4. O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLDP) – 2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan. Elektorati: tadbirkorlar: mulkdorlar qatlami, kichik biznes vakillari, fermerlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ishlab chiqarish mutaxassislari, ijodkorlar, olimlar va barcha fuqarolarning manfaatlarini va siyosiy irodalarini ifodalovchi siyosiy tashkilot hisoblanadi. Bosh maqsadi: ishbilarmon tadbirkorlarni keng faoliyat yuritish uchun imkoniyat yaratish. SHiori: “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi kathiy bir kishi ming–minglab tadbirsiz kishidan yaxshidir”. 25 kishidan iborat Siyosiy Kengashga ega. Partiyaning asosiy maqsadlari:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta`minlash.
Boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlik, fuqarolik jamiyatiga keng yo’l ochib berish, demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish.
Siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish ijtimoiy muammolarni hal etishga ko’maklashish, O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, barcha millatlar va ellatlar qatlamlarining kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish.
Liberal–demokratik g’oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o’ylangan tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish, o’z saflarini kengaytirish.
Siyosiy partiya fraksiyasi – Oliy Majlis fraksiyalari siyosiy partiyalar va davlat hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko’rsatilgan va ularga mansubligiga qarab uyushgan deputatlar birlashmasidir. Ular tegishli vakillik organlari va siyosiy partiyalar manfaatlarini ko’zlaydi, masalalarni muhokama etishda ishtirok etib, umummiy fikrga erishishga harakat qiladi. Hozirgi paytda Oliy Majlis qo’yi Qonunchilik palatasida O’zLDP fraksiyasi – 52 (42,9%), O’zXDP fraksiyasi – 28 (33,6%), O’zFMDP –18 (21,6%), O’zMTDP -11 (13,2%), O’z. “Adolat” SDP -10 (12%) deputatlaridan iborat fraksiyalarga ega.
Siyosiy partiya fraksiyasi Oliy Majlis kengashi tarkibiga kiradi. Partiya a`zolari partiyaning jamiyatdagi tahsiri sezilarli bo’lishi uchun siyosiy tizimda rahbarlik o’rinlarini egallashlari lozim. Demak, hokimiyatga intilish partiyaning asosiy belgisidir. Bizda esa hali aksariyat bu haqiqatni yo tushunmaydi yoki tan olgisi kelmaydi yo undan qo’rqadi. Xarakterli bir misol, Germaniyada agar siyosiy partiya tahsis etilganidan so’ng 6 yil davomida bundestag yoki landtagga bo’ladigan saylovlar uchun O’zi ishlab chiqqan takliflarini kiritmasa, o’z huquqiy maqomini yo’qotadi.
Siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari:
1) 1996 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonun qabul qilindi(ungacha siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 15 noyabrda qabul qilingan «O’zR da jamoat birlashmalari to’g’risida»gi qonun mavjud edi).
Do'stlaringiz bilan baham: |