishini amalga oshirish;
mahsulot ishlab chiqarish va xuzmatlar ko’rsatish;
marketing xuzmatini uyushtirish;
foyda olishni taminlash va h.k.
*Menejmentning ijtimoiy funktsiyalari:
mehnat sharoitini yaxshulash;
xodumlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish,
moddiy rag’6atlantirishni ta’minlash;
ujtumoiy humoyani ta’minlash va h.k.
*Menejmentninr ma’naviy-ma’rifiy funktsiyalari:
xodimlarni insoniylik, yaxshulik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ryhida tarbuyalash;
xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbuyalash, adolat tuyg’usini, bulum va ma’rifatga intulishni tarbuyalashga xuzmat qulish va h.k.
*Menejmentning tashkiliy funktsiyalari:
ishlab chiqarishni tashkil qulish;
o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish;
barcha bo’g’in va bo’lumlar o’ptacuda vazifalar taqcumoti, vakolat va boshqarish apparati xodumlari o’ptacuda mas’uluyatlarni belgulash;
boshqarishning aniq uslu6ini tanlash va qaror qabul qulishda ish tartibi izchullugi, axborotlar oqumini tashkil qulish va h.k.
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qicmlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. SHuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Menejmentninr fnktsiyalaridan yana biri – bu tapmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlash. Har bir korxona qandaydir bir tapmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda, u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tytishi lozim. Tapmoqqa doir bo’lgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Buningsiz tarmoq “yo’qoladi”, yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taallyqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo’ladi.
Biroq ayni vaqtda, boshqarishning hududiy fynktsiyaari ham zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tapmoqlap (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni o’rnatilishini ta’minlaydi. Hududiy funktsiyalar idorachilik g’ovlarini yo’qotish, noratsional tashyvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.
Qayd qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning o’ziga xos aniq funktsiyalari ham bor.
Menejmentning o’ziga xos aniq funktsiyalari deganda, muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi.
Tegishli funktsiyalarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari - direktor (rais), uning o’rinbosarlari, bo’g’in va bo’limlar boshliqlari, brigadirlar, shuningdek,, xizmat ko’rsatish bo’limlari rahbarlari - kadrlar bo’limi boshlig’i, reja-iqtisod bo’limi boshlig’i va boshqalar mas’uldirlar. Quyida (11.4-jadval) korxona (firma, jamoa xo’jaligi)ni menejmentning o’ziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |