«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi, 49-band
| «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 49-bandi O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta`minlaydi. Uning ijrosi hududlarda nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish ko’lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati ongli, faol fukarolar tomonidan barpo etiladi. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega inson jamiyatda ro’y berayotgan voqea-hodisalarni kuzatadi, ularning sabab-oqibatlari haqida mushohada yuritadi, mavjud muammolarning yechimini izlaydi. Bunday inson fuqarolik mashuliyati tuygusining kuchliligi bilan ajralib turadi. Fuqarolikjamiyati institutlariga a`zolik shaxsiy daromadni ko’paytirishga xizmat qilmaydi. Chunki tashkilotning daromadi uning a`zolari o’rtasida taqsimlanmasdan, shu tashkilot faoliyatini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Faol fuqaro o’z haq-huquqlari uchun kurashadi, o’z kuchiga ishonadi, mavjud vaziyatni o’zgartirishga qodirligini anglaydi. Bunday ko’ngillilar faoliyati umumjamoa manfaatiga xizmat qiladi. Lekin bunday imkoniyatlardan kimdir foydalanishi, yana kimdir foydalanmasligi mumkin. Chunki, fuqarolik jamiyati institutlariga a`zolik har kimning o’z ixtiyoridadir. Shunday ekan, nima insonni jamoat tashkilotlariga a`zo bo’lishga undaydi, degan hakli savol tug’iladi. Bular - mavjud vaziyatni o’zgartirish is-tagi, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga bel bog’lash, boshqalarga naf keltirish xohishi, vatandoshlarga ko’maklashish hissidir.
Bundan tashqari, o’z salohiyatini namoyon qilish, boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi, ijtimoiy ehtirofga ehtiyoj, professional va hayotiy tajribani qo’llash xohishi, o’z g’oyalarini tatbiq etishga intilish ham bunday ko’ngilli faoliyatga chorlashi mumkin. Bunda inson o’z shaxsiy manfaatlari bilan jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtira oladi. Bunday faollik insonning o’zi uchun ham, davlat uchun ham ulkan ko’mak bo’ladi. Chunki inson yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida payqashda, ularning yechimini topishda, ularni hal qilishda davlatga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabridagi qo’shma majlisida Prezidentimiz tomondan taklif etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi» hamda 2017-2021 yilllarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasidadavlat hokimiyati organlari va boshqaruvining qonun hujjatlarini ijro etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali huquqiy mexanizmini tashkil etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonunining loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish ko’zda tutilgan edi. 2018 yil aprelda ushbu qonun qabul qilindi. Qonunda jamoatchilik nazorati subhektlari, nazorat predmeti, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, huquqiy oqibatlari, shuningdek, mazkur sohadagi qonunlarni ijro etmagan mansabdor shaxslarning javobgarlik shartlari belgilangan. Bunda davlat va jamiyat qurilishi tizimi sohasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish dolzarb vazifadir.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik fikrini ifodalaydi, jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi demokratik davlatning asosiy belgisi sanaladi. Bir tomondan, jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarni davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish mexanizmi vazifasini o’taydi.
Jamoatchilik nazorati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish (har bir fukaro davlat idorasining hujjati bilan bemalol tanishishi mumkin, fuqarolarning murojaatlari darhol ko’rib chiqilishi va ularga zudlik bilan javob berilishi lozim);
davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish organlariga yuboriladigan petitsiya-lar;
davlat va jamiyat ishlarida fuqarolarning bevosita qatnashishi (asosan mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi);
davlat siyosatiga tahsir o’tkazuvchi ilmiy-tadkiqot ishlari olib borish, ilmiy ekspertizani amalga oshirish, tahliliy hujjatlar tayyorlash, publitsistik asarlar chop etish, ijtimoiy audit);
jurnalistik tekshiruv;
qonun loyihalari va davlat hayotiga oid muhim masalalarni oshkora muhokama qilish;
qonunchilik tashabbusi bilan chiqish (unga ko’ra fuqarolar qonun loyihasini tegishli subhektlarga tavsiya etish huquqiga ega).
Jamoatchilik nazorati jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda muhim o’rin tutadi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda samarali xizmat kiladi. Shu o’rinda, Prezidentimiz SH.MirziyoyevO’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida “«Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berdi”14 – deb tahkidagani ushbu sohaning ko’lamini yanada oshirdi.
Jamoatchilik nazoratida faoliyatning samaradorligi va natijasi, shuningdek, amalga oshirilgan nazorat amaliyotining tahsirchanligi muhim o’rin tutadi. Bu jihatdan jamoatchilik nazorati jamiyatda mavjud muammolar va o’z yechimini kutayotgan ziddiyatlar haqida obektiv ma`lumot olish hamda ularning maqbul yechimini topishga xizmat kiladi. Tahkidlash joizki, jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o’rin tutadi. Masalan, ommaviy axborot vositalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini qay darajada ta`minlayotganini tahlil etadi. Shu tariqa bu organlar faoliyati samaradorligiga tahsir o’tkazadi. Nazoratning bu turida axborotning oshkoraligi fuqarolik jamiyati institutlariga mazkur organlar ustidan nazorat o’tkazish imkonini tug’diradi. O’z navbatida davlat nazorat organlari faoliyatining oshkoraligi tizimning byurokratiya va korrupsiyadan xalos bo’lishiga, qonun ustuvorligiga zamin yaratadi.
Aholi bandligini ta`minlashda ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilik aloqalarini tashkil etish orqali oilalar daromad manbaining ko’payishida, aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda ham mahallalar tomonidan amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazorati muhim omil bo’lib xizmat qilayotir.
Umuman, jamoatchilik nazorati fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan davlat hokimiyati organlariga muayyan qarorlarni kabul qilish bo’yicha murojaat etish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha so’rovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi shakllarda yo’lga qo’yilgani o’z samarasini bermoqda. Qolaversa, bugungi kunda davlat Dasturlari talablarining fuqarolar yig’ini hududidagi ijrosini ta`minlashda jamoatchilik guruhlarini tuzish va o’rganish, natijalari bo’yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish va shu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish, shuningdek mahalliy davlat organlari faoliyatiga ko’maklashish tadbirlari samarali amalga oshirib kelinmokda.
Bu esa, jamoatchilik nazoratining jamiyatda ijtimoiy adolatning qaror topishi, shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o’zaro mashuliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil ekanidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |