11-mavzu. Boshqaruv qarorlari va funktsiyalari



Download 119,48 Kb.
bet2/14
Sana15.08.2021
Hajmi119,48 Kb.
#148302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11.1.маъруза.

Qaror qabul qilish – bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadiga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarzdorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayoni.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha tsex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta qaror shu tsex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan.

Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq.

Ulardan asosiylari quyidagilardir:



  • qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati;

  • qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;

  • qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).

To’g’ri qarorni to’g’ri tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bo’lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan maqsadni xo’jalik maqsadiga muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqgisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur.

Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.

Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo’ladi.

Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, tsex boshlig’i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan tsex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o’zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi strategik masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi.

Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar.

Masalan, ulardan ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay turib hech qanday qaror qabul qilmaydi.

Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror qabul qilishdan cho’chiydi, o’z rahbari ko’rsatmasini kutib o’tiraveradi.

Har qanday darajadagi rahbar o’z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o’z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo’lishini aniq tasavvur qilishi kerak.

Qayd qilinganlarni umumlashtirib ta’kidlash mumkinki, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak (11.1-jadval).

Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg’itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o’z sohasini yaxshi bilmasligidan, o’z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o’zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak.

Ko’ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo’g’ini o’z ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan shug’ullanishga yetarli vaqt topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o’z huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin.

Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (11.2-jadval).

Boshqaruv qarorlari quyidaga unsurlardan tashkil topadi (11.1-rasm):


Download 119,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish