О‘quvchilarni baholash turlari
О‘quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma ishlar, laborotoriya ishlari, mustaqil amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi ayrim shakl, usullardan foydalanish aynan о‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim jarayoni shakllariga mos keladi:
Suhbat.О‘quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan bо‘lishi kerak. Bunda о‘quvchi rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari va aniq vazifalarni belgilanadi. О‘qituvchi tomonidan qо‘llab-quvatlash orqali kamchiliklarni bartaraf qilish yо‘l-yо‘riqlarini kо‘rsatib beriladi. О‘qituvchi suhbatni oldindan rejalashtiradi va о‘quvchi bilan suhbatni olib borganda, boshqa о‘quvchilar sо‘zini bо‘lmasligi uchun oldindan kelishib olishi zarur. Har bir suhbat natijasini sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga muvofiqdir. Suhbat natijasida о‘qituvchi va о‘quvchi bir necha muhim bо‘lgan yо‘nalishlarni belgilashlari lozim. Ushbu yо‘nalishlar bо‘yicha qisqa muddatli, erishib bо‘ladigan maqsadlar kelishib olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkun bо‘lgan mavjud imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |