О‘quvchi kundaligi. Uni tutish uchun о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida tо‘liq о‘zaro tushunish va ishonch bо‘lishi zarur. Kundalikda aks ettirilishi mumkin bо‘lgan shaxsiy yoki nozik mavzular bо‘yicha, о‘qituvchi qanday qilib ta'sir etishini oldindan belgilab olishi lozim. О‘quvchilar о‘qituvchi kundalikdan bilgan narsalar bо‘yicha bezovtalansalar, boshqa о‘quvchilarga maslahat bilan murojaat qilish mumkinligini bilishlari kerak.
О‘z-о‘zini baholash.О‘quvchilar qо‘yilgan maqsadga erisha olishlari uchun nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni о‘z-о‘zini baholashga о‘rgatish zarur. О‘z-о‘zini baholash о‘qituvchi bilan dialog olib borishga asoslangan. О‘quvchilarni о‘z-о‘zlarini baholashga tayyorlaganda о‘qituvchi quyidagi savollarni ishlatishi mumkin.
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz?
Qaerda xatolar bor?
Boshqaо‘quvchilargaqaysibо‘limlarnitushuntiribberishingizmumkin?
Ushbu masalalar bо‘yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
Ushbu mavzu bо‘yicha qanday qо‘shimcha ma’lumotlarni bilasiz? va boshqalar.
Kuzatuv - baholashning muhim usuli bо‘lib, u ta'lim olish jarayonini tahlil va nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi:
Faqat ishning natijasiga emas, balki о‘quvchilar qanday ish olib borayotganligi bilan ham tanishib borish.
О‘quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
О‘quvchilar erkin fikr yuritishlarini nomayon etishlari uchun muammolarni muhokama qilish.
Kuzatuv ochiq, yо‘naltirilgan va tizimli bо‘lishi mumkin. Ochiq kuzatuv paytida о‘quvchi yoki о‘quvchilar guruhi о‘zlari kuzatuv ostidaligini va baholash mezonlari tanqiddan xoliligini biladilar.
Yо‘naltirilgan kuzatuv bir о‘quvchi yoki ma'lum о‘quvchilar guruhini kuzatishga qaratilgan bо‘ladi. Ma'lum bir vazifani о‘quvchilar bajarayotgan paytda о‘qituvchi ular qanday suhbat olib borishayotgani, vazifani bajarish uchun qanday usul va vositalarni tanlaganlari va ulardan qanday foydalanayotganlarini kuzatadi. Shunday qilib о‘qituvchi ma'lum bir hatti-harakatlarda о‘xshashliklarni kuzatishi mumkin. Ushbu kuzatuv natijalarini о‘quvchilarning о‘zlarini kuzatuvlari bilan tо‘ldirilish mumkin, bu esa ushbu jarayonning turli tomonlarini kо‘rish imkoniyatini beradi.
Tizimli kuzatuv paytida mezonlar oldindan belgilangan bо‘lishi lozim, kuzatuv belgilangan, cheklangan vaqt davomida amalga oshiriladi.
Kuzatuv bir qator yutuqlarga ega:
Xohlangan vaqtda ishlatilishi mumkin.
Sinfda olib borilayotgan ishga xalaqit bermaydi.
Barcha hatti-harakat turlari haqida axborot beradi.
Alohida vaqt ajratgan holda maxsus tadbir о‘tkazishni talab qilmaydi.
Alohida vositalar va materiallarni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |