11.2. O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar. birinchi Prezident Islom KarimovOliy Majlis 14-sessiyasida (14.04.1999) jamiyat hayotida nodavlat jamoat tizimlarining mavqei o’sib borayotganligini alohida tahkidlab ko’rsatadi. Ular faqat aholi fikrining turli ko’rinishlarini ifoda etib qolmasdan, odamlarning ijtimoiy fikrini shakllantirishga ham faol tahsir ko’rsatmoqda. Shu sessiyada «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Bu tashkilotlar xayriya va muruvvat muassasiga aylanib qolmasligini aytgan edi. Ularning bosh vazifasi, eng avvalo, demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy – haq huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir. Nodavlat va jamoat birlashmalarini rivojlantirishdan maqsad jamiyat a`zolarining manfaatlari muvozanatini ta`minlash va himoya qilish. Siyosiy va ijtimoiy sohada esa davlat tizmlariga muqobil kuch sifatida ular adolat tarozisini hayotda hukmron qilishga hissa qo’shishlari lozim.
O’zbekistondagi barcha nodavlat va jamoat tashkilot va birlashmalarini 8 guruhga bo’lish mumkin:
1) Aholi muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko’zlab ishlashga ixtisoslashgan hukumatga qarashli bo’lmagan umumiy milliy tashkilotlar («Mahalla» jamg’armasi, Yoshlar ittifoqi, O’zR xotin qizlar qo’mitasi, Nogironlar uyushmasi, Nuroniy jamg’armasi).
2) Iqtisoslashgan milliy va halqaro jamg’armalar («Ekosan», «Sog’lom avlod uchun», «Umid» jamg’armasi, «Oltin mehros» jamg’armasi va h. k.).
3) Hukumatga qarashli bo’lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar (inson huquqlarini himoya qiluvchi qo’mita, Huquqiy himoya ko’rsatish jamiyati va h.k.).
4) Ijodkor ziyolarning milliy jamoat tashkilotlari (yozuvchilar, rassomlar, advokatlar, va h.k.).
5) Milliy madaniyat markazlari (qozoq milliy madaniy markazi va h.k.).
6) Umummilliy xayriya jamiyatlari, jamg’armalari (Bolalar jamg’armasi, Respublika talabalar jamg’armasi, yoshlarni qo’llash fondi va h.k.).
7) Ijtimoiy ahamiyatga va ijodiy izlanishlar bilan bog’liq mahalliy birlashmalar (Sayyoxlik va badiiy havaskorlik klublari, Nogiron bolalar ota-onalar birlashmalari).
8) Jamoat muassasalari (Xalqaro qizil yarim oy tashkiloti, «El» xalqaro uyushmasi va hokazo).
Bulardan tashqari xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan 13 ta nohukumat xalqaro tashkilotlari O’zbekistonda faoliyat yuritmoqda.
AQSHda 1 mln.dan ko’proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadilar. Ularda Amerika aholisining 7,8 %i xizmat qiladi. AQSHda aynan jamoat tashkilotlari sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, san`at va fuqarolarni ijtimoiy ta`minlash va muhofazalash sohasida davlatning asosiy hamkori hisoblanadilar. Dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari hukumatlari ham muhim iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolarni hal etishda jamoat tuzilmalariga, birinchi navbatda nodavlat notijorat tashkilotlariga tayanadilar. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladilar. Bu ko’rsatkich Niderlandiyada -12,4, Irlandiyada -11,5, Belg’giyada -10,5, Isroilda -9,2, Avstraliyada -7,2, Buyuk Britaniyada -6,2 foizga tengdir3.
Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va yetakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo’lib kelayotgan milliyva sharqona davlat va jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi anhanalarini o’zida mujassamlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |